149
*Germaniya va O’zbekiston o’rtasida quyosh energetikasini O’zbekistonda
rivojlantirish bo’yicha memorandum tuziladi.Mazkur memorandum asosida
O’zbekistondagi soha vakillarini quyosh energetikasi bo’yicha, mamlakat ichida
hamda Germaniyada bilim va malakalari oshib boriladi.
*O’zbekistonda ikki davlat hamkorligida Texnika Universitetini tashkil
etish. Bunga xorijda bilim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish
hamda ish bilan ta’minlash.
*Quyosh issiqlik kollektorlarini Germaniya
tajribasi va texnologiyasi
asosida mahalliy xom-ashyo asosida ishlab chiqarish.Dastlabki bosqichdagi
ishlarda nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi.Keyinchalik bu
ishlar bevosita mahalliy soha mutaxassislar tomonidan amalga oshirib boriladi.
*Turli quyosh kollektorlari va o’lchash asboblari yordamida joylarda ilmiy -
amaliy tadqiqot ishlarini olib boorish hamda aholini quyosh energetikasini o’z
xonadonlarida o’rnatishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tegishli
targ’ibot ishlarini olib boriladi.Bu ishlarni amalga
oshirish uchun turli ilmiy
tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari hamda bog’cha-maktablar
asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi.
*Turli sabablar bilan xizmat safari bo’yicha yoki mehnat va o’quv ta’tili
davomida O’zbekistonga kelayotgan xorijdagi vatandoshlarimizdan unumli
foydalanib,ular bilan sohasiga oid turli uchrashuvlar,ochiq muloqot va suhbatlar
tashkil etish,press klublarga taklif qilgan holda ularning bilim va tajribalarini soha
yo’nalishida
ta’lim
oluvchi
talabalarga
yetkazib
boorish.
*Har oy kamida bir marta,O’zbekistondagi markaziy
teleradiokanallar orqali
muqobil energiyani iqtisodimizning turli jabhalarida samarali qo’llash bo’yicha
teleradioloyihalar tashkil qilish lozim.Bunday targ’ibot ishlarini muntazamligini
ta’minlab,ushbu soha vakillari bilan uzviy bog’langan holda tashviqot ishlari olib
boriladi.
*Intenet tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi muqobil energiya portalini
yaratish kerak bo’lib,unda mahalliy olimlar bilan birga,xorijiy mutaxassislar bilan
hamkorlikdagi ishlar tahlilini yoritib borish.
*Energetika sohasida,jumladan,quyosh,shamol,biogas,geothermal sohalarda
Germaniya Universitetlarida doktorantura,magistratura va bakalavr bosqichlarida
o’zbek yoshlari uchun maqsadli o’qish tashkil etish.
*O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Energetika sohasini
takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha bo’lim yoki tarkibida yetakchi olim va
mutahassislardan iborat Maslahat Kengashini tashkil qilish lozim.Mazkur bo’lim
yoki kengashning
asosiy vazifalari etib,energetika sohasiga investitsiyalar jalb
qilish bilan birga,bu borada ta’lim va ilmiy sohalarni rivojlantirish va to’g’ridan-
to’g’ri xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish belgilanadi
Meni nazdimda yuqoridagi takliflarni loyihalashtirib,amalga tadbiq etish
uchun alohida mahsus Dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq boladi va albatta
bu takliflarni ro’yobga oshirish biz yoshlarning qo’lida ekanligini unutmasligimiz
lozim.Prezidentimiz ikki yildan keyin hukumat boshqaruviga yoshlar keladi
150
deganlarini hisobga olib,bu loyihaning asosiy ishtirokchilari biz yoshlar ekanligini
mudom unutmasligimiz lozim.
Biz yosh energetiklar ham mana shunday loyihalarni hayotga tatbiq etib
aholimizni sifatli va arzon elektr energiya bilan ta’minlab,yurtimizning
iqtisodiyotini yuksalishiga uni dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga olib
chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilmog’imiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. ”O’zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari”
loyihasi
rahbari Ravshanbek Xo’janov fikrlari
2.”Noan’anaviy
energiya
manbalaridan
foydalanish
ko’nikmalari’’mavzusida o’quv qo’llanma
Do'stlaringiz bilan baham: