Изланувчилар online илмий-амалий


O‘QUV JARAYONINI TASHKIL QILISHDA MULTIMEDIYA



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

O‘QUV JARAYONINI TASHKIL QILISHDA MULTIMEDIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Alixonov Elmurod Jamoldinovich, Tojiddinov Abbosbek Tojiddin o‘g‘li, 
Yo‘ldosheva Yulduzxon Dildorjon qizi 
Farg‘ona politexnika instituti 
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik - axborot 
muhiti ishlashda foydalanuvchi ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. 
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy maxsulotlar yaratildi va 
yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotl ari, 
virtual laboratoriyalar va boshqalar. Multimediali elektron ta’lim resurslarini 
yaratish o‘qituvchi yoki muallifning mahorati, bilimi, tajribasi va fantaziyasiga 
bog‘liq.
O‘qitiladigan fanning multimedia maxsulotlarini yaratish jarayoni quyidagi 
uch tamoyilga asoslanadi: 
1. Inson tomonidan idrok qilinayotgan muhitlar to‘plami kombinatsiyasi 
yordamida fan uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘quvchilarga taqdim etish. 
2. Maxsulot mazmunida bir necha syujet liniyalarining mavjudligi 
(jumladan, “erkin qidirish” asosida foydalanuvchi tomonidan axborot mahsuloti 
mazmuniga mos doirada taqdim qilingan axborot). 
3. Interfeys va navigatsiya vositalarining yaxshi o‘zlashtiritadigan badiiy 
dizaynini amalga oshirish. 
O‘rganilayotgan fanlarni taqdim qilishdagi multimedia texnologiyalarining 
samarasi va xususiyatlari uning quyidagi imkoniyatlarida yaqqol ko‘rinadi: 
- bir tashuvchida katta hajmdagi turli-tuman axborotlarni saqlash imkoniyati; 
- tasvir yoki uning ma’lum bir qismini kattalashtirish (aniqlashtirish), tas vir 
sifatini saqlab qolgan xolda uni ko‘p martagacha kattalashtirib ko‘rsatish 
imkoniyati. 
Multimediali kompyuter videofilmlarni ekranga chiqaruvchi, filmlarni 
montaj qiluvchi, alohida ko‘rinishlarni tahrirlovchi dasturiy vositalarga xam ega 
bo‘lishi lozim. Multimedianing bunday imkoniyatlaridan televidenie va radio 
uzatuvlar sohalarida keng miqyosda foydalanilmoqda. 
Hozirgi davrda ta’lim soxasiga oid multimediali mahsulotlarni ishlab chiqish 
texnologiyalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu texnologiyalar 
yordamida ixtiyoriy sohaga mansub bo‘lgan multimediali mahsulotlarni yaratish 
imkoni mavjud. Tabiiyki, bu texnologiyalardan o‘quv jarayonlarida ham keng 
miqyosda qo‘llanilmoqda. Fanning ta’lim jarayoni uchun foydali bo‘lgan 
multimedia ilovalari quyidagilardan tashkil topadi: 
prezentatsiyalar; 
animatsion roliklar; 
o‘yinlar; 
video ilovalar; 


161 
multimediali galereyalar; 
audioilovalar; 
web uchun ilovalar. 
Ushbu texnologiyalarga asoslangan holda multimediali darslarni 
shakllantirish mumkin. 
Yaratilayotgan multimediali o‘quv vositalarini funksional maqsadlari 
bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin: 
- ta’lim beruvchi o‘quv axborotini taqdim etadi va talaba egallagan bilimi, 
imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta’lim olishini yo‘naltiradi; 
- tashxis vositalari o‘quvchi (talaba)ning ongi va tayyorgarlik darajasini 
chamalash uchun mo‘ljallangan; 
- turli jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallarni 
tayyorlash uchun mo‘ljallangan; 
- fanga yo‘naltirilgan, modellashtirish uchun mo‘ljallangan; 
- ma’muriy vositalari, ta’lim jarayonini tashkil etish, hujjat tayyorlash va 
almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun muljallangan; 
- o‘yin vositalari, turli xil o‘yin va o‘yinli o‘quv faoliyatlarini ta’minlaydi. 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilgan holda quyidagicha uslubiy maqsadlar 
bo‘yicha multimediali o‘quv vositalarini tayyorlashni tavsiya etamiz: 
o‘rgatuvchi - yangi o‘quv materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan; 
trenajyorlar - o‘rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash orqali 
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mo‘ljallangan; 
nazorat qiluvchi - o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan; 
axborot vositalari - zarur bo‘lgan axborotlarni olish uchun mo‘ljallangan; 
modellashtiruvchi - obyekt, jarayon va xodisani o‘rganish va tadqiqot qilish 
maqsadida uning modelini yaratish uchun mo‘ljallangan; 
imitatsion vositalar - voqe’likning biror-bir ma’lum jihati, funksional 
xarakteristikalarini cheklangan parametrlar orqali o‘rganish uchun mo‘ljallangan; 
namoyish vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish uchun 
hamda o‘rganilayotgan qonuniyatlar, ob’ektlarning o‘zaro aloqasi vizualizatsiyasi 
uchun mo‘ljallangan; 
o‘yin vositalari - eng maqbul yechim yoki amallar strategiyasini qabul qilis h 
maqsadida o‘quv xolatlarini "o‘ynash" ("boshdan o‘tkazish") uchun mo‘ljallangan. 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish