Изланувчилар online илмий-амалий



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

 
 
QUYOSH PANELLARI SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISHDA 
VIRTUAL OLAM ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH 
Obidjonov Zafarjon Odiljon o’g’li,
Farg’ona politexnika instituti talabasi
Annotatsiya: Ushbu tezisda quyosh panellari xarakteristikalarini amaliy 
tadqiq qilishda virtual olam elementlaridan faol foydalanish, tanlangan tizimning 
afzallik va kamchiliklari, mavjud muammolarni virtual olam yordamida 
kamaytirish haqida so’z boradi. 
Kalit so’zlar: Quyosh panellari, Unity texnologiyasi, virtual olam, 
zamonaviy texnologiyalar, dasturlash, virtual laboratoriyalar. 
Hozirgi vaqtda ta'lim, fan, texnika va texnologiyalar kabi faoliyat sohalarida 
kompyuter axborot tizimlari katta o’rin tutmoqda. Bundan tashqari, ilm-fan, 
texnika va texnologiyalarning uzluksiz rivojlanishi yangi axborot tizimlarining 
paydo bo'lishiga, shuningdek, mavjudlarining rivojlanishi va takomillashishiga olib 
keladi. Ta'limga kelsak, nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda yangi 
texnologiyalarni joriy etish, shuningdek har tomonlama modernizatsiya qilish 
e’tibor markazidagi mavzudir. Jumladan, davlatlarda amalda bo’lgan p andemiya 
sharoiti zamonaviy texnologiyalarning qay darajada muhim ekanligini amalda 
ko’rsatdi. 
Ахборот технологияларининг дастурий воситаларини таълим жараёни, 
интернет глобал тармоғи, реклама соҳаси, туризм ва бошқа соҳаларга 
қўллаган ҳолда қилинган виртуал ишлар сезиларли натижаларга 
эришилмоқда. Бу ишлар веб-сайт, виртуал лаборатория, вир туал саёҳатлар, 
электрон дарслик сифатида намоён бўлиши мумкин[1]. 
Texnika va texnologiyada virtual olam elementlaridan foydalanishni quyosh 
panellari, quyosh panellari xarakteristikalarini hamda uning samaradorligini tadqiq 
qilish misolida ko’rib chiqamiz.
Bizga ma’lumki, tadqiqot o’tkazish asosan ikki o’zaro bog’langan amaliy 
hamda nazariy tushunchalardan iborat. Ko’rib o’tilayotgan ilmiy ishning mohiyati 
yuqoridagi ikki tushunchadan kelib chiqadigan natijalarni o’rganishda hamda 
ularni tahlil qilishda asosiy natijani keltirib chiqaradi. 
Hozirda quyosh panellarini tadqiq qilishda yuzaga kelayotgan muammolar 
sirasini panel uchun istalgan sharoitni tashkil qila olmaslik, panel yoki quyosh 


165 
panellari joylashtiriladigan qurilmalar joylashuvini o’zgartirish, panellar u chun 
quyosh nuri ta’minlanadigan muhit yaratish, tajribadan olingan hisob natijalarini 
real vaqtda olish imkonining cheklanganligi, ilmiy tadqiqot ishlarida tanlangan 
qiymatlar bo’yicha tajriba o’tkazishda yuzaga keladigan muammolar tashkil qiladi.
Farg’ona mintaqasida quyosh panellari samaradorligi bo’yicha tadqiqot olib 
borishda yuqorida keltirib o’tilgan muammolarning deyarli barchasiga duch 
kelinadi.
Sanab o’tilgan muammolarni bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalarning 
asosiy qismlaridan biri bo’lishga ulgurgan virtual olam elementlaridan 
foydalanamiz.
Quyosh panellarining samaradorligini tahlil qilishda virtual olam 
elementlaridan foydalanish afzalliklaridan biri ixtiyoriy vaqtda foydalanuvchi o’zi 
istagan muhitni yuzaga keltira olishidir. Panellarning har bir fasldagi 
temperaturaga nisbatan qaytaradigan natijasini reallikdan ko’p farq qilmaydigan 
muhitda olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Quyosh panellarini joylashtirishda 
o’lcham, hajm kattaligi virtual olam tizimiga o’tgan paytda qiyinchilik kelt irib 
chiqarmaydi. Virtual olamning qator imkoniyatlaridan foydalangan holda olingan 
natijalar real holatdagi natijalardan deyarli farq qilmasligi ushbu tizimning 
ommalashishiga hizmat qilayotgan faktorlardan biri hisoblanadi. 
Virtual olam elementlari yordamida olingan natijalarning ajralib turadigan 
o’rni bu har qanday tajriba, amaliy ish uchun oniy qiymatdagi hisoblarni olish 
imkoniyati mavjudligi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, real holatda bu kabi natijani 
olishda qurilmalar holati, inson omili aralashganligi, muhitning inson xohishiga 
mos bo’lmagan tarzda o’zgarishi mumkinligi to’sqinlik qiladi. 
Virtual olam elementlari nafaqat quyosh panellaridagi samaradorlikni 
aniqlash, balki maydoni keng hududlarda o’tkaziladigan tajriba amaliy ishlari, ish 
jarayoni xavfli bo’lgan hududlar, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi 
moddalar bilan ishlaydigan, ma’lum bir sohalarga tegishli bo’lgan zavodlar, inson 
omili aralashganda xatoligi sezilarli darajada ortib ketadigan jarayonlarda ham 
keng qo’llanilib kelmoqda. Shuningdek, bu tizimning interaktivligi, ta’lim 
muassasasi sharoitida ko’paytirish mumkin bo’lmagan yoki haqiqatda kuzatilishi 
mumkin bo’lmagan narsalar, jarayonlarni modellashtirish qobiliyati zamonaviy 
texnologiyalarning yana bir yutug’idir. 
Virtual reallik yordamida yaratilgan tajriba maydonlari afzalliklari bilan 
birga kamchiliklarga ham ega. Uskunalar bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar 
yetishmasligi, tashkil qilingan muhitning qo’shimcha tasvirlari reallikdan farq 
qilishi kabi ayrim kamchiliklar virtual reallikda mavjud. 
O’zbekistonda axborot texnologiyalariga berilayotgan e’tibor bevosita 
virtual olamga tegishli bo’limlarni ham chetlab o’tmaydi. Hozirda ushbu 
yo’nalishni rivojlantirish bo’yicha oliy ta’lim tizimida mutahassislarni yetkazish 
bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 


166 
1. С. С. Қодиров. Виртуал борлиқ технологиясини қўллаш соҳалари ва 
уларни яратишдаги техник, дастурий ва ташкилий муаммолар . 
Фарғона 2014. 
2. D. Majidova. Virtual o‘quv laboratoriyada amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 
2005. 
3. Розенсон И. А. Основы теории дизайна. Питер, 2006. Пр оисхождение 
понятия «виртуальная реальность» 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish