Chizmachilik


    Burchaklarni  o‘lchash,  yasash  va  bo‘lish



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

 


44 
 
Burchaklarni  o‘lchash,  yasash  va  bo‘lish.  Burchaklarni  yasash  va  ularni 
teng  bo‘laklarga    bo‘lish  uchun  transportir,  uchburchakliklar  va  sirkul  ishlatiladi. 
Geodeziyada  yer  ustida  o‘lchashlar  o‘tkazishda  esa  burchaklarni  o‘lchash  vaqtida 
aniq  –  asbob  teodolit  va  niveler  qo‘llaniladi.  Biz  chizmachilikda  keng 
qo‘llaniladigan ayrim usullar bilan quyida tanishamiz. 
Burchakni  transportir bilan o‘lchash uchun uning tayanch plankasini berilgan 
burchakning bir tomoniga  shunday qo‘yish (11.6-rasm) kerakki  transportirdagi 0 
nuqta burchakning   uchi  (A)ga to‘g‘ri  kelsin.  Burchak  CAB ning qiymatini daraja 
(gradus) hisobida transportir shkalasi bo‘yicha aniqlanadi.  
AB  tomonning  A  uchidan  berilgan  gradus 
qiymati 
bo‘yicha 
burchak 
yasash 
uchun 
transportirni    shunday  qo‘yish  kerakki,  uning 
markazi  (0  nuqta)  AB  to‘g‘ri  chizig‘ning  A 
nuqtasiga 
to‘g‘ri 
kelsin,  so‘ngra  trasportir 
shkalasidagi  berilgan  gradus  soniga  mos  kelgani 
(masalan,  55
0
)ni  N  nuqta  bilan  belgilanadi.  Transportir  olib  qo‘yiladi  va  N  nuqta 
orqali AC kesma o‘tkaziladi. Natijada izlagan CAB burchagiga ega bo‘linadi (11.6-
rasm).  
Burchakning bissektirisasi chizg‘ich va sirkul yordamida oson yasaladi. Buni 
quyidagi misollarda  ko‘ramiz. 
1-misol.  Berilgan  ABC  burchak  teng  ikkiga  bo‘linsin,  ya’ni  bu  burchakning 
bissektrisasi o‘tkazilsin (11.7-rasm). 
Yechish.  Burchakning  B  uchidan  ixtiyoriy  R 
radius  bilan  uning  AB  va  BC  tomonlarini  kesadigan 
qilib  aylana  yoyi  chiziladi.  Keyin    bu  yoy  bilan 
burchak  tomonlari  bo‘lgan  AB  va  BC  to‘g‘ri 
chiziqlarning kesishgan  M va N nuqtalaridan ixtiyoriy 
R radius bilan yoylar chizib, ularning o‘zaro kesishgan 
K  nuqtasi  aniqlanadi.  So‘ngra  K  nuqta  burchakning 
uchi B bilan birlashtiriladi. 
 
11.6-rasm 
 
11.7-rasm 


45 
 
2-misol. O‘zaro kesishuvchi AB va CD to‘g‘ri chiziqlar orasida hosil bo‘lgan, 
lekin shaklda tasvirlanmagan burchakning bissektrisasi o‘tkazilsin (11.8-rasm). 
Yechish.    Ixtiyoriy  l  masofada  burchakning  AB  va  CD  tomonlariga  parllel 
qilib  to‘g‘ri  chiziqlar  o‘tkaziladi  va  ularning  o‘zaro  kesishgan  M  nuqtasi 
aniqlanadi,  so‘ngra  hosil  bo‘lgan    burchakning  bissektirisasi  MK  3.9-rasmda 
ko‘rsatilgan usuldagidek qilib o‘tkaziladi. Bu MK to‘g‘ri chiziq berilgan AB va CD 
to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchakni teng ikkiga bo‘ladi.  
3-misol.  ABC  to‘g‘ri  burchak  teng  uchga  bo‘linsin  (11.9-rasm)  B  nuqtadan 
ixtiyoriy R radius bilan yoy chiziladi. Bu yoy burchak tomonlari BA va BC to‘g‘ri 
chiziqlar  bilan  kesishib  1  va  4  nuqtalarni  hosil  qiladi.  Keyin  R  radiusni 
o‘zgartirmasdan 1 va 4 nuqtalaridan yana yoylar chiziladi. Bu yoylar 14 yoy  bilan 
kesishib  2  va  3  nuqtalarni  hosil  qiladi.  Endi  bu  nuqtalarni    burchak  uchi  B  bilan 
birlashtirib, B2 va B3 to‘g‘ri chiziqlarga ega bo‘linadi. Bu to‘g‘ri chiziqlar berilgan 
ABC to‘g‘ri burchakni teng uchga bo‘ladi.  
       
 
                                11.8-rasm                                                  11.9-rasm 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish