88
5-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISHNING TASHKILIY
ASOSLARI
5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish.
5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning funksiyalari
va majburiyatlari .
5.3. Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ
rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari.
5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish
Indikativ rejalashtirishni tashkil etishda uning tarkibiy unsurlari
sifatida quyidagilar ishtirok etadi:
• rejani ishlab chiqish tartibi
va izchilligi;
• axborot tizimi;
• ijrochilar.
Rejalashtirishni a) davlat (mamlakat, mintaqa, tarmoq) darajasida;
6) firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud.
O’zbekiston rejalashtirish davlat tizimining vujudga kelishi va
rivojlanishi ko’p jihatdan rejalashtirishni korxonalar darajasida tashkil
etish amaliyoti bilan belgilanadi.
Korxona miqyosida rejalashtirish xo’jalik yuritish obyektini
boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxona iqtisodiyotning
boshlang’ich bo’g’ini sifatida o’z rejalarini ishlab chiqishda to’liq
mustaqildir. Biz yuqorida aytib o’tgan rejalashtirishni tashkil etish unsuri
– rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi – bir necha bosqichlarda amalga
oshiriladi:
1) faoliyat maqsadini
asoslash;
2) axborotni yig’ish;
3) iqtisodiy tahlilni o’tkazish;
4) prognozlarni tuzish;
5) rejalarni tuzish;
6) rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish:
7) ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi;
8) reja monitoringi.
Rejani ishlab chiqishning yuqorida keltirilgan izchilligi taxminiy
90
asoslanadi.
Rejaning mosligi va barqarorligi talablarini qarama-qarshi qo’yish
rejalashtirish nazariyasidagi murakkab dilemma hisoblanadi. Bir
tomondan, rejani ishlab chiqish uni firma faoliyatining o’zgaruvchan
sharoitlarga uzluksiz moslashtirib turishga yo’naltirilishi lozim, lekin,
ikkinchi tomondan, reja haqiqatdan ham ishdagi mo’ljal sifatida xizmat
qilish uchun hech bo’lmaganda ma’lum muddatga barqaror bo’lishi
kerak. Bunday holatni real joriy etish quyidagi yo’llar bilan murosa
yo’lini topishdan iborat:
1)
Rejaga
tuzatishlar
kiritish
(unga
kiritiladigan
tezkor
o’zgartirishlarning to’planishiga qarab doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti
bilan). Lekin dastlabki reja ham, tuzatishlar kiritilgan reja ham
faoliyatning yakuniy maqsadlariga erishish darajasini baholash imkonini
beruvchi o’zgarmas
parametrlarga, mezonlarga ega bo’lishi kerak;
2) Faoliyatning yakuniy maqsadlariga yoki oraliq natijalarga
erishganlik uchun xodimlar mehnatini rag’batlantirish tizimini yaratish.
Shu munosabat bilan sobiq ittifoq davridagi ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotida qo’llanilgan reja ko’rsatkichlarini o’zgartirish amaliyotini
ta’kidlash mumkin. Xodimlar rejalarni bajarish yuzasidan o’z vazifalarini
anglab etishi va zarur harakatlarni amalga oshirishni o’ylab ko’rishi
uchun rejalarni ijrochilar hukmiga reja davri boshlangunga qadar kamida
10 kun oldin havola etish zarur deb hisoblanardi. Rejaga o’zgartirishlarni
reja davri tugashiga kamida 20 kun qolganida va bunga etarlicha asoslar
mavjud bo’lan taqdirda kiritish mumkin edi. Rejalarning tez-tez
o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmas edi, chunki bu xodimlarni o’z ishining
haqiqiy
vazifalarini
bajarishdan
chalg’itishi
mumkin
edi.
Rejalashtirishning hozirgi amaliyoti ham rejalarni ijrochilarga etkazish va
ularga o’zgartirishlar kiritishning o’z qoidalarini ishlab chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: