B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy-



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

1.3. Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatlarni tartibga solishdagi roli 
 
Tadbirkorlar  ichida  sodir  bo’layotgan  voqealarni  sust  kuzatuvchi 
insonni  uchratish  qiyin.  Istalgan  mulkdor  o’zining  shaxsiy  manfaatlarini 
boshqa insonlar ehtiyojlaridan foydalangan holda amalga oshirishga intiladi. 
Bu  esa  faoliyat  maqsadlari  va  ularga  erishish  bo’yicha  sa’y-harakatlarni 
anglab  etishni  talab  qiladi.  Shuning  uchun  xo’jalik  yurituvchi  subyekt 
darajasida  prognozlashtirish  jarayoni  monand  ravishda  unda  hayotning 
obyektiv  shart-sharoitlarini  tushunishga  tadbirkorlik  manfaatlarini  aks 
ettiruvchi  subyektiv  omillar  qo’shimcha  qilinadigan  rejalashtirish 
jarayoniga aylanadi. Biznesda subyektiv omillarga rejalar orqali erishiladi. 
Reja  –  bu  xo’jalik  yuritish  muhitining  kon’yunkturali  prognozi 
asosida  barpo  etilgan  bo’lib,  ijrochilar,  vaqt  va  resurslar  bilan 
ta’minlangan  tadbirkorlik  subyekti  tomonidan  oldinga  qo’yilgan 
maqsadlarga erishish ishchi vositasidir. 
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi  quyidagi asosiy so’zlarni o’zida 
mujassam etgan: 
"Vosita"  –  bu  reja  maqsadning  o’zi  emas,  balki  maqsadga  erishish 
vositasi  ekanligini  anglatadi.  Maqsadga  erishish  vositalarining  majmui 
iqtisodiy, ruhiy, tijorat, tashkiliy, kadrlar, texnologik va boshqa haraktlarni 
o’z  ichiga  oladi.  Maqsadga  erishish  vositalari  o’zgarishi  mumkin  va 
“ishchi  vositasi”  tushunchasining  mazmuni  ana  shundan  iborat.  Bunday 
yondashuv  rejani  moslashtirishning  uning  barqarorligidan  usunligini 
anglatadi; 
"Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish" – xo’jalik yuritish obyekti 
xodimlarining  shaxsiy  va  jamoaviy  manfaatlarining  qoniqishini  belgilab 
beradi.  Maqsad  –  istalgan  natija  va  rejadagi  intilishlar  markazi  sifatida 
belgilangan muddatga aniq amalga oshirilishi lozim; 
«Kon’yunktura  prognozi  asosida»  –  bu  shuni  anglatadiki,  reja 
ijrochilarining  subyektiv  harakatlari  asosida  ularning  xo’jalik  muhiti 
mavjud  bo’lishining  obyektiv  qonuniyatlarini  tushunishi  va  undan 
foydalanishi:  bozor  mexanizmini  bilish  va  rejalashtirishning  dastlabki 
qismi sifatida prognozni ishlab chiqish yotadi; 
"Ijrochilar,  vaqt  va  resurslar  bilan  ta’minlangan"  –  shuni 
anglatadiki,  harakatlar  rejasi  resurslar  bilan  ta’minlanishi  shart,  ya’ni  ijro 
etish  muddatlari  bo’yicha  moddiy,  mehnat,  moliyaviy  va  intellektual 
resurslar  bilan  ta’minlangan  bo’lishi  kerak.  Bunday  ta’minotsiz  reja 
hayolga aylanadi. 


 
21 
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi asosida rejalashtirishning asosiy 
maqsadi  va  asosiy  vazifasini  ta’riflash  mumkin.  Rejaning  asosiy 
maqsadini amalga oshirilgan voqea tashkil etadi. Rejalashtirishning asosiy 
vazifasi  ijrochilar,  vaqt  va  resurslar  bo’yicha  muvazanatlashgan  mavjud 
resurs cheklovlari sharoitida harakatlarni tanlashdan iborat. 
Rejaning asosiy xususiyatlari: 
• kelajakka faol ta’sir ko’rsatish; 
• kelajak haqida subyektiv tasavvurni aks ettirish; 
• boshqaruv faoliyatining bir turi hisoblanadi; 
• istalgan maqsadga erishish uchun foydalanilishi mumkin; 
• kelgusi rivojlanishning son modelini o’zida namoyon qiladi; 
• kelajakni amalga oshirish uchun javobgarlikni nazarda tutadi; 
• xo’jalik yuritishning tashqi muhiti shart-sharoitlari, shu jumladan 
bozor kon’yunkturasining hisobga olinishini aks ettiradi; 
• xo’jalik yuritishning ichki muhiti imkoniyatlarini, shu jumladan 
mavjud resurslarni hisobga oladi; 
• real, ya’ni bajariladigan bo’lishi kerak; 
• faoliyat ko’rsatishning eng qulay sharoitlariga erishish uchun xatti-
harakat tartibini belgilaydi; 
• kelajakdagi harakatlarning motivastiyalangan sxemasi hisoblanadi; 
• xodimni qiziqtirish va uning ishini baholashning bosh omili 
hisoblanadi; 
• fors-major holatlar uchun zahiralarga ega bo’lishi kerak; 
• ijrochilar uchun javobgarlik choralarini nazarda tutishi lozim; 
• firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari manfaatlarini aks ettirishi 
kerak; 
• yozma ravishda hujjatli rasmiylashtiriladi; 
• firmaning ichki hujjati hisoblanadi; 
• sheriklar va sarmoyadorlar bilan alohalarni o’rnatish uchun 
foydalaniishi mumkin, buning uchun odatda rejaning qisqartirilgan 
variantidan foydalaniladi; 
• firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi; 
• vaqtga ko’ra ancha barqaror bo’lishi kerak; 
• ishning yangi sharoitlariga moslashish imkoniyatiga ega bo’lishi 
lozim. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish