62
қулай бўлган 200 Х 200 Х 200 мм ўлчамли қуйиш сиғимига эга бўлган
тажрибавий 3D принтер ишлаб чиқилди.
SHAHAR CHORRAHALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASH ORQALI YO’L TRANSPORT HODISALARINI OLDINI
OLISH
1
Obidov Nuriddin G’ofurovich,
2
Jo’rayev Akbarshoh Usmonjon o’g’li,
2
Mo’ydinov
Nodir Xomidjon o’g’li
1
Farg’ona politexnika instituti YUTT kafedrasi assistenti
2
Farg’ona
politexnika instituti magistranti
Keyingi yillarda yurtimizda avtomobillar soni kundan-kunga keskin ortib
borishi kuzatilmoqda. Hozirgi va istiqboldagi
asosiy iqtisodiy-ijtimoiy
masalalardan biri avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Bunda asosiy ishlar yo’l-transport hodisalarini, ularda halok bo’luvchilarni va tan
jarohati oluvchilar sonini, ko’riladigan iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilishi
zarur.
Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson omili muxim ahamiyatga ega
ekanligi, ko’pgina yo’l-transport hodisalari haydovchining yoki p iyodaning aybi
natijasida sodir etilayotganligi takidlash lozim. Statistika ma’lumotlariga ko’ra
ko’pgina, shu jumladan rivojlangan davlatlarda yo’l-transport hodisalari asosan
harakat ishtirokchilari tomonidan sodir etilayotganligi keltiriladi. Oxirgi 10 -15
yilda O’zbekistonda sodir etilayotgan yo’l-transport hodisalarining 80 % dan
ko’prog’i haydovchilar va piyodalarning aybi bilan sodir etilmoqda. Kuzatuvlar
yo’l-transport hodisalarining salmoqli qismi haydovchilar va piyodalar Yo’l
harakati qoidalariga rioya qilmaganlarida vujudga kelayotganligini ko’rsatmoqda.
Dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida 1968
yildagi Vena halqaro
shartnomasiga asoslangan Yo’l harakati qoidalari qabul qilingan. Tarixda birinchi
Yo’l harakati qoidalari Frantsiyada 1893 yil 13 avgustda qabul qilingan. Birinchi
to’rtta yo’l belgilari 1909 yilda Parijda avtomobil harakati bo’yicha o’tkazilgan
shartnoma bo’yicha qabul qilingan. Birinchi elektr svetoforlari 1914 yilda
AQSHda paydo bo’ldi. Datlabki svetoforlar faqat yashil va qizil signallardan iborat
bo’lgan. 1918 yilda svetoforlar Yevropa mamlakatlari ko’chalarida o’rnatila
boshlandi.
1931 yilda Jenevada yo’l harakati bo’yicha o’tkazilgan konferentsiyada
yo’llarda yagona signallarni qo’llash to’g’risidagi shartnoma qabul qilindi. 1949
yilda Jenevada yo’l harakati bo’yicha o’tkazilgan xalqoro konferen-tsiyada “Yo’l
harakati to’g’risida” shartnoma qabul qilindi. Yo’l
belgilari va signallar
to’g’risidagi bayonnoma imzolandi. 1968 yilda Vena konferentsiyasida “Yo’l
harakati” va “Yo’l belgilari va signallar” to’g’risidagi Konventsiyalar qabul qilindi.
1971 yilda Jeneva Yevropa kengashida bu Konventsiyalarga qo’shimchalar
kiritildi.
Ushbu Konventsiyada qabul qilingan qoidalar yo’l transport hodisalarini
oldini olishga qaratilgan. Mamlakatimizda ham yo’l harakati qoidalariga, harakat
63
havfsizligini ta’minlashga oid ko’pgina qarorlar qabul qilingan. Avvalo har bir
haydovchi, yo’lovchi va barcha yo’l harakati qatnashchilari o’z huquqlarini,
vazifalarini va majburiyatlarini to’liq anglab yetishi zarur. So’nggi vaqtlarda sodir
bo’layotgan yo’l transport hodisalarining aksariyati chorrahalarda kuzatilmoqda.
Bunga asosiy sabab haydovchilarning uquvsizligi, ya’ni yo’l harakati qoidalarini
to’liq bilmasligi bo’lsa yanla bir inson omili bilan bog’liq bo’lgan sabab shuki
piyoda va yo’lovchilarning huquq va majburiyatlarini to’liq bilmasligidir.
Chorrahalarning jihozlanishi ham talabga javob berishi lozim (1-rasm).
1-rasm. Tartibga solingan chorrahalar.
Yo‘l transport xodisalarini statistik ma’lumotlariga karaganda chorrahalarda
umumiy avtomobil yo‘lida bo‘ladigan YTX 10-40 % tashkil etadi. Chorrahalarda
bunday ko‘p avariyalar bo‘lishiga asosiy sabablar chorrahaga kirish va chiqish
joylari yaxshi jihozlanmagani, ko‘rinish yomonligi hamda transportlarni harakati
murakkablashishidir. Bir satxdagi chorrahalarda harakat havfsizligi chorrahadagi
kesib o‘tishayotgan transport oqimini harakat
miqdoriga va ular orasidagi
masofaga bog‘liqdir. Agarda konflikt nuktadan qancha ko‘p transport vositalari
o‘tsa, unda shu joyda shuncha ko‘p YTX vujudga kelishi mumkin. Konflikt
nuktani havfsizligini quyidagi formula orqali baholashimiz mumkun (1 yil ichidagi
YTX soni):
qi=Ki *Mi *Ni*(25/Kr) * 10-7;
Bu yerda: Ki – konflikt nuktaning nisbiy avariyaligi (VSN 25-88 va VSN
23-89 berilgan maxsus jadvallardan olinadi); Mi, Ni –
konflikt nuktada
kesishayotgan transport oqimining harakat miqdori, avt/sut; Kr – harakatni yil
davomida o‘zgarib turishini hisobga oluvchi koeffitsient. Chorrahani havfsizlik
darajasini quyidagi harakat havfsizligi ko‘rsatkichi Ka orqali aniqlash mumkin (bu
ko‘rsatkich YTX sonini 10 mln avtomobil chorrahadan o‘tish nisbati bilan
tavsiflanadi).
Ka=[(G*10-7 *Kr)/((M+N)*25)]*n
Bu erda: n – chorrahadagi
konflikt nuktalar soni; M – asosiy yo‘ldagi
harakat miqdori, avt/sut; N – ikkinchi darajali yo‘ldagi harakat mikdori, avt/sut.
64
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo'l
xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari
to'g'risida"gi farmoni;
2. 2017 yilning 14 fevral kuni O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining
"2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga
oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori;
3. Q.X.Azizov. “Yo`llarda xavfsiz xarakatlanish asoslari”, Toshkent : TAYI
2005y.
Do'stlaringiz bilan baham: