Қадимги юнон-рим тарихи


-§. Rim harbiy tashkiloti



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

4-§. Rim harbiy tashkiloti 
 
Rim qo`shinining tashkil  etilishi 
 
Polibiy. Umumiy tarix, IV, 19-22 
 
 
Polibiy (er. avv. 200-120-yillar atrofida) eng yirik yunon tarixchilaridan. O`z manbalariga 
tanqidiy qaradi, tarixchini o`zi o`rganadigan mamlakatlar va xalqlar bilan, harbiy harakatlar teatri 
bilan  shaxsan  tanishishga  katta  ahamiyat  berdi,  o`z  ko`zlariga,  quloqlariga  qaraganda  ko`proq 
ishonish  kerak  deb  hisobladi.  Shuning  uchun  ko`p  sayohat  qildi.  Rimning  Makedoniya  bilan 
uchinchi

 urushidan keyin garov sifatida Rimga yuborildi. Rimda u boshqa Axey zodagonlari bilan 
birga 16 yil turdi. Polibiy 40 jildli “Umumiy tarix” asarini yaratdi, undan faqat 5 kitob qolgan.      
                                                 
1
 
er. avv. 171-167 yillar.
 


 
 315 
 
 
Qachonki  belgilangan  kun,  yangi  olinganlar  to`planganda,  ulardan  eng  yoshlari  va 
kambag`allarini  tribun  yengil  qurollanganlarga,  ulardan  keyin-hastatlar
1
  eng  gullab-yashnagan 
yoshdagilar-princepslar
2
,  yetuk  yoshda  bo`lgan  1200  og`ir  qurollangan  jangchilar,  ikkinchi 
jangovar  chiziqni  tashkil  qilganlar;  triariylar  –  og`ir  qurollangan  tajribali  jangchilar,  uchinchi 
jangovar  chiziqni  tashkil  etganlar;  rimliklarda  faqat    nomlanishi  va  yoshiga  qarab  emas  qurol  turi 
bo`yicha  farqlanadigan  har  bir  legion  shunday  bo`lingan  edi.  Jangchilarni  taqsimlanishi    shunday  
amalga oshirilar edi:  triariylar deb  ataladigan keksalar olti yuz kishi bo`lishi  kerak  edi, prinsipes 
bir  ming ikki yuzta,  hastate  ham shuncha, boshqalari esa yengil qurollanganlar turini, eng  yoshlar 
tashkil  qilar  edi.  Agar  jangchilar  soni  4  mingdan  oshsa,  jangchilarni  turlar  bo`yicha  taqsimoti 
o`zgarar edi, triariylar bundan mustasno edi, ularni soni muntazam o`zgarmas edi. 
 
Tribunlar eng yosh jangchilarga qilich, drotik va yengil qalqon bilan  qurollanishni buyurar 
edilar, qalqon mustahkam ishlanib, mudofaa uchun yetarlicha katta edi. Ko`rinishidan u doirasimon 
va  eniga  3  futni  tashkil  qilar  edi.  Bundan  tashqari  yengil  qurollanganlar  boshlariga  tekis  qalpoq 
kiyadilar, ba’zida bo`rini terisi, yoki shunga o`xshash narsani  boshni yopish uchun, hamda  alohida 
boshliqlarga  bu  belgi  bo`yicha  janglarda  botir  bo`lganlarni    yalqovlardan      ajratish      imkoniyatini   
berish  uchun  edi.  Nayza
3
ning    yog`och  sopi  odatda  ikki  lokt
4
  va  qalinligi  bir  dyuym  edi.  Uning 
uchini  uzunligini  pyaden  bo`lib  shunday  ingichka  va  o`tkirlangan  ediki,  birinchi  zarbadan  keyin 
albatta  qayrilar  edi,  chunki  raqib  uni  qaytib  otmasligi  uchun,  qaysiki    drotikdan  har  ikki  tomon 
foydalanishi mumkin edi. 
 
Ikkinchi yoshdagi hastat deb ataladigan jangchilarga  to`la qurol-yarog`da yurishga buyruq 
beriladi. Uning tarkibida eng avvalo kengligi yassi qismiga  ikki yarim fut, uzunligi 4 fut bo`lgan 
katta  o`lchovdagi  bir  pyadendan  uzunroq  bo`lgan  qalqon  kiradi.  U  ikki  taxtadan    yasalgan  bo`lib, 
bir-biri bilan  buqa yelimi  bilan  yopishtirilgan va  tashqi  tomondan dastlab bo`z  bilan,  keyin  buzoq  
terisi  bilan  qoplangan  edi,  keyin  qalqon  uning  chetlari  balanddan  va  pastdan  temir  yo`llarga  ega, 
qaysiki  uni  qilich  zarbidan  himoya  qiladi  va  jangchiga  uni  yerga  qo`yishga  imkon  beradi.  Qalqon 
yana  toshlar,  sarissalar  va  boshqa  yana  har  xil  xavfli  otiladigan      snaryadlarni  kuchli  zarbalaridan 
uni himoya qiladigan temir bo`rtma bilan ta’minlangan. Qurol yarog` tarkibida qalqondan tashqari 
o`ng  songa  taqiladigan  iber
5
  qilichi  deb  ataladigan  qilich  kiradi.  U  qattiq  va  mustahkam  tit  bilan 
ta’minlangan, shuning uchun u yuqori  darajada kesadi va har ikki tomoni bilan  og`ir zarba beradi.  
Bunga  ikki  otadigan  nayzani,  mis  qalqon    va  pichoqni  qo`shish  kerak.    Nayzalar  og`ir  va 
yengillarga  ajraladi.  Aylana,  og`ir  nayzalar  eniga  pyaden  bo`ladi,  to`rt  qirralilari  har  tomonga 
shuncha. Yengil nayza o`rtacha kattalikdagi uzun dastali nayzaga rogatinaga o`xshaydi va uni og`iri 
bilan birga taqadilar. Har ikki turdagi nayzani yog`ochini uzunligi uch lokt atrofida. Har bir nayzani 
atrofi temir uch va nayza dastasi uzunligidagi ilmoq bilan ta’minlangan.  Nayza uchi dasta  bilan 
mustahkam  birlashtirilgan  va  ish  uchun  juda  qulay,  shuning  uchun  uni  yog`ochni  o`rtasigacha 
tushiradi  va  ko`pgina    zaklepkalar  bilan  mustahkamlaydilar,  shuning  uchun    qismlarni 
birlashtirilgani  foydalangan  paytda  temir  sinmagan  taqdirda  hech  qachon  buzilmaydi;  shuningdek 
nayza uchi asosidagi, qalinligi u yog`och dasta bilan birlashgan joyda bor-yo`g`i bir yarim barmoq 
keladi.  Rimliklar  nayza  qismlarini  birlashtirishga  shunday  e’tibor  beradilar.  Barcha  aytilganlardan 
tashqari,  ular  dubulg`alarini  uchta  tik  bo`lgan  qizil  yoki  qora  rangdagi   deyarli  uzunligi  loktgacha  
bo`lgan  pat  bilan  bezaydilar.  Dubulg`aning  ustidagi  patlar  boshqa  qurollar  bilan  birga,  odamni 
bo`yini go`yoki uzun qiladi va jangchiga chiroyli  va basavlat ko`rinish beradi. Ko`pgina jangchilar 
uzunligi  va  kengligi  pyaden  bo`lgan    mis  taxtachani-blyaxani  osib  yuradilar,  qaysiki  ko`krakga 
taqilgani uchun  ko`krak deb ataladi.  Shu bilan qurol-yarog` tugallanadi. Senzorlar mulki 10 ming 
draxmadan  ko`p  deb  belgilangan  fuqarolar  qolgan  aslaxalarga  ko`krak  o`rniga    sovut  qo`shadilar. 
                                                 
1
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish