@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
20
qashshoqlik muammosi; demografi k muammo (rivojlanayotgan mam- lakatlar
aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mam- lakatlardagi
demografi k inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi, xomashyo
resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi;
millatlararo va dinlararo munosabatlar muam- mosi; qon-yurak, onkologik
kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir
guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga
kiritiladi, masalan, favqulod- da vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish
muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki
ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi.
Global muammolardan tinchlikni
saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu
muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta
achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga
ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy
mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz
bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi
qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi.
Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va sotsialistik davlatlar,
ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshiliklar sharoi-
tida “qurol poygasi” keskinlashib ketdi.
2. «Litosfera» va «Perigeliy» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Litosfera – Yerning qattiq tosh qobig‘i bo‘lib, Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir
qismini o‘z ichiga oladi hamda astenosfera qatlamiga- cha davom etib, qalinligi 150–
200 km ni tashkil etadi. Litosfera yaxlit bo‘lmay, chuqur yer yoriqlari bilan yirik
bo‘laklar – litosfera plitalariga bo‘lingan. Ular astenosfera ustida yiliga 5–10 sm
tezlikda gorizontal yo‘nalishda siljiydi. Litosfera plitalari 13 ta bo‘lib, ularning nomi,
siljish yo‘nalishlari va tezligi haqidagi ma’lumotlarni 6-sinf atlasidagi “Yer
po‘stining tuzilishi” xaritasidan bilib olishingiz mumkin.
Yer orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi – perigeliy deyiladi. Bu nuqtada
Yer va Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga teng. Yer orbitasining
Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afeliy deyilib, Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi
masofa 152 mln km bo‘ladi. Shuning uchun Yer orbita bo‘ylab turli tezlikda
harakat qiladi, ya’ni perigeliyda eng tez (30,3 km/sekund), afeliyda eng sekin
(29,3 km/sekund) aylanadi.
3. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Qizilqum cho‘lida joylashgan Navoiy
viloyatidagi ikkita shaharni ko‘rsating. Ulardan qaysi biri ekvatordan uzoqroqda
joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: