Қадимги юнон-рим тарихи


Tiberiy Grakx islohotlari



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Tiberiy Grakx islohotlari 
 
VII… Tiberiy mana bu sabablarga ko`ra o`z islohotlarini taklif qildi. 
 
VIII.  Qo`shni  xalqlardan  bosib  olingan  yerlarni  rimliklar  bir  qismini  sotdilar,  bir  qismini 
davlat  mulkiga  aylantirdilar  va  kam  mulkli  fuqarolarga  uncha  katta  bo`lmagan  haq  evaziga 
foydalanishga  tarqatdilar.  Boylar  ijara  haqini  oshirib,  shu  tarzda  kambag`allarni    yerlaridan  siqib 
chiqarganlarida  hech  kimga  500  yugerdan    ortiq  yerga    ega  bo`lish  va  foydalanishga  ruxsat 
bermaydigan qonun chiqarilgan  edi. Bu qonun ma`lum vaqtga qadar boylarni g`arazli intilishlarga 
chek qo`ydi va kambag`allarga o`zlari ijaraga olgan yerlarda qolishga va birinchi razverstka vaqtida 
ular egalik qilgan ulushlarini saqlab qolishga imkon berdi. Lekin tezda boylar soxta kishilar orqali 
ijarani o`zlariga ko`chirdilar, yerlarni katta qismini ochiq o`zlariga birkitdilar.  Uchastkalardan siqib 
chiqarilgan  kambag`allar  harbiy  xizmatni  o`tashni  xohlamadilar,  o`z  bolalarini  o`stira  olmadilar, 
shunday  qilib  tezda  Italiyada  erkin  fuqarolar  soni  qanday  kamayib  borayotgani,  aksincha 
fuqarolardan  tortib  olingan  yerlarni  boylar  uchun  ishlov  beradigan  qul  –  varvarlarni  soni  o`sib 
borayotgani  sezilarli  ko`rindi  …    Uni  ukasi  Gay  o`z    yozuvlarida  Tiberiy  Numansiyaga  jo`nab 
ketayotganda,  Etruriya orqali o`tib ketayotib birgina chet elliklar  va varvarlar   yerga ishlov berib 
poda  boqilayotgan    bo`m  –  bo`sh    mamlakatni  ko`rganini  eslatadi.  O`shanda  unda  o`sha  siyosiy  
                                                 
1
 
1 rim futi- 327,45 grammga teng.
 


 
 258 
 
 
rejalar  tug`iladi;  qaysiki    uni  amalga  oshirilishi  aka  –  ukalarga  qancha  kulfat  keltirdi.    Lekin 
haqiqatda unga kuchli shuhratparastlik intilishlarini, qatiyatni eng  avvalo rim xalqini o`zi Tiberiyni 
portiklardagi,  devorlardagi,  yodgorliklardagi  davlat  yerlarini  boylardan  tortib  olib,  ularni 
yo`qsillarga taeqatish uchun chaqiriqlar uyg`otdi. 
IX.    …  Shu  bilan  birga  o`sha  katta  adolatsiz  va  ochko`zlikga    qarshi  qaratilgan  qonunni  o`zi  
yumshoqlik  va  mo`tadilligi  bilan  ajralib  turar  edi,  qonunlarga  bo`ysunmagani  uchun  odamlarni 
sudga  berish  kerak    edi  va  noqonuniy  bosib  olingan  mulkdan  jarima  solish    bilan  mahrum  qilish 
lozim  edi,  Tiberiy  qonuni  kambag`al  fuqarolar  foydasiga  to`lov  sharti  bilan  faqatgina  noqonuniy 
mulkdan  voz  kechishni  buyurar  edi.  Bu    islohot    mo`tadil  bo`lishiga  qaramasdan  xalq  undan 
qoniqishga va  o`tmishni unutish,  kelajakda o`zini  adolatsizliklardan saqlash  uchungina tayyor  edi. 
Lekin  boylar  va  yirik  mulkdorlar  g`arazli  manfaatlaridan  kelib  chiqib  qonunchini  o`ziga  qarshi 
qat`iy turib, g`azablanish bilan qonunga qarshi yopirildilar … 
Ammo bu bilan ular hech nimaga erishmadilar. Tiberiy ezgu va adolatli ishni shunday  chiroyli 
so`zlash bilan himoya qildiki, yomonni ham foydali ko`rinishda ko`rsatishi mumkin edi. Qachonki 
uning tribunasi atrofida to`plangan xalq oldida  yo`qsillar himoyasi uchun so`zlaganda, dushmanlar 
uchun u qo`rqinchli va yengilmas ko`rindi. Italiyada yovvoyi hayvonlar o`zlari yashirinishi mumkin 
bo`lgan  makon  va  uyalariga  ega  –  dedi  u.  Italiya  uchun  urushayotgan  va  o`layotgan  odamlar  esa 
havo va yorug`likdan boshqa hech vaqoga ega  emas,uyidan mahrum bo`lib xotin va bolalari bilan 
ko`chmanchiga  o`xshab  har  yerda  daydib  yuradilar.  Lashkarboshilar  jang  maydonlarida 
dushmanlardan  sog`ona  va  ibodatxonalarni  himoya  qilishga  chaqirib,  askarlarni  aldaydilar.Axir 
ko`pgina rimliklarda otasini mehrobi ham, ajdodlarni sog`onalari  ham yo`q, ular begona hashamat, 
begona boylik uchun jang qiladilar va o`ladilar.  Ularni  dunyoni egasi deb atadilar, lekin ularda bir 
parcha yer ham yo`q. 
X. Mana  shunday  to`lqinlanib  haqiqiy  alanga  bilan  aytilib,  xalq    olqishlab  qabul  qilayotgan 
so`zlarga raqiblardan birortasi ham e`tiroz bidira olmadi. Lekin munozaralardan voz kechib boylar 
tribunlardan  biri,  o`zini  kamtarona  hayoti  va  qat`iy  axloqi  bilan  ma`lum  bo`lgan  yosh  kishi  Mark 
Oktaviyga  murojaat  qildilar.  Oktaviy  Tiberiyning  o`rtog`i  va  do`sti  edi  va  boshda  unga  hurmat 
yuzasidan kurashdan bosh tortdi. Lekin keyin ko`pgina obro`li kishilar tomonidan  qat`iy iltimoslar 
taziyqi  ostida    u  zo`ravonlikga  yon  berib,  Tiberiyga  qarshi  chiqdi  va  qonunni  rad  qildi.  Tribunlar 
kollegiyasida  doimo  qarshi  ovoz  beradiganni  fikri  hal  qiluvchi  bo`ladi,  qolgan  hammani  roziligi 
hech  qanday  kuchga  ega  emas.  Omadsizlikdan  jahli  chiqqan    Tiberiy  o`zini  mo`tadil  loyihasini 
qaytarib oldi va xalq uchun qulay, jafokorlar uchun qattiq bo`lgan boshqasini kiritdi; yangi qonun 
ular eski qonunlarga zid ravishda egalik qilgan yerlarini  tezda bo`shatib berishni buyurdi. Bu har 
kuni  Tiberiy  bilan    Oktaviy  o`rtasida  trubinada  har  kuni  yangidan  boshlanayotgan  kurashga  olib 
keldi,  va lekin keskinlashayotgan  kurashning eng  qizig`ida ham ular bir- birlariga biror bir  keskin  
so`z  aytmadilar; tug`ma halollik va yaxshi tarbiya aqllarni jilovlab turadi, ko`rinib turadiki, nafaqat 
vakx orgiyalarida va yana shuhratparastlik va g`azab toshganda, Tiberiy ko`rdiki yangi qonun katta 
davlat yerlariga ega bo`lgan Oktaviyni shaxsiy manfaatlariga tegishi mumkin emas, u o`z  raqibiga 
munozaradan voz kechishni iltimos qilib murojaat qildi va shuningdek uni yerlarini qiymatini o`zini 
uncha  katta  bo`lmagan  mablag`laridan  qoplashga  tayyor  ekanini  bildirdi.  Oktaviy  bu  taklifga 
ko`nmadi. 
XI. 
…  Qachonki  Xalq  yig`ini  kuni  kelganda,  Tiberiy  xalqni  ovoz  berishga    chaqirdi, 
barcha  saylov  urnalarini  boylar  o`g`irlagani  bilinib  qoldi,  bu  hodisa  katta  sarosimaga  olib  keldi… 
Va  Tiberiy  boshqa  usul  bilan  o`z  qonunini  o`tkazish  imkoniyatiga  ega  bo`lmay,  nomunosib  va 
noqonuniy  usulda  murojaat  qiladi,  aynan  Oktaviyni  hokimiyatdan  chetlatishni:  Biroq  u 
ko`ndirishdan  boshladi:  uni  qo`liga  do`stona  tegib  u  Oktaviydan  xalqning  adolatli  talablariga  yon 
berish  va  qondirishni  so`radi,  qaysiki  o`zining  buyuk  mehnatlari  va    boshdan  o`tkargan  xavflari 
uchun shunday kichik mukofot bilan qoniqadi. Lekin Oktaviy rad javobini berdi va shunda Tiberiy 
bir  xil  hokimiyatga    ega  har  ikki  tribun  muhim  masalalarda  qarashlarda  kelisha  olmasa,  bu  ish 
qurolli kurashsiz hal bo`lmaydi va qiyinchilikdan yagona yo`li ulardan  biri hokimiyatdan mahrum 
qilinishi kerak deb aytdi; mayli Oktaviy birinchi bo`lib uni Tiberiyni almashtirishni ovozga qo`ysin 
va  u  shu  soatdayoq  hayotga  xususiy  kishi  bo`lib  qaytadi,  agar  xalq  shuni  xohlasa.  Oktaviy  bu 


 
 259 
 
 
taklifni  ham  qaytardi,  shundan  so`ng  Tiberiy  bunday  holda  agar  u  o`ylab  ko`rib  qarorini 
o`zgartirmasa  Okatviyni  almashtirish  to`g`risidagi  masalani  ovozga  qoyishini  aytdi  va    shundan 
keyin yig`ilishni tarqatdi. 
XII. 
Keyingi  kun  xalq  to`planishi  bilan  Tiberiy    tribunaga  ko`tarildi  va  yana  Oktaviyni 
ishontirishga  urindi,  lekin  u  qat’iy  qolaverdi.  Shunda  Tiberiy  Oktaviyni  tribunatdan  chetlatish 
to`g`risidagi    qarorni  taklif  qildi  va  shu  yerdayoq  bu  masalani  ovozga  qo`ydi.  Trib
1
  Rimda    35  ta 
edi,  ulardan  17  tasi  Oktaviyga  qarshi    ovoz  berdilar,  agar  ularga  hech  bo`lmaganda    yana  bir  trib 
qo`shilganda  edi,  Oktaviyga  xususiy  hayotga      qaytishga  to`g`ri  kelar  edi.  Shunda  Tiberiy  ovoz 
berishni  to`xtatishga    buyruq  berdi  va  Oktaviyga  murojaat  qiliub,  xalq  oldida  uni  o`pdi  va  o`zini 
sharmanda  qilishga  yo`l  qo`ymasligini  so`rab    uzoq  yolvordi,  uni  Tiberiyni  qattiq  va  eng  oxirgi 
choralar    ko`rishga  majbur  qilmaslikni  so`radi.  Aytishlaricha  Oktaviy  bu  iltimoslarni    o`jarlik  va 
qat’iyatni bildirmay eshitdi; uni ko`zlari yoshga to`ldi va uzoq jim bo`ldi; lekin qachonki uni nigohi 
to`da  bo`lib  turgan  boylar  va  mulkdorlarga  tushganda  u  ko`rinishda  uyalib  va  ularni  oldida 
sharmanda  bo`lishdan  qo`rqib,  barchasiga  oxirigacha        chidashga  qaror  qildi  va  Tiberiy    u  bilan 
nima  istasa  shuni  qilsin  deb  aytdi.  Shunday  qilib  qaror  qabul  qilindi  va  Tiberiy    o`zining  ozod 
qo`yilgan qullaridan biriga
2
 Oktavianni kuch bilan tribunadan olib ketishni buyurdi… 
XV.  Shunday  qilib    u  bu  safar  ham  yig`ilishni  tarqatdi;  lekin  uni  Oktaviyga  nisbatan  qilgan 
harakatiga nafaqat zodagonlar va xalq ham haddan tashqari zo`r berishni ko`rinishini
1
 ko`rdi deb his 
qildi,  u  xalqqa  so`z  bilan  murojaat  qildi,  undan  uni  so`zlarini  ishonchli  va  mazmunli    ekanligi 
tushunchasini  beradigan  ba’zi  isbotlarni  keltirish  maqsadga  muvofiq  bo`ladi.  “Xalq  tribuni,-dedi 
Tiberiy;-muqaddas va  daxlsiz  shaxs, chunki uning faoliyati xalqqa  va uning  manfaatlarini  himoya 
qilishga bag`ishlangan. Lekin agarda tribun xalqdan yuz o`girib unga zarar keltirsa uni hokimiyatini 
kamsitsa,  uni  ovoz  berishiga  to`sqinlik  qilsa,    shunda  u  o`z  majburiyatini  bajarmagani  uchun    o`z 
vazifasidan o`zini mahrum qiladi. Mayli u Kapitoliyni buzib tashlasin edi, Arsenalni yoqib yuborsin 
edi  va  bunday  tribunga  oxir-oqibat  chidash  mumkin  edi.  Shunday  qilib  u  yomon  tribun  bo`lishi 
mumkin edi; kim agar    xalq hokimiyatini inkor qilsa u tribun emas, chidab bo`ladimi, tribun hatto 
konsulni  quvg`in  qilishi  mumkin,  xalq  esa  tribunni  hokimiyatdan  mahrum  qilishi    huquqiga  ega 
emas, qaysiki u  xalqqa zarar qilib uni su’istemol qiladi. Axir xalq konsul va tribunni saylaydi… 
Shunday qilib xalqqa qarshi gunoh qilgan tribunni xalqni o`zidan olingan o`z daxlsizligini saqlashi 
mumkin emas, chunki u o`zini ko`targan o`sha kuchni buzadi. Agar tribun uchun ko`pchilik triblar 
o`z  ovozlarini  bergan  bo`lsalar    u  tribunatni  adolatli  oladi  demakdir;  undan  tribunatni  tortib  olish 
yanada adolatli bo`lmaydimi, agar unga qarshi barcha triblar ovoz bergan bo`lsa…  Va xalq tribun 
hokimiyatini  bir  kishidan    bovhqasiga  o`tkazish  huquqiga  ega…  Bu  hokimiyat  daxlsiz  va 
almashmaydigan   hisoblanishi  mumkin  emas:  axir  unga  ega  bo`lgan  odamlar  ko`p  hollarda  undan 
voz kechadilar. 
XVIII. Keyin Mutsiy yana ovozlarni  triblar bo`yicha  yig`ishga kirishdi, lekin hech nima qila 
olmadi, raqiblar oldinga surilib, tartibsiz aralashib, birovlarni siqib va siqilib g`oyatda tartibsizlikni 
keltirib  chiqardilar.  Bu  vaqtda  senator  Fulviy  Flakk  shovqin-suronda  eshitilishiga  qaramay 
ko`rinadigan joyda turib qo`li bilan ishora qilib bu bilan Tiberiyga hali bir nima  xabar qilmoqchi 
ekanligini  ko`rsatdi.  Tiberiy  olomonga  tarqalishni  buyurdi  va  Flakk  qiyinchilik  bilan  turib, 
Tiberiyga  yaqin  kelib    senat  majlisida  boylar  o`z  tomonlariga  konsulni  og`dirib  olishga 
muvaffaqiyatsiz  uringanlaridan  so`ng  uni  Tiberiyni  o`ldirishga  o`zaro  til  biriktirganlari  va  buning 
uchun katta miqdorda tayyor qurollangan qullar do`stlari borligini xabar qildi. 
XIX. Tiberiy bu fitna to`g`risida o`ziga yaqin turganlarga xabar berishi bilan, ular shu ondayoq 
togalarini bog`ladilar, xodalarni sindirib, ularni yordamida liktorlar olomonni siqib qo`ydilar va bu 
sindirilgan xodalar bilan qurollanib hujum bo`lgan taqdirda himoyaga tayyorlana boshladilar. Orqa 
qatorda odamlar  bo`layotgan narsalarga hayron bo`lib qaradilar va nima gap deb so`radilar. Shunda 
Tiberiy,  uni  ovozini  eshita  olmas  edilar,  unga  xavf  tahdid  solayotganini  tushuntirish  maqsadida 
qo`li  bilan  boshini  ushladi.  Lekin    dushmanlar  bu  ishorani  ko`rib,  shu  ondayoq  senatga  yugurib, 
                                                 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish