Қадимги юнон-рим тарихи


Mark Portsiy Katon. Dehqonchilik



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Mark Portsiy Katon. Dehqonchilik 
 
Mark Portsiy Katon   (er. avv. 234-149-yillar)-taniqli davlat arbobi, notiq, “Boshlang`ich” 
tarixiy  asari  va  “Dehqonchilik”  traktati  muallifi,  bu  asarlar  bizgacha  to`liq  etib  kelgan.  U  Rim 
fuqarolari  uchun  eng  faxrli  kasb  qishloq  xo`jaligi  deb  hisobladi.  “Dehqonchilik”  traktatida 
markaziy  Italiyaga  xos  bo`lgan  o`rta  kattalikdagi  namunaviy  villani  tasvirini  berdi  xo`jayinni 
boyitadigan  xo`jalik  yuritishning  yangi  vositalarini,  maslahatlarni  qullar  va  vilikni  qanday 
ishlatishni ko`rsatdi.  
 
Qachonki  u  ko`rdiki    pomestega  qanday  ishlov  berilgan,  qanday  ishlar  bajarilgan,  qaysilar 
bajarilmagan,  u  keyingi  kun      vilik
1
  chaqirishi  va  so`rashi  kerak,  ishlardan    qaysi  qilingan,  nima 
qolayapti; ishlar o`z vaqtida qilinganmi, qolganlarini u bajarishi mumkinmi, hamda vino, bug`doy 
va boshqalar qancha olinganini  so`rashi kerak.  Qachon u bularni bilib  olgach, u darslar va kunlar 
hisobi  bilan  mashg`ul  bo`lishi  lozim.  Agar  u  ishlarni  ko`rmasa  va  vilik  qullarni  qolganini,  ular 
majburiyatini  bajardilar  deb  gapirsa  qachon  u  bu  va  ko`pgina  sabablarni    aytsa,  uni  ishlar  va 
kunduzgi  darslar  hisobiga  qaytar.  Agar  yomg`irli  ob-havo  tursa,    mana  jalada  qilinadigan  ishlar: 
doliy
2
larni  yuvish,  ularni  smola  qilish,  qo`rg`onni  tartibga  keltirish,  g`allani  tashish,  mol  go`ngini 
tashqariga  chiqarish,  go`ng  to`dasini  qilish,  donni  tozalash,    arqonni  yamash,  yangilarini  o`rash; 
qullarga  shu  vaqtni  o`zida  o`z  ko`rpa  va  yoping`ichlarini  yamash  bilan  mashg`ul  bo`lish  lozim 
bo`ladi.  Bayramlarda  eski  kanallarni  tozalash,  jamoa  yo`llarini  yotqizish,  tikanli  butalarni  kesish, 
tomarqani qazish, o`tloqlarni o`rish, supurgi kesish, tikanli o`tlarni yulish, polbani yanchish, tozalik 
qilish… 
 
Qachonki  xo`jayin  to`la  osoyishtalik  bilan  hammasini  bilib  olgach  u  qolgan  ishlarni 
bajarilishi  to`g`risida  g`amxo`rlik  qilishi  lozim:  pul,  mol,  molga    tayyorlangan  yem-xashak  vino, 
moy  hisob-kitobini  chiqarishi;  u  nimani  sotdi,  nima  undirildi,  nima  qolyapti,  sotishga  nima  bor? 
Mustahkam  ta’minotni  mustahkam  sifatida  qabul  qilishi  kerak;  boshqa  hammasini    ochiqga  olib 
kelish kerak. Yil uchun nima yetishmaydi, nima sotib olinadi; nima ortiqcha bor, uni sotish podryat 
bilan  nima  qilish  kerak,  nimani  topshirish  kerak.  Xo`jayin  qaysi  ishlarni  o`z  kuchlari  bilan  qilishi 
mumkin, qaysilarini podryadga topshirish mumkinligiga qaror qilib yozuv qoldirish lozim. 
 
U  mollarni  ko`zdan  kechirishi  lozim;  sotuvini  amalga  oshirishi;  agar  narxida  bo`lsa  moyni 
sotish;  vino,  ortiqcha  g`allani  sotish,  qarigan  xachirlar,  buzilgan  mollar,  buzilgan  qo`ylar,  jun, 
terilar,  eski  arava,  temir  metall,  qari  qulni,  kasalmand  qulni  umuman  hamma  ortiqcha  narsani  
sotishi kerak. Xo`jayin  sotib olishi emas sotishi yaxshi.  
                                                 
1
 
pomesti boshqaruvchisini.
 
2
 
qovoqsimon vino uchun katta xum.
 


 
 256 
 
 
5. Mana vilikni majburiyati. U yaxshi tartib o`rnatishi, bayramlarga rioya qilishi zarur: begona 
narsani    qo`liga  olmasligi;  o`zinikini  nihoyatda  humoya  qilishi  zarur.  U  qullarni  bahslarini  hal 
qiladi: agar kimdir ayb qilib qo`ysa  qilmishiga qarab aybdorni jazolaydi. 
 
Qullarga  yomon  bo`lishi  mumkin  emas:  ular  sovqotmasliklari  va  och  qolmasliklari  kerak. 
Vilikda ular doimo ishda:  u shunday qilib  yomonlik va  o`g`rilikdan  yengilroq  ushlab turadi.  Agar 
vilik  qullar  o`zini  yomon  tutmasin  deb  istasa,  qullar  o`zlarini  yomon  tutmaydilar.  Agar  u  bunga 
chidasa  xo`jayin  uni  jazosiz  qoldirmasligi  kerak.  Ularni  xizmati  uchun  u  tashakkur  bildiradi,  
qolganlari  uchun    o`zini  to`g`ri  tutishi  uchun.    Vilik  ishsiz  tentirab  yurmasligi  lozim;  u  doimo 
xushyor    va  hech  qayerga    tushlikka  bormaydi.  Qullar  unda  doimo  ishda;  u  xo`jayin  buyrug`ini 
bajarilishini kuzatib turadi.  U o`zini xo`jayindan aqlli deb hisoblasin. Xo`jayinni do`stlarini o`zini 
do`stlari  deb  hisoblaydi;  qurbonlik  keltirishni  u  faqat    kompitaliya
1
da    chorrahada  yoki  o`choqda 
amalga oshiradi. Xo`jayinning buyrug`isiz u hech kimga qarz bermaydi, xo`jayin berganni u talab 
qiladi, ekish uchun urug`likni, oziq-ovqat mahsulotlarini, polbani, vino va moyni hech kimga  qarz 
bermaydi.  Unga  ikki-uch  xo`jalik  bor:  qayerda  u  o`ziga  kerakli  bo`lgan  narsani  so`rashi  mumkin, 
o`zi  qarz  beradigan  lekin  boshqa  hech  kim.    …  Agar  u  ishlaydigan      bo`lsa  qullarni  ongida  nima 
borligini  biladi  va  ular  ishga  berilgan  bo`ladilar.  Agar  u  shunday  qilsa,  u  ishsiz  tentirashni 
istamaydi;  u  sog`lomroq  bo`ladi  va  yaxshiroq  uxlaydi.  U  to`shakdan  birinchi  turib,  oxirgi  bo`lib 
to`shakka  yotadi.  Dastlab  qo`rg`on  berkmi,  har  kim  o`rnidami,  mollarga  yemish  berilganmi  deb 
qaraydi… 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish