sababli individ bu buyumni shuncha yuqori baholaydi,. Aksincha, iste’mol
qilish qanchalik sekinlashsa, sust borsa, ratsional subyekt (iste’molchi)
o‘sha buyumga shuncha past baho belgilaydi, uning zaxira hajmi ham
naflilik darajasini belgilab beradi.
Iste’mol hajmining zaxirasi qanchalik kamayib borsa, mavjud iste’mol
intensivligi sharoitida ne’matning cheklangan nafliligi ortib boradi. Ayni
chog'da, ne’matning miqdori qanchalik ortib borsa, cheklangan naflilik-
ning individual bahosi ham pasayib boraveradi. Shu bilan birga, K. Menger
cheklangan naflilik omillarini tahlil etar ekan, unga tovarlar narxining
ta’sirini inkor etadi.
Avstriya maktabining yana bir yirik vakili Bern Baverkdir. Uning g'oyalari
«kapital va foyda» asosida bayon etilgan, uning ta’limotidagi asosiy qoidalar
quyidagilardir:
- cheklangan naflilik bahoni bevosita (talab orqali) emas, balki bilvosita
belgilaydi, ular o'rtasida m a’lum tebranishlar chegarasini aniqlash orqali
belgilanadi ;
-u yoki bu iste’mol ne’mati bozor bahosining yuqori maksimal chegara
sini, uning nafliligini iste’molchinining subyektiv bahosi belgilaydi, bu
chegaradan nariga o‘tolmaydi, aks holda iste’molning pasayishi yuz beradi;
- buyumning eng past, minimal baho chegarasiga sotuvchining o ‘z
tovari nafliligiga subyektiv bahosi bog‘liq bo'ladi. Boshqacha aytganda,
tovarning bozor bahosi iste’molchi va sotuvchining o‘zaro manfaatlari
to‘qnashuvi asosida belgilanadi.
Xo‘sh, maijinalizm ta’limotining
ijobiy jihatlari, iqtisod faniga qo‘shgan
tarixiy hissasi nimadan iborat bo‘ldi?
1) Siyosiy iqtisod fani e’tiborini konkret bozor munosabatlari muam-
molarini o‘rganish zaruriyatiga burdi, ya’ni uni iste’mol va taklifga, baholar
shakllanishining amaliy jihatiga qaratdi.
2) Buyumlarning noyobligi, chegaralanganligi muammosini o ‘z
nazariyasi asosiga qo‘shib, jamiyat va tabiatda iste’mol resurslar cheklan-
ganligi, ulami takror ishlab chiqish muammoli masala ekanligiga e’tiborni
tortdi. Bu fikr, albatta, real amaliy ahamiyat kasb etdi.
3) Iqtisodiy munosabatlar mohiyatini belgilashda
subyektiv psixologik
yondashuvni ilgari surib, haqiqatda ham psixologik ta’sir iqtisodiyot
qatnashchilari faoliyatida katta ahamiyat kasb etishini ko'rsatib berdi. Bugun
bu ta’siming aniq mavjudligini hech kim rad eta olmaydi.
4) Marksizm iqtisodiy ta’limotiga muholif ta’limot sifatida marksizm
nazariyasidagi juda ko‘p chuqur ziddiyatli, noilmiy jihatlar borligini
125
siyosiy iqtisodda birinchi bo‘lib ochib tashladi. Undagi xatolikJarni,
metodologik asoslarni ko‘rsatdi. Ana shularga asoslanib aytishimiz
mumkinki, marjinalizm ta’limoti siyosiy iqtisod fanida o‘z tarixiy o‘miga
va ahamiyatga ega ta’limotlardan bin bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: