104
rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy,
ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar makroiqtisodiy, tarmoq, idoraviy,
hududiy xususiyatga ega bo’lib, ular umuman mamlakat bo’yicha, xalq
xo’jaligi majmualari va iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, mintaqalar
bo’yicha ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot davlat sektorining rivojlanishini
prognoz qilish alohida ajratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari uzoq muddatli, o’rta
muddatli va qisqa muddatli istiqbollar uchun bir necha variantlarda ishlab
chiqiladi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi
5-10 va undan ortiq yillar uchun ishlab chiqiladi. U birinchi navbatda
qurilish ko’lamlaridagi, muddatlardagi, xarajatlarni qoplashdagi xatolar
jamiyat uchun qimmatga tushadigan holatlarda yirik qimmatbaho
loyihalarni amalga oshirishda zarur. Uzoq muddatli prognozning asosida
fan, texnikaning rivojlanish tendenstiyalari, fan-texnika taraqqiyotida
kutilayotgan yuksalishlar yotadi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
prognozlarining
ma’lumotlaridan
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
konsepsiyasini, o’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi
3 yildan 5 yilgacha bo’lgan davrga ishlab chiqiladi va unga har yili
tuzatishlar kiritiladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish konsepsiyasi ushbu prognozni ishlab chiqish uchun
boshlang’ich asos bo’ladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi e’lon qilinishi lozim.
Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
prognozi har yili ishlab chiqiladi. Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi quyidagi bo’limlarni o’z
ichiga oladi
:
• O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari;
• Ijtimoiy rivojlanish;
• Fanning rivoji;
• Byudjetdan tashqari va maqsadli byudjet fondlarining
mablag’larini
shakllantirish va sarflash;
• Xususiylashtirish;
• To’lov balansi;
105
• Fond bozorining rivojlanishi;
• Birlashtirilgan byudjet;
• Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi.
Shuningdek, yilning choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
prognozlari ham ishlab chiqiladi.
Davlat prognozlaridan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat
organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar
qo’llanilishida foydalaniladi. Prognoz mavjud bo’lgan taqdirda qarorlar
nafaqat joriy voqealar uchun munosabat bildirish sifatida, balki uning
oqibatlari to’g’risida aniq tasavvurni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Har qanday qaror uning muhmligi va prognozlarning aniqligiga qarab
qabul qilinadi.
Prognozlar xulosalari belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda
rivojlanishning obyektiv tarzda mumkin bo’lgan variantlari sifatida
dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham
zarur. Prognoz korxonalarga noxush natijalarni, masalan, bankrotlikni
oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: