159
o'zgacha ko'rk qo'shish bilan bir qatorda elektr energiyasi
sarfi ortishiga olib
keladi. Shu o’rinda yuqori yorug’lik beruvchi reklama chiroqlari haydovchilarga
bir muncha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi va yo’l avtotransport hodisalariga
sabab bo’ladi. Bunday holatlarni bartaraf etish bugunning dolzarb muammolaridan
biri hisoblanadi.
Doimiy o'zgarishlar asri bo'lgan bu vaqtda muqobil energiyadan
foydalanish ham o'z samarasini beradi. O'zbekiston serquyosh o'lka bo'lganligi
uchun yilning o'rtacha 280-300 kuni quyoshli hisoblanadi. Lekin, ayni damda
bundan to’la foydalanilmayapti. Buning birdan bir sababi muqobil energiya
hosil
qiluvchi har qanday texnologiyalar hozircha ancha serxarajat deb ko‘riladi va
ulardan qisqa muddat ichida o‘z pulini qoplaydigan foydani olish qiyin. Ularni
rivojlantirish yo‘lidagi innovatsion g‘oyalarni tadbiq qilishga esa qo‘shimcha va qt
va xarajatlar kerak.
Qanday qilib quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga
moslashtirish ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu foto elementli vositalar (yorug’lik
panellari) deb nomlanadi. Foto elementli vosita yorug’likni to’la
qabul qilish
holatida o‘rnatiladi va bevosita elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ammo, uning
quvvati kam bo‘ladi. Shuning uchun ham maishiy maqsadlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Maishiy energiya iste’moliga 220 volt kuchlanishga ega elektr energiyasi kerak,
yorug’lik panellari esa 12-13 volt hosil qilib beradi xolos. Masalan, u orqali
noutbuk, mobil telefon, kichik kuzatuv kameralari yoki shu kabi past kuchlanishda
ishlovchi jihozlarni quvvatlantirish mumkin. Lekin keng sanoat -ishlab chiqarish
maqsadlarida qo‘llab bo‘lmaydi. Lekin kam kuchlanishda ishlovchi lamp alardan
foydalanish orqali buni bartaraf etishimiz mumkin.
Natijada energiya sarfini
tejashga erishish mumkin. Bundan tashqari ushbu usulda yoritishda yorituvchanlik
biroz pasayishini inobatga oladigan bo’lsak harakatlanayotgan avtomobillar
yoritgichlaridan tushayotgan yorug’lik gorizontga nisbatan kichik burchaklarda
yo’nalganligi uchun yorug’lik interferensiyasi yuzaga kelmaydi. Demak,
ko’chalarimizda muqobil energiya hisobiga yorug’lik beruvchi chiroqlarni afzallik
va kamchiliklaridan unumli foydalangan holda energiya sarfini tejash mumkin.
Muqobil energiya manbalaridan jamoat transpoti priborlari, kuzatuv kameralari va
terminallarni quvvatlantirish ham mumkin.
Hozirda bu loyiha ustida yana ham mukammalroq ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mamadolimov A. T., Tursunov M. N. Yarimo’tkazgichli
quyosh elementlari
fizikasi va texnologiyasi. Toshkent – 2003;
160
2. Qo’shchonov E., Yusupov A., Quyosh fotoelektrik qurilmalari. Toshkent -
2016;
Do'stlaringiz bilan baham: