Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Gastatlar – yosh yengil qurollangan jangchilar, qo’shinni birinchi chizig’ini 
tashkil qilganlar.
 
2
 
birinchilar, asosiylar.
 
3
 
drotik.
 
4
 
1-lokt-0,5 metr.
 
5
 
Ispaniyada yashagan qadimiy qabila.
 


 
 316 
 
 
Principes  va  triariilar    ham  aynan  shunday  qurollanganlar,  faqat  shu  farq  bilanki,  triarii  nayza 
o`rniga drotik-ga egalar… 
 Rimliklar lager
1
ni quyidagi tarzda qiladilar: hamma vaqt lager uchun maydon tanlanishi bilan 
barcha  lagerni kuzatish va buyruqlar berish uchun eng qulay  joy, konsul chodiri uchun ajratiladi. 
Konsul  chodiri  bo`lishi  kerak  bo`lgan  joyda  bayroq  o`rnatilib,  bayroq    atrofida  to`rtburchakli  
bo`shliq  o`lchanadi,  shuningdek  uning  har  bir  tomoni  bayroqdan    yuz  funt  masofada  turadi, 
maydonni o`lchangan yuzasi to`rt plefra
2
. Har doim bu to`rtburchakni bir tomonidan aynan lagerni 
suv  va  oziq-  ovqatlar  bilan  eng  yaxshi    ta’minlanganishi  kutiladigan  tomonidan  Rim  legionlari 
quyidagi tartibda joylashtiriladi: har bir legionda  biz hozir aytganimizdek olti tribun bo`ladi; ikki 
konsulni  har  biriga  ikki  legion  bo`ysunadi,  shundan  yaqqol  ko`rinadiki,  konsullarni  yurishda  12 
tribun  hamrohlik  qiladi.  Shunday  qilib,  barcha  tribunlarni  chodirlari  yuqorida  aytilganidek 
to`rtburchak  tomonga  parallel  to`g`ri  chiziqda,  undan    otlar,  yuk  hayvonlari  va  tribunlarni  boshqa 
zahiralari  uchun  yetarli  joy  qolishi  uchun,  ellik  fut  uzoqlikda  qo`yiladi.    Yuqorida  aytilgan  figura 
chodirlar    ortida    turadi,      to`rtburchakni  tashqi    tomoniga  qaratilgan:  uni  biz  hamma  vaqt    butun 
lagerning  tomoni deb hisoblaymiz. Tribunlarni  chodiri  biri  ikkinchi teng  masofada  va  shunday  
uzoqlikda  rim legionlarini  butun kenglikda qamrab oladi. 
Keyin    yana  tribunlarni   chodirlarini  davomiyligi    bo`yicha    ularni  oldidan    to`g`ri   chiziqdan  
bu  keng    maydonni  cheklaydigan    yuz  fut  bo`shliq    o`lchanadi,  legionlarni    turar  joylari  bunyod 
qilinadi,  yuqorida belgilangan  to`g`ri  ikkiga bo`linadi,  bo`lish  nuqtasi  to`g`ri  burchak  ostida 
chiziq  tortiladi,  uning ikki  tomoni  bo`yicha  ikki legionning  otliqlari  joylashtiriladi,  bir - biriga  
qarama  –  qarshi    ellik    fut    masofada,    qiya    chiziq  o`zaro    o`rtalik    o`rtasidan  o`tadi.  Shunday  
joylashuvda  butun    lager    teng  tomonli  to`rtburchak    ko`rinishida  bo`ladi,  undan    o`tkazilgan  
ko`chalar  va  boshqa    qurilmalar  uni    shaharga    o`xshatadi.  Chodirlar    barcha  tomondan  val 
(to`siq)dan  200 fut  uzoqlashtirilgan. Bu erkin  bo`shliq  katta  va turli xil qulayliklar  keltiradi.  U 
lagerga  qo`shinni  kirish  va  chiqarishga  juda  qulay,  chunki  alohida    qismlar  o`z    ko`chasidan    bu  
erkin  bo`shliqga    chiqadi,  shu    sababli    jangchilar  bir    yo`lda  to`qnashmaydilar    va  bir  –  birini 
ag`darib tashlamaydi.  Shu  yerga  rimliklar bosib  olingan hayvonlarni  olib keladilar, dushmandan  
olingan  o`ljani    olib  kiradilar    va  bular  bu  yerda  tunda  mustahkam    qo`riqlanadi.    Lekin    eng  
muhimi  –  buning    natijasida    jangchilarga  juda  siyrak  ehtimollardan    tashqari,    tungi    hujumlar 
vaqtida  olov ham, uloqtiriladigan  snaryadlar  ham  uchib  kelmaydi,  bularni  barchasi  chodirlarga  
ancha uzoq masofada  jangchilarga hech  qanday  zarar  yetkazmaydi.  
Rimliklar askar  uchun  quyidagi turdagi  qilmishlarni  qo`rqoqlik  va uyat- sharmandalik deb 
hisoblaydilar:  agarda  kim rag`batlantirish  olish uchun  tribunlar  oldida   yolg`ondan  o`ziga faxrli 
jasoratni ko`rsatsa, keyin yana kim  o`ziga topshirilgan  postni qo`rqoqlik qilib tashlab ketsa,  yoki 
jang  qizg`in  paytda qo`rqoqlik  qilib , qandaydir  qurolini  tashlasa, mana shuning  uchun  ayrim  
askarlar postda  turib  ko`p  sonli dushmanni ko`rib, ular  jang  maydonidan qaytganlaridan  so`ng 
jazo olishdan  qo`rqib, o`z  postini  tashlab keta  olmaydi.  Boshqalar  jangda qalqon  yoki qilich 
yoki  qandaydir  qurolni    yo`qotganlar  ,  yo`qotganlarini    topish    umidida  yoki    yuvilmaydigan  
sharmandalikdan,  o`z  o`rtoqlarini qiynoqlaridan,  faqat  o`lim xalos qiladi  degan fikrda dushman  
saflariga  aqlsizlarcha  tashlanar edilar.    
Хрестоматия по истории  древнего мира. М., 1991. 214-217 стр 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish