Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

«Fozil  odamlar 
shahri» 
asarida ham o‘z ifodasini topgan.
Mutafakkir Aflotun qarashlari haqida gapirar ekan, «mulkka ega bo'lish 
yomon  odat  emasligini,  qashshoqlikda  (mulksiz)  yashagandan  ko‘ra, 
badavlat yashamoq afzaldir», degan fikrni aytadi.  Faqat 
«mulkni befoyda 
jamg ‘arishdan saqlanish zarur»,
 degan fikrni ilgari suradi.  Fikrini davom 
ettirib  yozadiki:  «Odamlarga,  avlodga  zarar  keltirmaydigan  mol-mulk 
orttirish  foydali  ishdir;  bunda  qonunlar  yordamida  ruh  va  badanni 
e’zozlanishiga  sazovor qiladigan  tarbiya  muhim  ahamiyatga  ega.  Faqat 
boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulkka ega bo‘lish 
yomon  odatdir1».
Olim  Aflotun  falsafasini  sharxlar  ekan,  odamlarni  mulkiy  qonunlar 
asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi.  «Agar shahar aholisi 
m a’rifatsiz,  tajribasiz  odamlar va bolalardan  iborat bo‘lsa,  u  holda  ular
1 Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar  shahri.  Т.,  1991,  38 —bet
54


qonun o‘matgan tartib va boshqaruv  usulini  qabul qilmaydilar».  ( 0 ‘sha 
joyda,  39-bet.  )  Qayd etiladiki,  qonunlar asosida,  ya’ni huquqiy tarbiya 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Huquqiy tarbiya 
faqat o‘zini emas balki boshqalami ham o‘ylab yashash va ishlashga xizmat 
qiladi,  mulkni,  manbalami  to ‘g‘ri  tasarruf etish,  undan yaxshi  natijalar 
olishga  da’vat  etadi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatimizning  Ta’lim 
to‘g‘risidagi Dasturi va Qonunida huquqiy va mulkiy tarbiyaga katta o‘rin 
ajratildi. Forobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalikxavfyo‘q, ammo 
uni  ehtiyot  qilib  saqlash  kerak.  Agar  boshqa  birovlar  hisobiga  mulk 
orttirganlar jazolanmasalar,  u  holda  shahar  aholisidan insof va  shuhrat 
yo‘qoladi.  Mulkni  ehtiyot  qilib  saqlab/  o‘z  ehtiyoji  uchun  ishlatsa,  bu 
yomon  ish-hisoblanmaydi...1»
Bu ko'rsatmalaming ahamiyati bugungi kunda juda ham katta.  Zero, 
odamlar, mustaqillik va demokratiya tufayli mulkdor bo'lmoqdalar. Biroq 
mulkdor bo‘lish boshqa-yu,  mulkni ehtiyot qilib, o £zi va jamiyati uchun 
samarali foydalanish undan ham muhim.
Ishlab chiqarish va iste’mol uchun harajat qilish muayyan zaruratdir. 
Ishlab  chiqarish  va  hayotning  samarasi  ko‘pincha  ana  shu  harajatlar 
miqdori, tartibi va mezonlariga ham bog‘liqdir. Olim hisoblaydiki, yashash 
uchun ega bo‘lingan mablag‘lami, mahsulotlar va mulkni to‘g‘ri taqsimlan- 
masa,  me’yori  bilan  harajat  qilinmasa,  bunday  ishda  «nomaqbulchilik 
ro‘y beradi».  «Bu  —  boshqarilishi  eng  qiyin  bo‘lgan  ishdir,  kimda-kim 
o‘z ixtiyorida bo‘lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo'ymasa, 
uni faqat o‘zi uchungina jamg‘arsa, juda katta zarar keltiradi2»
Forobiy qarashlarida taasimot masalasi juda keng va o‘ziga xos usulda 
talqin  etiladi.  U jamiyat va odamlar yo‘lidagi  mulk va noz-ne’matlami 
to‘g‘ri taqsimlash davlat qurilishida asosiy masaladir, degan fikmi bildiradi. 
Demak,  jamiyat  hayotida  eng  muhim  muammolardan  biri  mulkni, 
mahsulotlami  kerakli  maqsadlarga  to ‘g‘ri,  samarali  taqsimlanishidir. 
Taqsimot ishi maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yilmas ekan, ko'pchilik odamlar 
bachkanalashib ketadi,  odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Taqsimot  mavjud  mulk,  mahsulot,  boyliklar  hisobini  to‘g‘ri  yo‘lga 
qo‘yishdan boshlanadi.  Xuddi  ana  shu  fikr  Forobiy tomonidan  oldingi 
o ‘ringa chiqariladi. «Awalo,  — deydi olim,  — yer va joylaming miqdori, 
keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar
1 Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar  shahri.  Т.,  1991,  47 —bet
2 Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar  shahri.  Т.,  1991,  42 —bet
55


bo‘lgan  oziq-ovqatlar,  ekiladigan  yerlar,  saroy  va  shaxsiy  uylarning 
miqdori hisobga olinishi zarur1».  Forobiy Aflotunning quyidagi  fikrlarini 
alohida  ajratib keltiradi:  «Taqsimotning ishi juda qiyin,  lekin juda  zarar 
ishdir».  Buyuk daholaming taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga 
bu  qadar  chuqur  qarashlari  bejiz  emas.
Albatta,  taqsimot  mavjud  narsalar  taqsimotidir,  u  ishlab  chiqarishga 
nisbatan vaqt jihatidan keyingi o ‘rinda turadi, ishlab chiqarish munosabat- 
laridagi  ikkinchi  bo‘g‘indir.  Biroq  shuni  unutmaslik  kerakki,  taqsimot 
ishlab chiqarishning boshqa tomoni, aslida uning davomi va takrorlanishidir. 
Buning  m a’nosi  shuki,  to ‘g‘ri  va  adolatli  taqsimot  tizimi  yaratilgan 
sharoitdagina ishlab chiqarish natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bu yerda 
gap faqat makroiqtisodiy darajadagi taqsimot ustidagina borayotgani yo‘q, 
bu xulosa mikroiqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlari uchun ham  bab-baravar 
ahamiyatga ega. Forobiyning iqtisodiy qarashlarida jamiyat hayotining eng 
muhim masalalari ko'tarilgan.
Sharq  falsafasida  ehtivoilar  masalasi  deganda  odamlar  ehtiyojlari  va 
ularning  qondirish  vositalarini  qidirish  emas,  balki  har  bir  odamning 
shaxs  sifatidagi  zaruriy  ehtiyojlami  tadqiq  qilish  va  ulam i  qondirish 
muammolari  m uhim   ahamiyat  kasb  etadi.  Ana  shu  ehtiyojlar  tizimida 
odamning  shunday  fiziologik  ehtiyojlari  mavjudki,  ular  faqat  harakat 
qilish,  m ehnat  va  yaratuvchanlik  (ishlab  chiqarish)  bilan  qondiriladi. 
Demak, inson ehtiyojlarining eng muhimi mehnat qilish (varatuvchanlik~> 
ehtivoiidir. barcha ehtiyojlami qondirishga ham xuddi ana shu mehnatga 
bo'lgan  ehtiyojni  qondirish  orqali  erishiladi.  Sharq  iqtisodiy  tafakkuri 
markazida inson va uning ehtiyojlari, ulami qondirish masalasining turishi 
bejiz emas.
Ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuming ana shu eng dolzarb masalasi Sharqning 
buyuk farzandi, faylasuf Abu Nasr Forobiy asarlarida asosiy o ‘rin olganligi 
fikrimizning dalilidir.  Sharq Arastusi nomi bilan mashhur bo'lgan alloma 
Arastu falsafasi tahliliga bag‘ishlangan asarida iqtisodiyot fanining muhim 
kategoriyasi bo‘lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e’tibor berib, ehtiyojlami 
qondirish  inson  harakatining  markazida  turajagini  ko‘rsatdi.  13  inson 
ehtiyojlarini qondirishda  m ehnat va  m ehnat qurollarining  o ‘rni beqiyos 
ekanligini uqtirib o ‘tadi.
1 Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odam lar  shahri.  Т.,  1991,  37- b e t
56


Abu  Ali  ibn  Sino  shu  narsani  chuqur  tushunib  yetadiki,  odamlar 
o ‘zaro  hamkorlikda bo‘lishlari kerak,  ya’ni ular iqtisodiy munosabatlarga 
kirishishlari  lozim.  Chunki  har  bir  odam  alohida  holda  ishlaganda,  u 
qanchalik  kuchli  va  salohiyatli  b o ‘lmasin,  hatto  o ‘z  ehtiyojlarini  ham 
qondira oladigan mahsulotni yaratishga qurbi yetmaydi.  Shuning uchun 
odamlar  o ‘zaro  iqtisodiy  kelishuvga  kelishga,  ya’ni  m ehnat  taqsimoti 
asosida  faoliyat  qilishga  intiladilar.  Buning  iqtisodiy  nazariya  nuqtayi 
nazaridan  m a’nosi  shuki,  ishlab  chiqarish  munosabatlari  haqiqatdir, 
tabiiy zaruratdir,  muayyan holatdir.
Ibn  Sino  odam jamiyatdan  tashqarida  yashay  olmasligini,  u jam oat 
muhitidagina ijtimoiy bog‘liqbo‘la olishini qayd etgan.  Ular o‘zaro iqtisodiy 
hamkorlik orqali o ‘z hayotlarini ko‘radilar, o ‘zlarining hayotiy ehtiyojlarini 
qondiradilar.  Biroq,  odamlarning o ‘zaro  munosabatlari adolat doirasida 
bo‘lmog‘i darkor, adolatni esa fanni (haqiqatni) sevadigan davlat o ‘matishi 
mumkin,  holos.
Ibn  Sino  fikricha,  davlat  har  bir  odamning jamiyatdagi  o ‘rnini  (ish 
joyini)  aniq  belgilab,  qanday  faoliyat, yuritishini  tashkil  qilib  berishi 
kerak, ayniqsa, davlatda tekinxo'rlar, boshqalar hisobiga kun ko'ruvchilar 
bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.  Davlat bunday takomilga faqat fanni 
rivojlantirish orqali erishadi.
Ibn  Sino  savdo  munosabatlarining  jamiyat  taraqqiyotida  katta  ro ‘l 
o ‘ynashini  ham  uqtirgan.  U  savdo  aloqalari  shaharlar  (mamlakatlar, 
xalqlar) o'rtasida yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidlaydi, chunki shundagina 
ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, odamlar o‘rtasida tushunish vujudga keladi. 
Yuqoridagi qoidalarga xulosa qilib shuni  aytishimiz mumkinki,  ibn Sino 
ilmiy  ijodida  iqtisodiy  munosabatlar  masalasi  ham,  uning  muammolari 
va ularni takomillashtirishga oid tadqiqotlar ham salmoqli o ‘rin tutadi.
Abu Ali ibn Sino «Tibbivot dostoni»da yozadiki, agar hayvonlar tabiat 
ne’matlariga qanoat qilib yashasalar,  odamlarga bu ne’matlar ozlik qiladi, 
ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari 
lozim.  Uning  ta’kidlashicha,  agar  hayvonlar  tayyor  tabiat  ne’matlarini 
o ‘zlashtirib olsalar, odamlar o ‘z m ehnatlari bilan o ‘zlariga ovqat, kiyim- 
bosh,  uy-joy  yaratadilar,  ular  ana  shu  maqsadda  dehqonchilik,  hunar­
mandchilik,  chorvachilik bilan shug‘ullanadilar.  Shuning uchun  alloma 
odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish