157
АKT hozirgi paytda shu darajada keskin rivojlanmoqdaki, bu sohada
faqatgina ilg‘or ilmiy laboratoriyalarga ega bo‘lgan davlatlargina raqobatda
bo‘lishlari mumkin.
Axborotlashgan jamiyatga o’tish iqtisodiyotda material ishlab chiqarish(
qishloq xo’jaligi, sanoat)ning ikkinchi darajaga o’tqazilib, xizmat ko’rsatish,
jumladan axborot xizmati ko’rsatish sohasining asosiy ro‘l bajarishi jarayoni bilan
uyg’unlashadi.
Axborotlashtirish natijasida XX asrning
ikkinchi yarmida mehnat
resurslarining material ishlab chiqarish sohasidan axborot ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish sohasiga oqib o’tishi yuz berdi.
Axborot sohasida ishlovchilarga o’qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy
tadqiqotchilar, dasturchilar va boshqalarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari
axborotlashtirish sanoatning an’anaviy sohalaridagi mehnat xarakterini ham
o’zgartirdi. Bu holatga robototexnik tizimlarning paydo bo’lishi, mikroprotsessorli
texnikaning keng qo’llanilishi sabab bo’ldi.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati – uning
globallashuvidir.Bir necha asrlik o’zaro bog’liq iqtisodiyotidan farqli ravishda,
global iqtisodiyot “real vaqt” rejimida butun planeta masshtabida mavjud bo’ladi
va faoliyat ko’rsatadi.”Real vaqt” rejimi termini tizimni boshqarish qarorlarini
qabul qilish va ularning realizatsiyasi ushbu tizimda ro’y berayotgan texnologik
jarayonlardan tezroq amalga osirilishini anglatadi.
Axborotlashtirish jarayonida “tarmoq tashkiloti” deb ataluvchi tashkilotlar
shakli vujudga kelib, bunday umumlashmalarning
alohida elementlari ham
mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko’rsata oladi. Axborotlashgan jamiyat
iqtisodiyotining yana bir xarakteristikasi – rivojlangan axboro t mahsulotlari va
xizmatlari bozorining mavjudligidir.
Ishlovchi aholining material ishlab chiqarishi sohasidan, axborot ishlab
chiqarish va axborot xizmatlari sohasiga oqib o’tishi bu borada yangi mehnat
shakllariining paydo bo’lishiga olib keldi.: bular moslashtirilgan ish kuni, uyda
ishlash kabilar.
Axborotlashgan jamiyatda axborot madanyati
va tarmoq madaniyat
tushunchalariga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Axborot madanyati deganda
shaxsning yangi axborot texnalogiyalari vositasida axborot bilan ishla sh qobiliyati
va extiyoji tushuniladi.
Jamiyat va davlatning aholi axborot madanyatini oshirib berishdagi sayi
harakatlari jamiyatning axborotlashtirilishi tizmidagi muhim shart bo’lib
hisoblanadi. Xususan, informatika fanining o’qitilishi bu sohada xizma t qiladi.
Ammo bu muammo faqat ta’lim tizimigagina tegishli bo’lmay, axborot madanyati
elementlari bolalikdan oilada boshlanib,
inson butun umri davomida
shakllantirilishi kerak.
Ahborot madanyati axborotlarni texnik qayta ishlash ko’nikma va malakalari
majmuasidangina iborat bolmay, inson olinayotgan axborotni sifatiy nuqtai
nazardan tushunishi, ya’ni uning foydaliligi, ishonchliligini baholay olishi kerak
bo’ladi. Axborot madaniyatining yana bir elementi kollektiv qaror qabul qilish
158
metodikasini egallash hisoblanadi. Umumiy axborot doirasidagi kishilar bilan
muloqot qila olish qobiliyati axborotlashgan jamiyat a’zosining
muhim
xususiyatidir.
Tarmoq madanyati axborot uzatishning interaktiv, individual usullarining
kashf etilishi turli extiyoj va qiziqishlar bilan birlashgan kishilarning virtual
jamiyat va guruxlarini vujudga keltirdi .Yangi axborot texnalogiyalari va texnik
vositalar ushbu jamiyat va guruxlarning bitta davlat va hudud chegaralaridan
chiqib, jaxon bo’ylab yoyilishiga olib keldi. Bularga masalan, turli ilmiy
jamiyatlar,
vitual klublar, internet forumlar, shou biznes yulduzlari fanatlari
klublari, tor soha mutaxassislari virtual kengashlari va boshqa ko’plab tarmoq
jamiyatlari misol bo’ladi.
Ta’lim tizimi axborotlashgan jamiyatga o’tish jarayonida aloxida
xususiyatlarga ega bo’ladi:
O’quv muassasi boshqaruvini axborotlashtirish: ta’lim
muassasalarining
axborot tizimlari bilan ta’minlanishi, boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilishi,
turli predmet sohalari bo’yicha berilganlar bazalari yaratish va ulardan foydalanish.
Ta’lim tizimi sifati va miqdoriy darajasi mamlakatning axborotlashish
darajasi to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim tizimi oldida
turadigan eng dolzarb muammolardan biri – har bir kishini bu tizimga jalb etishdir.
Ushbu muammo iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik aspektlarga egadir.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat oldida turgan muammolardan biri –
uzluksiz ta’lim tizimiga barcha jamiyat a’zolarini jalb qilishdan iborat. Jamiyatning
doimiy ozgaruvchan xususiyatga ega ekanligidan har bir kishidan uzluksiz ta’lim
olish , vaqtdan orqada qolmaslik, kasbini o’zgartira olish, ijtimoiy tizimda o’z
o’rnini egallashi talab etiladi. Bu borada ta’lim olishning yangi usullari, xususan
masofadan va multimediya vositalari yordamida ta’lim olish bu borada katta
ahamiyat kasb etmoqda.
Axborot texnologiyalari mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholiga
yashash joylarida mavjud bo’lmagan maxsus bilim resurslaridan foydalanish
imkonini beradi. Rivojlangan axborotlashgan jamiyatda axborot supermagistrallari
ushbu imkoniyatni texnik jihatdan realizatsiyalaydi.
Yuqorida to’xtalib o’tilgan hodisalarning ma’lum
qismini rivojlangan
axborotlashgan jamiyat tendensiyalari sifatida qabul qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: