Boshqaruvda strategik va taktik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutish
lozim. Bank sohasi uchun maqsadlarni boshqaruv pallalarining davriyligi bo‘yicha
tezkor (bir ish kuni), joriy (oy, chorak) va istiqbolli (yil) davrlariga bo‘lish mumkin.
Shunday qilib, tezkor, joriy, strategik xisob va rejalashtirish tahlili haqida gapirish
mumkin. Tahlil tizimning xaqiqiy xolatini aks ettiruvchi xisob ma‘lumotlariga
asoslanadi. Bankda boshqaruv ob‘ekti bo‘lib, alohida bo‘linma yoki bitta xisobchining
faoliyati yoki bir qator texnologik bosqichlardan iborat bo‘lgan alohida bank
operatsiyasi xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |