Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  «Qur’oni karim»ning iqtisodiy qadriyatlari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

1.  «Qur’oni karim»ning iqtisodiy qadriyatlari
Islomning  asosiy  manbayi-«Qur’oni  karim»dir.  Uning  har  bir  oyati 
bandalami poklikka, iymonga chorlaydi. Uning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy 
tafakkurga  bag'ishlangan.  Boshqa  juda  ko‘p  oyatlarda  ham   qisman 
iqtisodiyotga oid fikrlar berilgan.  «Qur’oni karim» insonlarni halol mehnat 
qilishga,  tejamli bo‘lishga,  mehru  shafqatga,  halollikka undaydi.
Mehnat-hayot va oxirat kafolati.  Hayot shunday ne’matki, u insonga 
faqat  bir  m arta  beriladi.  Demak,  uni  shunday  o'tkazish  kerakki,  u 
odamlarga bu dunyoda baxt-saodat keltirsin, oxiratda hisob-kitobni oson 
qilsin.  Buning  uchun  odam  hayot  vaqtida  umrini  bem a’ni  o'tkazmay, 
yaxshi amallarga sarflashi kerak.
Halol m ehnat qilish bu dunyo va u dunyoda baxt-saodatni kafolatlay- 
digan amaldir.  Zero,  «Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida mehnat 
har tom onlam a  ulug‘langan,  u  zarur ibodat  ekanligi  ta ’kidlangan.
Parvardigori olam odamzodni yaratish bilan unga nafsni berib qo‘ydi. 
Odamlar yashash uchun iste’mol qilishlari,  oziq-ovqat yeyishlari,  kiyim- 
kechak  kiyishlari,  m a’lum  turar-joy  sharoitlariga  ega  bo'lishlari  kerak. 
Odamlar  uchun  kerak  bo‘lgan  bu  iste’mol  buyumlari  tabiatda  tayyor 
holda mavjud bo‘lmaydi. Alloh taolo moddiy n e’matlarning manbalarini 
bunyod etdi  va ularni  iste’mol  uchun kerak bo‘lgan narsalarga  aylantira 
olish uchun  odamlarga  kuch-quw at,  aql-idrok berdi.  Aql-idrokni  ishga 
solib,  kasb-kom i  egallab,  Alloh  yaratgan  imkoniyatlardan  o ‘z  rizqini 
terib yeyishni insonlar zimmasiga yukladi.
«Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida o ‘z mehnati bilan Parvar- 
digor  yaratib  qo‘ygan  rizqini  terib  yeyish  zarurligiga  da’vat  qilingan. 
«Taborak»  (Mulk)  surasining  15-oyatida shunday deyiladi:  M a’nosi,  «U 
(Alloh) sizlar uchun  Yerni xokisor-bo ysinguvchi qilib qo “
ygan zotdir.  Bas, 
и (Yer)ning har tomonida yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro ‘zidan 
yenglar.  Yolg'iz uning huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir».
Ulamolarimiz ushbu oyati karimaning tafsirini islomda mehnatga 
chorlashga dalil qilib keltiradilar.  Darhaqiqat, Alloh taolo  Yerni yaratib, 
uni insonga bo'ysundirib qo'yish bilan birga, insonlarga bu ulug‘ ne’matdan 
unumli  foydalanish  uchun  dangasalik,  ishyoqmaslik  qilmasdan,  kasb- 
komi puxta egallab, rizqni undirib yeyishga undagan. Bu yerda gap bag'oyat 
ulug‘  n e’m at-yer  to ‘g‘risida  ketsa  ham,  uni  keng  m a’noda  Alloh  taolo 
barcha imkoniyatlar to‘g‘risida aytmoqda, deb tushunilsa o‘rinliroq bo‘ladi.
M ana shunday Alloh yaratgan imkoniyatlar v"1 ulardan aql-idrok bilan
43


kasb-korni  egallab,  o ‘z  rizqini  terib  yeyishlari  bandalarning  burchlari 
ekanligi to‘g‘risidagi da’vatni biz «Qur’oni karim»ning «Baqara» surasining
3,  22,  25,  33,  57,  «Nahl»  surasining  11,  12,  114,  «Qasos»  surasining 
76,  77,  «Ankabut»  surasining  17,  62,  «Sajda»  surasining  27,  «Yosin» 
surasining  34,  35,  «Va-ssaffot»surasining  41-44,  «Sod»  surasining  50­
51,  «Zumar»  surasining  21-oyatlarida  ham  ko‘ramiz.  Alloh  taolo  o ‘z 
kalomida bandalarini  o ‘zi bergan  ne’matlariga shukur qilib,  toat-ibodat 
qilishga,  bu n e’matlardan to ‘g‘ri foydalanishga chaqiradi. Allohga iymon 
keltirish,  undan  qo‘rqish  insonni  yaxshi,  xayrli  ishlarga  yo‘naltiradi.  U 
iqtisodga adolat,  omonat,  halollik m a’nolarini berib,  ochko‘zlik,  harom 
va  adolatsizUklardan  chetlatadi.  D em ak,  iymonli  odam   dangasalik, 
ishyoqmaslik  qilmasdan,  g‘ayratli  bo'lishi,  biror  kasb-hunam i  egallab, 
halol m ehnat qiJishi  kerak.
Insonning mehnati,  sa’y-harakati faqat dunyo n e’matlaridan ko‘proq 
bahram and b o ‘lishi uchungina emas, balki oxiratdagi hisob-kitob uchun 
zarurdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib 
aytadilarki,  «Alloh taolo o ‘z bandalari ichida g ‘ayratlisini yoqtiradi».  Hadisi 
shariflardan  birida:  «Ey  Parvardigor,  men  sendan,  g ‘am-tashvishdan, 
xafalikdan,  ojizlikdan,  dangasalikdan,  baxillikdan,  q o ‘rqoqlikdan, 
qarzdorlikdan  va xorlikdan panoh  tilayman\» deyilgan.
Insoniyat bosib o‘tgan uzundan-uzoq yo‘l mehnat jarayonidan iboratdir. 
Shu  boisdan  kishilar  m ehnatni  qadrlashlari,  ulug‘lashlari,  yoshlarni 
m ehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashlari  kerak.  Zero,  Payg‘ambarimiz 
M uham m ad  sallallohu  alayhi  vasallam  o ‘z  hadislaridan birida:  «Odam- 
laming уaxshisi odamlarga manfaat keltirganlaridir», deb bejiz aytmaganlar. 
«Qur’oni karim»da ham bu borada alohida ta’kidlanadi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish