B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy  qoidalari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy  qoidalari 
 
Rejalashtirish 
mantig’i 
qator 
qonuniyatlarga 
(tamoyillarga) 
asoslanadi. 
Rejalashtirish  tamoyili  –  rivojlanish  qonunlarining  umumiy 
harakatini  ifodalovchi  hamda  dasturlar,  loyihalar  va  rejalarning 
vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish imkoniyatlarini belgilab beruvchi 
obyektiv kategoriya. 
Birinchi  tamoyil  –  uzluksizlik  –  rejalarning  izchilligida,  ichki  va 
tashqi  sharoitlar  o’zgarishi  munosabati  bilan  rejalarga  tuzatishlar 
kiritishda ifodalanadi. 


 
101 
Ikkinchi tamoyil – yagonalik – rejalashtirishning tizimli xususiyatini 
nazarda  tutadi  va  muvofiqlashtirish  (boshqaruvning  bir  darajasining 
Funksional  o’zaro  hamkorligi)  va  integrastiya  (rejalarni  boshqaruv 
pog’onalari bo’yicha muvofiqlashtirish) orqali amalga oshiriladi. 
Uchinchi  tamoyil  –  rejalashtirishning  egiluvchanligi  –  ichki  va 
tashqi sharoitlarga qarab rejalar yo’nalishini o’zgartirish. 
To’rtinchi tamoyil – iqtisodiy siyosatning yagonaligi. Reja hujjatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy,  tashkiliy-texnik  va  siyosiy  qarorlar  sifatida  ko’rib 
chiqiladi. 
Beshinchi  tamoyil  –  markazlashuv  va  hududiy  manfaatlar 
yagonaligi  –  bunda  davlat  boshqaruvi  organlari  qarorlarining  loyihalari 
qonunchilik  doirasida  xo’jalik  faoliyatini  mustaqil  ravishda  amalga 
oshirishga qodir bo’lgan iqtisodiyot subyektlarining manfaatlarini hisobga 
oladi. 
Oltinchi  tamoyil  –  strategik  dasturlar  va  rejalarning  ilmiy 
asoslanganligi va samaradorligi quyidagilarni anglatadi: 
-  iqtisodiyotni,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  qayta  qurish,  uning 
ijtimoiy  yo’naltirilishini,  mehnat  samaradorligining  yuqori  darajasini 
ta’minlash 
maqsadida 
rejalashtirishda 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
yutuqlaridan amalda foydalanish; 
- jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlariga tezda moslashish; 
-  strategik  rejalarni  tuzish  va  hisoblab  chiqish  uchun  reja 
axborotining ishonchlilik darajasini oshirish; 
- rejalarni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish. 
Bundan  tashqari,  indikativ  rejalashtirish  quyidagi  uchta  o’ziga  xos 
yoki lokal tamoyilga tayanadi: 
1)  etakchi  bo’g’inlarni  ajratish  asosida  optimal  mutanosiblikni 
ta’minlash tamoyili; 
2)  prognozlar,  dasturlar  va  rejalarning  yagonaligi  va  majmuiyligi 
tamoyili; 
3)  dasturlar  va  rejalarni  ishlab  chiqish,  ularning  bajarilish 
imkoniyatini ta’minlash va bajarilishini tekshirish jarayonining yagonaligi 
tamoyili. 
Strategik  rejalashtirish  tamoyillari  ushbu  guruhining  tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1.  Etakchi  bo’g’inlarni  ajratish  asosida  optimal  mutanosiblikni 
ta’minlash  tamoyilining  mohiyati  optimallik  mezonlari:  a)  strategik 
rejalashtirish  muammolarini  hal  etish  uchun  zarur  bo’lgan  vaqt;  b)  reja 
qarorlarini  amalga  oshirish  uchun  talab  etiladigan  kapital  qo’yilmalar 


 
102 
hajmi,  yoki  moddiy  resurslar  hajmi;  v)  reja  vazifasini  hal  etish  uchun 
zarur  bo’lgan  xodimlar  sonidan  kelib  chiqqan  holda  boshqaruvning 
tegishli subyektlari tomonidan boshqarilayotgan kichik tizimning tarkibiy 
unsurlari o’rtasida ulushlar va muvofiqliklarni shakllantirishdan iborat. 
Etakchi  bo’g’inlarni  ajratish  –  strategik  rejalashtirishning  ijtimoiy-
iqtisodiy  tizimlarda  va  uning  obyektlaridagi  muvazanat  uchun  zarur 
bo’lgan  sharoitlarni  yaratish  imkonini  beruvchi  muhim  yo’nalishi. 
Etakchi  bo’g’inlarni  ajratishda  shundan  kelib  chiqiladiki,  jamiyatning 
ehtiyojlari  hamma  vaqt  real  ehtiyojlar  va  ideal  ehtiyojlar  majmuini  o’z 
ichiga  oladi.  Ehtiyojlar  o’z  ahamiyatiga  ko’ra  indikativ  rejalashtirish 
subyektlari  va  obyektlari  uchun  bir  xil  emas.  Shuning  uchun  saflash 
asosida bir turdagi ehtiyojlarni boshqalaridan ko’ra afzal ko’rish zarurati 
tug’iladi. 
2.  Prognozlar,  dasturlar  va  rejalarning  yagonaligi  va  kompleksligi 
tamoyili.  Firma,  mintaqa,  mamlakat  doirasida  takror  ishlab  chiqarish 
jarayonining  yagonaligi,  yagona  iqtisodiy  makon,  tegshli  infratuzilmaga 
ega bo’lgan yagona bozorning mavjud bo’lishi ushbu tamoyilning asosini 
tashkil qiladi. 
Turli  reja  hujjatlarining  yagonaligi  rasmana  bo’lishi  va  yagona 
shakllar,  ko’rsatkichlar,  jadvallar  va  ko’rsatkichlarni  hisoblab  chiqish 
usullari bilan ta’minlanishi mumkin. U moddiy bo’lishi va topshiriqlarni 
bajarish uchun zarur bo’lgan muayyan resurslarga tayanishi mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish