328
14 Qo`zg`olon qilishga qaror qilib, Sivilis
1
rejasini qanchalik uzoqni ko`zlaganini
ma`lum vaqtgacha oshkora qilmaslikni maqul ko`rib, voqealarni o`ziga foydali bo`lgan
tomonga yo`naltirib, ularni borishini o`zi keyin qanday harakat qilishni ko`rsatadi deb
hisobladi. Bu vaqtda Vitelliyni buyrug`i bo`yicha batav yoshlarini qo`shinga olish
o`tkazilayotgan edi. Busiz ham yengil bo`lmagan bu ishda, bu ish topshirilgan odamlarni
ochko`zligi va buzuqligi xalaqit berar edi: ular keksalar va mayiblarni bosib olar edilar, keyin
ularni to`lov evaziga qo`yib yuborish uchun, yana bu mamlakatda barcha o`smirlar baland
bo`yi bilan ajralib turadi chiroyli bolalarni buzuqlikga majbur qilar edilar. Batavlar g`azabga
keldilar, deyarli tayyor bo`lgan isyonning ilhomchilari ularni rekrut berishdan bosh tortishga
ishontirdilar. Sivilis muqaddas xiyobonga ularni kechki ovqat bilan mehmon qilish
bahonasida o`z qabilasining zodagon kishilarni va oddiy xalqdan eng qat`iylarini taklif qildi.
Qachonki kechki quvnoq bazm ta`siri ostida ularni hissiyoti avj olgach u so`zlashni
boshladi - boshda o`z qabilasini shon-sharafi, keyin Rim hokimiyati ostida haqoratlar va
zo`ravonliklarga chidashga to`g`ri kelayotgani to`g`risida so`z yuritdi.
“Qachonlardir biz ittifoqchilar edik – dedi Sivilis, endi bizga qul kabi murojaat
qiladilar. Rimdan yuborilgan legatlar boshqargan vaqtlar allaqachon o`tdi. Ular ulkan
a`yonlar bilan kelar edilar, ular kalondimog` edilar va baribir hozir prefektlar
2
va
senturionlarni hokimiyati ostiga berilganimiz yana yomonroq. Ularning har biri iloji boricha
ko`proq talashga urinadi, qachonki u bizni qonimizni to`yib ichgandan keyin, uni chaqirib
oladilar va uning o`rniga boshqasini yuboradilar, u pora olish uchun yangi har xil hiyla va
bahonalar topishga urinadi. Endi bizga bu safarbarlik o`g`ilni ota-onalardan, akani ukadan
o`g`irlaydigan o`limga o`xshab yopirildi. Shu bilan birga hech qachon rimliklarni ishi
shunday yomon bo`lmagan edi, ularning qishki lagerlarida – faqatgina keksalar yana
talangan o`lja bor. Boshingizni ko`taring, atrofga qarang va rim legionlarining baland nomlari
oldida titramang. Bizda – qudratli piyodalar va otliq qo`shinlar, germanlar bizning
birodarlarimiz, gallar ham biz kabi shuni istaydilar, rimliklar bu urushni o`zlari uchun
foydasiz emas deb hisoblaydilar.” …
Корнелий Тацит История. Том второй Ленинград 1969 146-147 стр
Do'stlaringiz bilan baham: