317
1. Suvoriylar bilan tekisliklar himoya qilinadi. Flot bilan dengizlar yoki daryolar, piyodalar
bilan tepaliklar shaharlar tekis va darasimon joylar. Shundan tushunarliki, davlatga hamma
joyda yaroqli bo`lishi mumkin bo`lgan piyodalar ko`proq kerak; va bu askarlarning katta qismi
kam xarajatlar bilan saqlanishi mumkin. “Qo`shin”
1
nomi o`zining asosiy mashg`ulotlari, aynan
mashqlar
2
dan oldi. Qaysiki u nima uchun bu nomni olganini hech qachon unutmasligi uchun.
Piyodalarning o`zi ikki turga bo`lingan:
1. yordamchi qismlar. 2. Legionlar.
Yordamchi qismlar ittifoqchilik va shartnoma munosabatlarida bo`lgan qabilalardan yuboriladi;
Rim jasorati esa hamma vaqt o`z kuchini doimiy legionlarda ko`rsatar edi. “Legion” atamasi
elegere
3
so`zidan kelib chiqadi, bu so`zni o`zi askarlarni tanlab oladiganlardan sadoqat va harakat
qilishni talab qiladi. Odatda yordamchi qismlar bo`yicha kam sonli ko`ngilli askarlar, legionlarga
ancha ko`proq olinadi.
5. Shunday qilib, jasoratli, jismoniy kuchi bilan ajralib turgan yosh askarlarni sinchiklab
tanlab olib, bu yerga har kunlik mashqlarni, to`rt yoki undan ko`proq oy davomida qo`shib,
bizning baxtli, yengilmas hukmdorimiz buyrug`i va rahbarligi bo`yicha legion tashkil etiladi.
Qachon askarlarning terisiga o`chirib bo`lmaydigan
(kuydirilgan) nuqta
4
belgilangandan keyin
askarlar ro`yxatga kiritiladilar va keyin odatda ularni qasam ichishga majbur qiladilar, bu harbiy
qasam deb ataladi … Askarlar imperator nima buyursa, shuni sidqidildan qilaman, hech qachon
harbiy
xizmatni tashlab ketmayman, rim davlati uchun o`limdan qaytmayman deb qasam ichadilar.
2 … Endi men, legionlar va yordamchi qismlar o`rtasidagi farq mening fikrimga
qandayligini bayon qilaman. Yordamchi qismlar turli joydan turli miqdorda kelib, urushga
borganda, bir-birlari bilan o`rganish bilan ham, tanishlik bilan ham, malaka bilan ham ular o`zaro
bo`g`lanmaganlar. Ularda jang qilish usullari har xil ular qurolni har xil ishlatadilar
5
. Va albatta,
janggacha bir-birovlaridan kuchli farq qilganlar, g`alabaga sekin keladilar. Nihoyat yurishlarda
barcha askarlar bir signal va buyruq bo`yicha harakat qilishi va saflanishi juda muhim, kim
ilgari
buni birgalikda va birdek qilmagan bo`lsa, bu buyruqlarni birdaniga bajarishlari mumkin emas.
Lekin, bu qismlar ham, agar ularni deyarli har kun turli mashqlar bilan bir yil davomida, o`zlarini
mustahkamlashga majbur qilsalar, ko`p foyda keltirishlar mumkin. Yordamchi qismlar hamma vaqt
legionlarga yengil qurollanganlar sifatida jangovar safga qo`shilar edilar. Jang vaqtida asosiy
yordamdan ko`ra qo`llab quvvatlashga xizmat qilar edilar.
Legion esa, o`zining og`ir qurollangan kogortalari bo`lgan prinsiplar, gastatlar, triaruylar,
antesignallar
6
va yengil qurollangan piyodalar qismlari bo`lgan, kalta nayza otuvchilar, tosh
otuvchilar, balistariylar, o`zlarining tarkibiga kiritilgan legionlar otliqlarga ega bo`lib, bir xil
ko`rsatmalarga birdamlikda rioya qilib va lagerni mustahkamlab, jangovar safga tizilib jang olib
borib, barcha munosabatlarda yaxlit bo`lib, hech qanday tashqi yordamga muhtoj bo`lmasdan,
bunday legion odatda har qanday dushman olomonini yengishi mumkin … 4. Barcha tarixchilarda
topish mumkin, har bir konsul dushmanga qarshi yurish qilganda, ular ko`p sonli bo`lgan
taqdirlarida ham ittifoqchilarning yordamchi qismlari qo`shimchalari bilan faqat ikki legionga
qo`mondonlik qilganlar. Ularning o`rgatilganligi, o`ziga ishonchi shunday ediki, har qanday urush
uchun ikkita legion to`la yetarli deb hisoblanar edi. Shu sababli men qadimgi legionni tuzilishini
harbiy qonunlar normalariga ko`ra bayon qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: