254
davomida olib borilgan urushlar natijasida qudratli Karfagen yanchib tashlandi, Rim bu havzadagi
eng kuchli davlatga aylandi.
XXI. I. Hikoya qiladilar, hatto Gamil`kar
1
Afrika urushini tugatib, Ispaniyaga qo`shinni
o`tkazishga tayyorgarlik ko`rayotib xudolarga qurbonlik keltirayotgan paytda, uning to`qqiz
yoshli o`g`li Gannibal bolalik erkaligi bilan otasiga uni o`zi bilan birga olishni so`ray
boshlaydi: aytishlaricha shunda Gamil`kar unga qurbonlik keltiriladigan joyga yaqin kelishni va
unga qo`lini qo`yib, qachonki yoshi yetishi bilan rim xalqini dushmani bo`laman deb
qasamyod qilishga buyruq beradi …
3. Gasdrubalning vorisi kim bo`lishi to`g`risida hech qanday shak- shubha yo`q edi. Uning
o`limidan keyin jangchilar o`z tashabbuslari bilan yosh Gannibalni bosh qo`mondon chodiriga
olib borib uni lashkarboshi deb e`lon qildilar; bu tanlov barcha ishtirokchilarni baland ovozda
yoqlashlari
bilan kutib olindi, keyinchalik xalq uni ma`qulladi.
4 … Shunday qilib Gannibal Ispaniyaga yuborildi. Birgina o`zini paydo bo`lishi bilan
qo`shinni e`tiborini o`ziga qaratdi, keksa askarlarga o`zining eng yaxshi yillarida bo`lgan
Gamil`kar go`yoki qaytib keldi: o`sha kuchli so`z, o`sha buyruqomuz qarash, o`sha
ifoda, o`sha yuz belgilari! Lekin u tezda qo`shinlarni unga moyil qilgan otasiga o`xshash qilgan
sifatlarni ko`pchiligiga erishdi. Hali hech qachon bir kishini ko`ngli har ikkala turli xil
majburiyatlarga buyurish va bo`ysinishga bir tekisda majbur bo`lmagan edi; shunung uchun
kim lashkarboshini yoki qo`shin
uni qadrladimi, buni ajratib olish qiyin edi.
Gasdrubal
2
botirlik va qahramonlik talab qiladigan ishga qism boshlig`i qilib, chin
ko`ngildan hech kimni tayinlamagan edi: lekin askarlar ham unung rahbarligi ostida yanada
o`zlariga ishonadigan va yanada botirroq bo`lar edilar. U xavf xartarga tashlanar ekan u botir
bo`lar, xavfni o`ziga nisbatan yanada xushyorroq edi. Hech qanday mehnat yo`q ediki, qaysiki u
tani va yoki ruhi bilan horisa va issiqga ham sovuqga ham bir tekis chidamli edi. Huzur qilish
uchun emas, tabiat qancha talab qilsa shuncha yeb- ichar edi. Vaqtni kun va tunga e`tibor
bermay uyg`oq bo`lishi va uyquga ajratar edi; ishdan bo`sh qolgan soatlarni dam olishga
ajratdi; shu bilan birga u yumshoq to`shakdan foydalanmadi va oson uyquga ketish uchun
tinchlikni talab qilmadi, uni harbiy yopin chiqga o`ranib qorovulda yoki piketda turgan askarlar
orasida yotganini tez- tez ko`rar edilar. Kiyimlari bilan u tengqurlaridan hech qanday farq
qilmas edi; faqat qurollangani va otiga ko`ra uni tanish mumkin edi. Otliqlar ichida ham
piyodalar orasida ham u boshqalarni ortda qoldirar edi; jangda birinchi oshiqar, jang oxirida dalani
so`ngi bo`lib tashlab chiqar edi. Lekin bu yuqori xislatlar bilan u bir qatorda dahshatli
kamchiliklarga ham ega edi. Uning shafqatsizligi, uning makkorligi verolomstvo dong`i ketgan
“puni” makkkorligidan qochib ketar edi. U haqiqatni ham, ezgulikni ham bilmas edi, xudolardan
qo`rqmas edi, qasamga rioya qilmas, ziyoratgohlarni hurmat qilmas edi. Bu yaxshi va yomon
xislatlarga ega bo`lib u Gasdrubal boshchiligidagi uch yil xizmat davomida hammasini nima unda
buyuk lashkarboshi sifatini rivojlantirishi mumkin bo`lsa barchasini jon-jahti bilan bajardi va
barchasi ustidan kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: