54
2-§. Ikkidaryo oralig`i madaniyati
Adabiyot
Mesopotamiyani qadimgi xalqlaridan bizgacha turli adabiy janrdagi asarlar
(afsonalar,
rivoyatlar, madhiyalar, ertaklar, dostonlar, lirik qo`shiqlar, dialoglar, maruzalar,nasihatnomalar,
masallar, maqollar va boshqalar) yetib kelgan. Birinchi adabiy matnlar er. avv. III ming yillikda
shumer tilida, er. avv. II ming yillikning I yarmida akkad-Bobil tillarida paydo bo`ldi.
Dunyoni paydo bo`lishi to`g`risida afsona
Dunyo qurilishi to`g`risidagi afsona uning birinchi so`zlari “Qachon tepada
(“Enuma
Elish”) nomi bilan ataladi. U Osuriyaning mashhur podshosi Ashshurbanipalning kutubxonasida
parchalar ko`rinishida topildi. Hozirgi vaqtda afsonani mazmuni Osuriyaning qadimgi poytaxti
Ashshur shahridagi qazishmalar vaqtida topilgan loy taxtachalar asosida to`la qayta tiklangan,
shuningdek ularni har biriga dunyo qurilishini yetti bosqichlaridan biri to`g`ri keladi. Bu
afsonaning alohida qismlari Shumer davridayoq yaratilgan edi. Bizgacha yetib kelgan afsona
matni Hammurapi davrida tuzilgan. Bobil kohinlari Bobil shahrini xudosi Mardukni - yaratuvchi
va koinotni yaratuvchisi deb bildilar.
Yuqorida hali osmon nomlanmagan va pastda yer o`z nomiga ega bo`lmagan vaqtda, boshda
Aju, barchani paydo qilgan. Mummu va Tiamat
60
birgalikda suvlarini aralashtirganlarida, hali
daraxtlar shakllanmagan edi, qamish ko`rinmagan edi, hali xudolardan birortasi paydo bo`lmagan
edi, hali ismlar aytilmagan edi, taqdir aniqlanmagan edi, o`shanda xudolar osmonlar o`rtasida
yaratilmagan edi…
Ular unga
61
ulug`vor ziyoratgoh qurdilar va u o`z otalari oldida hukmronlikni boshladi. “Sen
ulug` xudolar orasida e’tiqod qilinadigan, seni qur’angning tengi yo`q, seni so`zing-Anu
62
endilikda seni hukming qaytarilmas, ulug`lash va tahqirlash seni qo`lingda bo`lsin. Seni so`zlaring
to`g`ri, buyruqlaring yolg`on emas, xudolarni birortasi ham seni chegarangni bosib o`tmaydi… O
Marduk, sen bizni qasoskorimiz , butun dunyo ustidan podsholikni senga beramiz.
Yig`ilishda o`tirsang-seni so`zing ulug`vor, seni qiliching yengilmas, ha u seni dushmanlaringni
yo`q
dastlabki suv xaosi xudolari.
qilsin. O, hukmdor, kim senga e’tiqod qilsa, uni hayotini qutqar, yovuzlik qilgan xudoni esa ruhini
yo`q qil.” Ular o`z o`rtalariga kiyimni qo`ydilar va birinchi o`g`il Mardukga aytdilar: “Seni
qu’rang hukmdor barcha xudolardan oldinda. O`lim va tug`ilish-hukm qil, ha amalga oshsin!
Og`zingni och-ha kiyim g`oyib bo`lsin, yana buyur-ha butunligicha paydo bo`ladi!” U og`zi bilan
buyurdi-kiyim yo`q bo`ldi, u yana buyurdi- kiyim paydo bo`ldi. Uning otalari xudolar, faqatgina uni
og`zidan chiqqan hukmni harakatini ko`rib xursand bo`ldilar va maqtadilar: Faqat Marduk-podsho!
Ular unga aso, taxt va hukmronlikni topshirdilar va unga dushmanlarni yengish uchun yengilmas
qurol berdilar. “Bor sen Tiamatni hayotini ol, shamol uni qonini yashirin joyga olib ketsin”. Uni
otalari
xudolar unga Enlilni
63
taqdirini belgiladilar, omadli va uni qulay yo`lga
yubordilar.U o`zini kamonini yasadi, qurolni tanldi, o`qni ko`tardi, kamon ipiga qo`ydi, u nayzani
ko`tardi va uni o`ngga qo`ydi, kamon va sadoqni biqiniga osdi. O`z oldiga chaqmoqni qo`yib, o`z
tanasini yonayotgan olov bilan to`ldirdi; u Tiamatni o`rab olish uchun to`r tayyorladi, janub va
60
dastlabki suv xaosi xudolari.
61
Mardukga.
62
osmon xudosi.
63
boshda havo xudosi, keyinroq yer xudosi.
55
shimolga, sharq va g`arbda hech narsa chiqib ketmasligi uchun uni 4 shamolga ushlashga berdi.
Biqinidan u otasi Anuni sovg`asi to`rni yaqinlashtirdi. U yovuz shamol, bo`ron, jalani yaratdi. To`rt
shamol yetti shamol, bo`ronli shamol, tengi yo`q shamol va u yaratgan yetti shamolni Tiamatni
esankiratish uchun qo`yib yubordi: ular uni orqasidan bordilar. Hukmdor o`zini buyuk quroli
To`fonni ko`tardi, u yengilmas, qo`rqinchli shamol aravaga turdi. U jilovladi va “Halok etuvchi,
shafqatsiz, cho`ltiruvchi, uchib yuruvchi aravani qo`shdi… U dahshat kiyimiga o`rangan va uni
boshi halokatli yorqinlik bilan belangan. U o`z yo`liga tushdi, so`qmoq bo`yicha yugurib ketdi,
g`azablangan Tiamat unga yuzini qaratdi. Uning otalari xudolar unga qaradilar, xudolar unga
boqdilar.
Hukmron yaqinlashdi va Tiamatni bag`rini ko`ra boshladi. U uning turmush o`rtog`iga
Kinga to`ng`illaganini eshitdi: u
64
qaradi: uning (K
inga) qarashi xiralashdi.
(… faqat) Tiamat o`z
bo`ynini burmadi. O`zini ochiq og`zi bilan noroziligini sochdi. To`fon hukmdori o`zini ulug`
qurolini ko`tardi,quturgan Tiamatga
(aytishga)
yubordi: “tur! Men ha, biz jang uyushtiramiz”.
Qachonki Tiamat buni eshitib, u telba bo`lib aqlini yo`qotdi. Tiamat dahshatli va baland guldiradi,
uni oyoqlari tovonigacha qaltiradi, u afsun qaytarib-qarg`ish tashladi. Urush xudolari esa qurol
qayradilar. Tiamat va xudolardan eng donosi Marduk to`qnashdlar. Ular jangga tushdilar, urushish
uchun yaqinlashdilar. Hukmdor o`z to`rini yeydi va uni o`radi, orqada turgan uraganni u oldinga
qo`yvordi. Tiamat uni yutib yuborish uchun og`zini ochdi, Marduk unga shamol yubordi, u og`zini
yopa olmadi; shiddatli shamol uni jismini to`ldirdi. Uning yuragi ushlab olgan edi, og`zi keng
ochilgan edi. U o`q uzdi va uning jismiga sanchdi, uni yengdi, uni halok qildi. U jasadni tashladi
va uni ustidan bosdi… Xudolar esa uni yordamchilari uni tomonida yuradiganlar titradilar,
qo`rqdilar va orqaga qayrildilar, hayotlarini qutqarish uchun ketishga urindilar. Lekin o`ralib
qolgan edilar va qocha olmadilar…
Yengan Tiamatga u orqaga qaytdi, xudo Tiamatni oyog`ini bosdi, o`zini shafqatsiz qilichi
bilan u
(uni) boshini majaqladi va uni qon
tomirlarini kesdi. U shimol shamolini uni qonlarini maxfiy joyga olib ketishga majbur qildi…
Uning otalari buni ko`rib boshlari ko`kka yetdi va juda xursand bo`ldilar va unga sovg`alar va
tortiqlar keltirdilar. Xudo dam ola turib, uni jasadini ko`zdan kechirdi. Maxluqni jasadini bo`lib u
dono yaratdi. Chig`anoqqa o`xshatib uni ikki pallaga ajratdi. Uni (bir) pallasini qo`yib osmonni
to`shadi, u zanjirlarni tortdi va qo`riqchi qo`ydi, uni suvlarini chiqarmaslikni unga topshirdi. U
osmonni aylanib chiqdi, barcha joylarni ko`rdi, girdob ichidan Nidimmud
65
ni turar joyiga o`tdi,
xudo okeanni va E-sharruni tuzilishini o`rgandi, unga
66
o`xshash qasr qurdi u. Osmonda bunyod
qilgan E-sharru qasriga u Anuni; Enlil va Eani o`z shaharlariga yashash uchun joylashtirdi.
U buyuk
xudolarga manzilgohlar yaratdi va zodiak yulduzlar turkumiga o`xshash yoritgichlarni joylashtirdi.
U yilni belgiladi, uni qismlarga bo`ldi, o`n ikki oyni uch yulduz bo`yicha belgiladi. Shundan keyin
u kunlarni qiyofasini chizdi, hech kim adashmasligi uchun, xato qilmaslik uchun, ularni joylashgan
joyini aniqlash uchun u Nibir
67
manzilgohiga asos soldi. U Enlil va Ea manzilgohlarini bunyod
qildi, ikki tomondan u darvozalar ochdi, chapdan va o`ngdan u qulflarni
mustahkamladi va
uning bag`rida osmonni kuzatuvchi tepasidagi eng baland nuqtasini joylashtirdi. U oyni
yoritishga majbur qildi, unga tunni ishondi, kunni bilish uchun u bilan kechani belgiladi, Marduk
qachonki xudolarni so`zini eshitdi,
(shunda) uni qalbi undadi, u dono reja yaratdi. U so`zga og`iz
ochdi va Ea aytdi: “Men qon tuflayman va suyaklarni olaman, odamni yarataman
68
- odam (?),
odamni yarataman
69
, yashash uchun. U
xudolarga xizmat qilsin, ular esa
70
”.(dam olsinlar)
64
Marduk.
65
suv xudosi Eani nomlaridan biri.
66
okeanga.
67
Marduk.
68
uni nomi.
69
u yerda.
70
dam olsinlar.