B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

5.3. Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda 
axborot texnologiyalarining ustunliklari 
 
Hozirgi  zamonda  kompyuter  ko’plab  kasblar  xodimlari  mehnat 
vositalarining  ajralmas  qismiga  aylandi.  U  prognozlashtirish  va 
rejalashtirish  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  iqtisod  xodimlari 
tomonidan  ham  faol  qo’llaniladi.  Informatikaning  axborotni  olish  va 
qayta  ishlash  usullari  va  vositalari  bo’yicha  amaliy  darajasini  aks 
ettiruvchi,  bilimlarning  muayyan  sohalarida  nazariyani  amaliyotda 
qo’llash  sohasini  qamrab  oluvchi  axborot  texnologiyalari  iqtisodiy 
oldindan ko’ra bilishning ko’plab masalalarini oqilona hal etish imkonini 
beradi.  Axborot  texnologiyalari  –  bu  boshqaruv  obyektining  optimal 
bozor  parametrlariga  erishish  uchun  boshlang’ich  ma’lumotlarni  apparat 
va  dasturiy  vositalar  yordamida  qaror  qabul  qilish  mexanizmining 


 
95 
ishonchli  va  tezkor  axborotiga  aylantirish  usullari  majmuidir.  Ular 
kompyuterlar,  lokal  va  global  tarmoqlar,  multimediya  texnologiyalari  va 
hokazolarni o’z ichiga oladi. 
Iqtisodiy 
hisob-kitoblarda 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning  afzalliklari  nimalardan  iborat?  Axborot  texnologiyalari 
jahon evolyustiyasining o’ziga xos katalizatori sifatida ishtirok etadi. Fan-
texnika  taraqqiyotining  rivojlanish  va  uning  natijalaridan  xo’jalik 
amaliyotida  foydalanish  jarayonini  aks  ettirgan  holda  axborot 
texnologiyalari  jamiyatda  iqtisodiy  o’sishning  muhim  vositasiga  aylanib 
bormoqda.  Axborot  texnologiyalarini  iqtisodiy  asoslashlarda  qo’llash 
hisob-kitoblarni  tezlashtirish  va  ularning  aniqligini  oshirishning  garovi 
bo’lmoqda. 
Davlat,  mintaqa  yoki  firma  darajasini  prognozlashtirish  va 
rejalashtirish  masalalari  ko’plab  o’zaro  ta’sir  etuvchi  va  o’zaro  bog’liq 
omillarni  aks  ettiruvchi  murakkab  jarayonni  o’zida  namoyon  etadi. 
Axborot  texnologiyalari  bilimlarning  sifat  jihatdan  yangi  darajasini  aks 
ettirib,  buxgalteriya  ma’lumotlari  hisobini  yuritishning  zamonaviy 
vositalarini, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini namoyon etgan 
holda  samarali  boshqaruv  imkoniyati  yanada  kengaytiradi,  ya’ni  ular 
tadbirkorlikning 
muayyan 
sharoitida 
harakatlarning 
maqsadga 
muvofiqligi va asosliligi to’g’risida qaror qabul qilishga yordam beradi. 
O’z  faoliyatining  kelgusi  natijalarini  rejalashtirish  bilan 
shug’ullanuvchi  tadbirkorning  barcha  qarorlari  xo’jalik  yuritishning 
samaradorligiga erishishga intilish bilan shartlangan. Ushbu samaradorlik, 
odatda,  daromadlar  va  xarajatlar  nisbatida  o’z  ifodasini  topadi,  bunda 
daromadlar  xarajatlardan  ustunlik  qiladi.  Daromadlar  va  xarajatlarning 
ijobiy  saldosi  firmaning  har  bir  bitimida  (operastiyada)  tegishli 
mezonning  ishtirok  etishini  belgilab  beradi.  Har  bir  operastiyadan  (yoki 
ularning  aksariyatidan)  foyda  olish  butun  tashkilot  xo’jalik  yuritishi 
samaradorligining  asosini  yaratadi.  Mamlakatdagi  ko’plab  firmalar 
ishlashining  samaradorligi  esa  yakuniy  iste’molchining  manfaatlarini 
hisobga  olgan  holda  davlatning  butun  iqtisodiyoti  samradorligi  uchun 
zamin  yaratadi.  Lekin,  butun  ushbu  zanjirning  asosida  iqtisodiy  shaxs 
xo’jalik  yuritishining  samaradorligi  yotadi.  Firmadagi  har  bir  operastiya 
(bitim)  va  ularning  butun  yig’indisi  o’zining  umumiy  samaradorligining 
bir  qismi  ko’rinishida  axborot  texnologiyalarini  qo’llash  samaradorligini 
o’z ichiga oladi. 
Axborot  texnologiyalaridan  foydalanishnig  muayyan  samaradorligi 
ularni  qo’llashdan  olinadigan  umumiy  daromadlarni  kompyuter 


 
96 
tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish bo’yicha tegishli 
uzoq muddatli investistiyalar bilan taqqoslash orqali belgilanishi mumkin. 
Axborot  texnologiyalarini  qo’llashning  yillik  samaradorligini  ham 
aniqlash  mumkin.  Buning  uchun  kompyuter  tizimining  amalda  yuzaga 
kelgan  iqtisodiy  samaradorligini  0,32  ga  teng  bo’lgan  normativ 
koeffistient  bilan  taqqoslash  tavsiya  etiladi.  To’g’ri  foydalanilganda 
axborot 
texnologiyalarini 
qo’llash 
odatda  sarmoyaning  yuqori 
rentabelligiga 
olib 
keladi 
(ba’zan 
81%ga 
etadi). 
Axborot 
texnologiyalaridan  foydalanish  odatda  xodimlar  sonini  kamaytiradi, 
mehnatga  haq  to’lash  xarajatlari  va  tegishlicha  vaqt  birligiga  tushum 
hajmining  oshishiga  ko’maklashgan  holda  barcha  xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi. 
Kompyuter  tizimining  samaradorligini  baholash  bir  necha  tarkibiy 
qismlarga, xususan markaziy prostessorga bog’liq. Uning samaradorligiga 
tezkor  xotira  hajmi,  jihozni  modernizastiyalashni  hisobga  olgan  holda 
mulk qiymati, dasturiy ta’minotni tarqatishning avtomatlashtirilganligi va 
boshqalar ta’sir ko’rsatadi. 
Axborot 
tizimiga 
nisbatan 
qo’yiladigan 
umumiy  talablar 
investistiyalarning  barqarorligi  va  ishonchliligini,  himoyalanganligi  va 
saqlanishini o’z ichiga oladi. 
Kompyuter tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish 
xarajatlari quyidagilar qiymati bilan aniqlanadi: 
1.  Apparat-dasturiy  vositalar  (uzoq  muddatli  investistiyalar,  yangi 
tizimlarni listenziyalash, modernizastiyalash va navbatdagi yangilashlar); 
2.  Ma’muriylashtirish  (tarmoq  va  tizimni  ma’muriylashtirish, 
jamg’aruvchilar ma’muriylashtirish, mehnat, subpudrat haqi); 
3.  Qo’llab-quvvatlash  (texnik  qo’llab-quvvatlash,  o’qitish,  moddiy-
texnika  ta’minoti  xizmatlari,  xizmat  safari  xarajatlari,  xizmat  ko’rsatish 
va qo’llab-quvvatlash shartnomasi, qo’shimcha xarajatlar); 
4. Ishlanmalar (ilovalarni yaratish, testlash va hujjatlarn tayyorlash);  
5.  Kommunikastiya  vositalari  (liniyani  ajratish  va  serverlardan 
foydalanish).  
Egalik  qilish  umumiy  qiymatini  pasaytirish  boshqaruvning  turli 
vazifalari,  shu  jumladan  prognozlashtirish  va  rejalashtirish  uchun 
qo’llanilishi  mumkin  bo’lgan  axborot  tizimini  tanlashga  bog’liq.  Biroq 
ushbu  vazifalar,  odatda,  buxgalteriya  hisobi  dasturlari  mavjud  bo’lgan 
taqdirda hal etiladi. 
Shunday  qilib,  iqtisodiy  hisob-kitoblarda  axborot  texnologiyalarini 
qo’llash  oqilona  yondashuv  chog’ida  firmaga  jalb  etiladigan  axborot 


 
97 
oqimlari  maydonini  keraytirish,  axborot  oqimlarini  tezlashtirish, 
zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish