Bankning boshqaruv tuzilmasi turli xil usullarda tashkil qilingan bo‘lishi
mumkin. Bu ko‘proq bankning kattaligi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, mijozlarning
va bank tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning soniga bog‘liq. Boshqaruvning eng
oddiy tuzilmasi to’g’ri chiziqlidir, bunda bank boshqaruviga bo‘limlar bevosita
buysunadilar. Bu boshqaruv usuli bankni samarali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishning
muqarrar, yaqqol va ko‘zga ko‘rinadigan tuzilishini beradi. Bunda boshqaruv vazifalari
boshqarma va bo‘linmalar rahbarlari orasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |