5. Nizoin-ul-mulkning iqtisodiy qarashlari
Sharq tarixiy iqtisodiy ta’limotlari tizimida Abu Ali ibn Ali Tusiy-
Nizom-ul-mulkning butun dunyoga mashhur «Siyosatnoma» (yoki «Siyar
1 O 'sha asar, 85-bet
2
O 'sha asar, 85-86-bet
61
ul-Mulk») asarida ilgari surgan iqtisodiy g‘oyalari o ‘ziga xos o ‘ringa va
o‘ziga xos ahamiyatga ega. Nizom -ul-mulk uzoq yillar davomida saljuqiy
shohlar Alparslon (1063-1072- yillar) va Malikshoh (1078-1092- yillar)
saroyida vazirlik lavozimlarida xizmat qilgan. U o ‘z zamonasining g‘oyat
bilimdon, tadbirkor, o ‘z lavozimiga juda ham mos tushgan, sidqidildan
xizmat qiluvchi vaziri sifatida dong taratdi. Shuning uchun ham u Nizom-
ul-mulk, ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan m ashhur bo‘lib
ketadi. U davlatning deyarli barcha ishlarini o ‘zi olib boradi va yuksak
tashkilotchilik mahoratini ko‘rsatadi. 0 ‘z navbatida, u mamlakatda fan va
madaniyatni rivojlantirishga harakat qiladi, o ‘z davrining ilm-fan kishilarini
saroyda ishlashga taklif etib, ularda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Nizom-ul-mulk
davrida Sharqning mashhur olimi va faylasufi U m ar Hayyom saroyda
ilm-fan bilan shug‘ullanadi, unga observatoriya qurib beriladi.
Malikshohning o ‘zi ham ilm-fanga, davlatni boshqarish san’atiga
qiziqqan sultonlardan bo‘lganligi «Siyosatnoma» asarida qayta-qayta
ta’kidlanadi. Malikshoh saroyda faoliyat ko'rsatayotgan fozil-u olimlarga
murojaat qilib davlatni boshqarish qoidalari, tartibi, usullari haqida bir
kitob yozilishini, asarda o ‘tgan shohlar tarixi va hayotiy tajribalari
umumlashtiriJishini topshiradi. Shoh fikricha, bu kitob davlatni boshqarish
ishining dasturamali bo‘lishini ham uqtiradi. Tabiiyki, ushbu ijodiy ishda
yetuk olimlar qatnashadilar. Ular ichida N izom -ul-m ulk ham qatnashib
«Siyosatnoma» risolasini taqdim etadi.
«Siyosatnoma»da iatisodiv masalalarea — xazina, uni boyitish va
sarflanishi, oziq-ovqat va boshqa davlat barqarorligi uchun zarur zaxiralar
tashkil etish, xizmatchilarga maosh belgilash, adolatli taqsimot, soliq va
xiroj, zakot, moliya va xo‘jalik masalalariga doir bir qancha ko‘rsatmalar
o ‘z ifodasini topadi.
«Siyosatnoma» haqida bir qancha tadqiqotlar e’lon qilindi, u ingliz,
fransuz, nemis tillarida nashr etildi.
Asarda ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalar hozirgi davri ijtimoiy-iqtisodiy
voqeliklari, o ‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti m uno
sabatlarini qaror toptirish vazifalari bilan hamohangdir. Shu bilan birga,
undagi iqtisodiy g‘oyalar xalqimizda, yoshlarimizda «Iqtisodiy ta ’limotlar
tarixi»mizni o ‘rganish va shu asosda iqtisodiy tafakkur hosil qilish vazifasiga
xizmat qilishligi bilan ham ahamiyatlidir.
Kitobning dastlabki sahifasidanoq muallif davlatni idora qilish va
mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta ’minlash uchun amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan iqtisodiy tadbirlar haqida fikr yuritadi. Buning uchun
62
«chetdan koriz qazib, suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodonligi uchun
katta ariqlar qazish, qal’alar qurish, shaharlar barpo etish, zebo binolar-u
keng ko‘chalar, rabotlar qurdirish lozim» deb yozadi1.
Asarda aholidan xiroi olishning yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. Soliqlar
odamlarga malol kelmaydigan bo‘lishi, ularga azob-uqubat yetkazmasligi,
soliq to ‘lash imkoniyati yo‘qlarni majbur qilinmaslik kabi qoidalar taklif
etiladi. Kitobda yoziladiki, «Xirojni ham u (soliq yig‘uvchi-muall.) shunday
yo‘l bilan talab qilsinki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o ‘z vaqtidan
oldin olinsa, raiyatga ranj-u azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlami
yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab, ovora va sarsonlikda g‘ariblikka
mubtalo bo'ladilar2». Boshqacha aytganda, soliq solish va undirish ishini
odamiylashtirish (gumanizm ruhi) lozimligi uqtiriladi. Davlatning mana
bunday soliq siyosati podshohga, oqibatda el-yurtga naqadar foydali
ekanligi bir necha hikoyatlar (tarixiy voqealiklar) misolida ishonarli qilib
tushuntiriladi.
Asar muallifi bozorlardagi oldi-sotdi ishlarini tartibga solish haqida
ham tavsiyaberadi. Zero, bozorda tartib o‘matilsa mamlakatda osoyishtalik
qaror topadi. Buning uchun «har bir shaharda tarozi va narxlami tartibga
soladigan, oldi-sotdi ishlarini biladigan eng olim va dono kishilardan
muxtasib qo‘yishi kerak. Va atrofdan olib kelib sotiladigan har bir molni
bozorda sotish uchun va haridorlami aldamaslik uchun ular ustidan nazorat
bo‘lishi shart. Tarozi toshlarini to ‘g‘ri tutib amri m a’ruf va nahyi munkar
qilishlari lozim3».
Asarda xizmatchilarga maosh berish tartibi haqida ham tavsiya berilgan.
Masalan, davlat mol-mulkini muhofaza qiluvchi ashroflik lavozimidagi
xizmatchilar «o‘z martabasi va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur.
U larning oylik harajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki
xazinadan berilishi kerak. Shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi...4»
deb ta ’kidlanadi. Bu yerda biz ikkita tamoyilni ko‘ramiz: birinchisi, ish
haqi xizmatchilarning o ‘z lavozimi va bilim-tajribasiga qarab tabaqalash-
tirilishi zarurligi bo‘lsa, ikkincbisi, ularning ish haqi va oilaviy moddiy
hayoti odamlarga malol kelmasligi. Bu hoi davlat xizmatchilariga nisbatan
xalq noroziligiga sabab bo‘lmasligiga va ularning halol-u pok xizmat
vazifalarini bajarilishiga sabab bo‘ladi. Bu fikr ham bugungi kunda naqadar
ahamiyatli ekani tushunarlidir.
1 Siyosatnoma, Toshkent, «Adolat» nashiiyoti, 1997, 17-bet
2 O 'sha asar, 28- bet
3 O ’sha asar, 50- bet
" O 'sha asar, 68 — 69- betiar
63
Kitobda davlat soliq xizmati xodimlarining aholidan soliq yig‘ishdagi
o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytiladi.
Shuning uchun ular faoliyatini davlat tom onidan qonuniy yo‘llar bilan
nazorat qilib turishlik haqida ko‘rsatma bayon qilingan. Agar soliq
xizmatchisi davlat belgilaganidan ko‘p soliq olsa, «Xalq bundan kam-
bag‘allashadi», odamlarga ko‘p azob yetadi, ko‘p mollar talon-taroj
etiladi'». Bu yerda o ‘zboshimchalik bilan, davlat buyrug‘isiz ham soliq
yig‘uvchilar faoliyatini cheklash zarurligi haqida gap boradi.
Nizom ul-m ulk o ‘z tajribasidan va tarixiy tajribalar dan kelib chiqib
shunday nasihat qiladi: «Har bir narsa o ‘z vaqti va o ‘z joyida harj bo‘lishi
kerak2». Shundagina «odamlar rohatda yashaydi, biror kishi mol-mulki
jihatidan azob chekmaydi» . Demak, yuqorida keltirilgan fikrdan xulosa
shuki, xazinaga (davlat yoki oila budjetiga) kelgan daromadni obdon
o ‘ylab, kerakli maqsadlarga, eng zaruriy ehtiyojlaxga sarf etilmog‘i darkor.
Shundagina farovon va tinch yashash imkoniyati vujudga keladi.
Kitobning so‘nggi, 50- faslida g‘oyat ajoyib, ibratli iqtisodiy g‘oya ilgari
surilgan. M uallif yozadiki «... Behuda haij ham, isrof va ifratga ham yo‘l
bermaslik kerak, odam lar iqtisodni tejamsizlik deb bilmasin.
Sahovat ham kishiga mos bo‘lsin, xazinadan nafaqa oladiganlarga haq
berilsin: ko‘p oladiganga ko‘p, kam oladiganga kam. Shunda har bir odam
o‘z qadrini tushunadr »
Muallif «iqtisod» degan kategoriyaga amaldorlaming ish-xo‘jalik yuritish
tartiblarini (xo‘jalik faoliyatini tashkil etish), daromadlar, boylik. mol-
mulkni saqlash, zarur zaxiralarni shakllantirish, xazinani boshqarish,
to ‘g‘ri sarf-harajatlar qilish kabi tushunchalam i kiritadiki, bu uning
iqtisodiy dunyoqarashi qanchalik keng qamrovli ekanidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |