Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  Kembrij  iqtisodiy maktabi.  A.  Marshall  ta’limoti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

2.  Kembrij  iqtisodiy maktabi.  A.  Marshall  ta’limoti
XIX 
asming oxiri  XX asr boshlaridagi siyosiy iqtisodda yana bir yangi 
ilmiy yo‘nalish- neoklassik sivosiv iatisod vujudga keldi.  Bu yo‘nalishning 
asoschisi Kembrij universiteti professori A.  Marshall (1842-1924) va uning 
izdoshlari bo‘ldilar. A  Marshall A   Smit va D. Rikardolaming klassik siyosiy 
iqtisod  fanidagi  yo‘nalishlarini  o ‘zining  «Siyosiy  iqtisod  tamoyillari» 
kitobida tartibga soldi,  umumlashtirdi va shu asnoda o‘zi yangi iqtisodiy 
maktabga asos soldi.
Kembrij  maktabi,  garchi  umumiy  tarzda  Avstriya  maktabiniing 
metodologiyasiga asoslangan bo‘lsa ham,  («eng yuqori naflilik»,  «yuqori 
foydalilik», «cheklaganlik») bahoni tahlil etishda cheklangan naflilikning 
subyektiv baholash uslubi  ustuvorligini rad etdi;  shuningdek,  «bahoning 
pirovard asosi ishlab chiqarish hujjatlaridir» degan klassik iqtisod g‘oya- 
sidan voz kechdi. A.  Marshall o‘z ta’limotida cheklangan naflilik va ishlab 
chiqarish harajatlari nazariyasini yaxlit bir ta’limotga aylantirishga harakat 
qilib,  shunday  xulosaga  keladi:  bahoni  belgilashda  na  talab,  na  taklif 
belgilovchi ustuvor rol o ‘ynaydi, balki ular bozor baholari shakllanishida 
barobar ahamiyatga ega bo‘ladi.  U baho shakllanishining har uchala unsuri- 
talab, taklif va bahoning bir-biriga ta’sirini o‘zaro bog‘liqlikda olib, tahlil 
qildi.
A.  Marshall tushuntirdiki,  bozor  mexanizmi kuchli  raqobat ta’sirida 
amal qiladi, bu esa talab va taklifning bahoga bog'liqligini kuchaytiradi. 
Ushbu qonuniyatni u shunday sharxlaydi: bozorda tovarlar bahosi ortsa, 
talab kamayadi, taklif esa ko‘payadi. Yoki pasaysa, talab ortadi, taklif esa 
qisqarib  boradi.  Demak,  bozorda  bahoning  o‘zgarib  borish jarayonida 
qandaydir  muvozanatlik,  ya’ni  muvozanat  narx  qaror  topadi:  m a’lum 
tovarga yoki tovarlar guruhiga bo‘lgan  talab uning taklifi bilan barobar- 
lashadi.  Bu yerda vaqt omili (uzoq yoki qisqa davr) maydonga chiqadi.
Baho  shakllanishida  vaqt  omilini  tahlil  etib,  xulosa  qilinadiki,  vaqt 
davomida talab va taklifdagi o‘zgarishlammg bahoga ta’siri ham o ‘zgaradi, 
ya’ni  goh  talab,  goh  taklif  muvozanatni  buzib,  bozorda  boshqaruvchi 
vazifasini o ‘taydi, qisqa muddatda talab ustuvorlik qilsa, uzoqroq davrda
126


taklif yetakchilik qiladi.  Bundan ko‘rinadiki, ma’lum muddat ichida taklif 
miqdori  doimiylik kasb  etadi,  shunda talab baho  tarkib  topishining  hal 
qiluvchi omiliga aylanadi.  Bunday holatda baho ortadi.  Natijada yuqori 
bozor bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari o ‘rtasida farq paydo bo'lib, 
m a’lum foyda olinadi. A.  Marshall tadbirkorda vaqtincha vujudga kelgan 
qo‘shimcha daromadni kvazirenta deb atadi. Biroq boshqa davr kelib taklif 
ortar ekan,  baho pasayadi,  kvazirenta yo‘q bo'ladi. 
.
Kembrij  maktabining  taklif ta’limotida  yetakchi  o‘rinda  cheklangan 
harajatlar g‘oyasi yotadi. A.  Marshall cheklangan harajatlar deganda ma’lum 
bir  cheklangan,  so‘nggi,  oxirgi  tovarning  ishlab  chiqarish  harajatlarini 
tushunadi.  Bunda  u  cheklangan  harajatlarini  bozorga  tovar  chiqargan 
tadbirkoming cheklangan harajatlari bilan aralashtirib yuboradi.  Demak, 
unda cheklangan harajatlar cheklangan taklif bilan bir qatorda turadi.
A.  Marshall o ‘zining cheklangan harajatlar ta’limotida klassik siyosiy 
iqtisod  yetakchisi  A.  Smitning  daromadlardagi  uch  omil  nazariyasiga 
suyanadi.  U tadbirkoming  cheklangan daromadida  uch omil borligini- 
ish haqi, foiz va tadbirkorlik daromadini ko'rsatadi.  Shunday mantiqdan 
kelib  chiqib,  u  ishchini  «ratsional  subyekt»  deb  baholaydi,  ishchi  esa 
o'zining  ishlab  chiqarishdagi  ishtirokini  «plyus»  yoki  «minus»  bilan 
baholaydi. Agar minus sifatida mehnat harajatlari hisoblasa, plyus tariqasida 
ishchining salbiy ehtirosini qoplovchi  ish haqi turadi.
A. Marshall xuddi shunday tarzda pul kapitali egasining iqtisodiy holatini 
tavsiflaydi. Masalan, kapital egasi o‘z pulini turli ne’matlaming cheklangan 
nafliligini  nazarda  tutib  shaxsiy  iste’moliga  sarflashi  yoki  o ‘z  shaxsiy 
halovatini qondirishni keyinroq muddatga kechiktirib, foiz olish maqsadida 
kapitalni ishlab chiqarishga sarflashi mumkin.
Shunday vaziyatni tahlil qilib, sohibkoming keyingi qarorini subyektiv 
xohishiga bog'liq ish deb,  ikkinchi holni foydaliroq ish deb bilib, harakat 
qiladi deb tushuntiradi.  Bunda tadbirkor daromadi ikki qismga ajratiladi: 
bir  qismi  sohibkorning  firmani  boshqargani  uchun  qilingan  mehnatini 
qoplaydi,  ikkinchi qismi  noaniq:  raqobat  mavjud bo'lgan bozorga tovar 
ishlab chiqargani uchun tavakkalchiligini qoplaydi.
Kembrij  maktabi  ta’limoti  XX  asrning  ma’lum  davrigacha  siyosiy 
iqtisodda ustuvor mavqeni egallab keldi. Alohida olingan iqtisodiy subyekt- 
ning mikroiqtisodiy tahliliga asoslangan xulosalar bozor iqtisodiyotining 
ziddiyatlarini bartaraf qilolmasligini iqtisod ilmining keyingi davri ko‘rsatib 
berdiki, endilikda makroiqtisodiy tahlil yordamida iqtisodiy taraqqiyotga 
erishish mumkinligini isbotlashga urinishlar bo‘ldi.
127


Avstriya iqtisodiy maktabi asos solgan maijinalizm ta’limoti Amerika 
iqtisodiy  maktabi  tom onidan  davom  ettirildi,  m a’lum  m a’noda 
rivojlantirildi.  Bu  ilmiy maktabning asoschisi  amerikalik professor J.  B. 
Klark boidi.  U o‘zining «Boylikning taqsimlanishi», «Iqtisodiy nazariya- 
ning muhim belgilari» nomli mashhur asarlarida maijinalizm ta’limoticha 
o ‘ziga xos yondashdi.  Biroq uning qarashlarida «cheklanganlik»  g‘oyasi 
makroiqtisodiy tahlil bilan boyitildi.  U  cheklangan kapital unumdorligi 
va cheklangan mehnat unumdorligi ta’limotiga suyanib, ishlab chiqarish 
va taqsimot tahlilini amalga oshirdi.  Shundan kelib chiqib, siyosiy iqtisod 
predmetini «qisqartirib»,  uni faqat taqsimot munosabatini o'rganadigan 
fanga tenglashtirdi.
Klarkning taqsimot nazariyasi jamiyatdagi taqsimotni adolatga asoslan­
gan, ziddiyatlardan holi bo‘lgan munosabat bo‘lishiga qaratilgan muloha- 
zalar bildirdi.  Buning uchun u ishlab chiqarishning har bir omiliga yaratil- 
gan daromadga qo'shilgan hissasiga qarab taqsimlanishi kerak, degan fikmi 
ilgari surdi.
Klark siyosiy iqtisod fanida xo'jalik hayotining statikasi va dinamikasi 
haqidagi g‘oya bilan chiqqanligi ham yangilik bo‘ldi.  U statika deganda 
bozor iqtisodiyotining muvozanatini o‘matishga xizmat qiluvchi sharoit- 
larni inobatga olishni tushundi.  Bunga asos bo‘lib quyidagi omillar xizmat 
qiladi: texnika taraqqiyotining yo‘qligi va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida 
mehnat va kapitalning erkin harakat qilishi, bu sohalarda foydalanilayotgan 
mehnat va  kapital miqdorining  doimiyligi,  iste’mol  mollariga talabning 
o'zgarmasligi va erkin raqobatning hukmronlik qilishi. Taxmin qilinadiki, 
iqtisodiyotda bir emas,  bir  necha  doimiy muvozanat bo‘lib,  ular uchun 
o ‘zgarmas  m ehnat  va  kapital  harakati  xarakterli  bo‘ladi.  Yuqorida 
ko‘rsatilganlardan birortasining yetishmasligi yoki-yo‘q b o ‘lishi iqtisodiyot­
da muvozanatning  buzilishiga sabab bo'ladi,  iqtisodiyot harakatga  kelib 
yangi statik holatga qaytadi.  Dinamika ana shu statik holatning sabablarini 
ko‘rsatadi.
-Iqtisodiyotda  uchta  figura  qatnashadi,  -  deb  ta’lim beradi  Klark,  - 
Bular-  pul  egasi  (kapital),  ishchi  va  tadbirkor.  Bu  yerda  pul  egasi  foiz 
olish  maqsadida  o‘z  kapitalini  ishlab  chiqarish  vositalariga  aylantiradi, 
ishchi  ish  haqi  olish  ilinjida  o‘z  kuchini  sarflaydi,  tadbirkor  esa  bozor 
muvozanati sharoitida ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatida harakat qiladi 
va xuddi ishchi kabi ish haqigagina ega bo'ladi.  Ishlab chiqarish statik holat

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish