3-§. Qadimgi Osuriya
Sinaxxerib annallari
“Annallar” matni tushirilgan olti qirrali prizma er. avv. 691-yilga tegishli bo`lib Britaniya
muzeyiga saqlanadi. Sargon II (er. avv. 722-705-yillar)ning o`g`li Sinaxxerib (er. avv. 705-681-
yillar) annallarga o`z g`olibona yurishlarini ta’riflab va o`zini maqtaydi. Matnda Osuriya
qo`shinlarini Bobil va Elam qo`shinlari bilan jangi tasvirlanadi.
Men-Sinaxxerib ulug` podsho, qudratli podsho, butun dunyoni podshosi, Osuriya podshosi,
dunyoni to`rt tomoni podshosi, dono hukmdor, buyuk xudolarga bo`ysunuvchi, haqiqatni saqlovchi,
adolatni sevuvchi, ezgulik qiluvchi, yo`qsilga yordamga keluvchi, yaxshilikka murojaat qiluvchi,
mukammal qahramon, qudratli erkak, barcha hokimlar ichida, o`jarlarni osoyishta qiladigan,
xudosizlarni yashin bilan kul qiladigan…
Men sher kabi g`azabga mindim, qurol-yarog`ga o`raldim, jang bezagi qalpoqni o`z
boshimga kiydim, baland supostat
1
ag`daradigan jangovar aravaga, qalbim shiddati bilan shoshib
chiqdim. Ashshur bergan qudratli kamonni qo`limga olib, qo`li bilan hayotlarni uzadigan nayzani
qo`limga changallab yovuz dushmanni barcha qo`shini ustidan go`yoki
dahshatli o`ragan kabi men qichqirdim, go`yo Adad
2
kabi bo`kirdim. Buyuk iloh, meni ilohim
Ashshurni amri bilan flang va frontga go`yoki janubiy uraganning to`lqini kabi dushmanga
yopirildim, meni ilohim Ashshurni quroli bilan shiddatli tazyiq bilan men ularni orqaga qaytardim
va qochirdim. Dushman qo`shinini o`q va nayzalar bilan kamaytirdim, ularni badanini g`alvir kabi
teshdim. Xumbon untashni-Elam podshosi ayonini, tajribali harbiyni, uni qo`shin yo`lboshchisini,
uni ulug` tayanchini
3
, boshliqlar bilan birgalikda, qaysiki bellarida oltin xanjarlar va ularni
oyoqlarini ajoyib halqalar chulg`agan, bog`langan semiz ho`kizlar kabi ularni men tezlikda suqdim,
ularni tor-mor qildim. Go`yoki qurbonlik qo`ylari kabi ularni
4
halqumini kesdim, ularni qimmatli
jonini ip kabi uzdim. Men ularni qonini go`yoki yomg`ir mavsumida suv toshqinidagi suvlardek
keng yerga oqishga majbur qildim. Meni aravamni qiziqqonli otlari daryoga kirgandek ularni
qoniga botdilar. Meni jang aravamni g`ildirakllari yomon va yovuzlikni yo`q qiladigan qon va
axlatlarni sachratdilar. Ularni jangchilarini o`liklari bilan go`yoki maysa kabi yerni to`ldirdim. Men
ularni soqollarini kesdim va shu bilan sharmanda qildim, men bodringni pishgan hosili kabi ularni
qo`llarini chopdim men go`yoki ularni qo`lida bo`lgan oltindan, kumushdan ajoyib xalqalarini
oldim. O`tkir qilich bilan ularni kamarlarini chopib tashladim, ularda (bo`lgan) oltin kumushdan
bellaridagi xanjarlarini oldim.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991.70-71 стр
1
dushmanni.
2
yashin, chaqmoq, yomg’ir va bo’ron xudosi
3
boshqa.
4
bo’ynini.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |