1.2. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish—
indikativ rejalashtirishning obyekti sifatida
Iqtisodiy mustaqillikning mustahkamlanishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni tartibga solish zarurati yanada qat’iylashdi. Yangi sharoitda
davlatning
tartibga
soluvchi
roli
iqtisodiyotni
rivojlantirishning
18
qonunchilik va huquqiy asoslarini yaratish, faol sanoat, tashqi iqtisodiy,
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish hamda hayotni ta’minlovchi muhim
tizimlar – infratuzilma, fan-texnika sohasi, fuqarolar xavfsizligini
to’g’ridan-to’g’ri davlat yo’li bilan boshqarishdan iborat. Rivojlangan
mamlakatlarda indikativ rejalashtirish iqtisodiyotni tartibga solishning eng
keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlarining
ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va hududni rivojlantirishdagi boshqa
muammolarni hal etish yuzasidan o’zaro munosabatlari iqtisodiy
rivojlanishni tartibga solish jarayonining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlari o’rtasida
o’zaro munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan va iqtisodiy o’sishni
ta’minlashga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq muammolar majmui ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish predmeti hisoblanadi.
Davlat jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solish choralarini ko’radi. Davlat miqyosida raqobat, talab va taklifni
shakllantirish bilan bog’liq va ayrim boshqa hodisalarning istiqbollari
prognoz qilinadi. Bu ularning haqiqiy mazmunini buzib ko’rsatish ehtimoli
tufayli iqtisodiyotga davlatning to’g’ridan to’g’ri aralashuvi ko’ngilsiz
bo’lgan holat. Biroq mamlakatda hamma vaqt davlat ularni stixiyali bozor
ta’siriga tashlab qo’ya olmaydigan qator faoliyat sohalari mavjud bo’ladi.
Bunday sohalar jumlasiga milliy mudofaa, huquq-tartibot, ilmiy
tadqiqotlar, ta’lim, shuningdek ayrim energetika tarmoqlarining faoliyati
kiradi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga soluvchi
hujjatlar ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi: iqtisodiyot va u bilan
bog’liq sohalar rivojining prognozlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
konsepsiyasi, mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar va yirik ko’p tarmoqli
majmualarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari. Bundan tashqari,
iqtisodiy rivojlanish ustidan oqilona rahbarlik qilish uchun indikativ rejani
ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqiladigan prognoz hujjatlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning alohida sohalari o’zgarishini aks
ettiruvchi alohida prognozlar, xususan:
- mamlakatdagi demografik vaziyat;
- tabiat muhitining holati, shu jumladan tabiiy qazilmalarning
aniqlangan zahiralari, er, suv va o’rmon resurslari;
- fan-texnika yutuqlarining holati va ularni ishlab chiqarishga joriy
etish;
19
- aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabining hajmi va
dinamikasi;
- asosiy ishlab chiqarish omillari: sarmoya, mehnat, investistiyalarni
prognoz qilish;
- xalq xo’jaligi alohida tarmoqlari, hududlar va faoliyatning boshqa
ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarining rivojlanishini prognoz qilish.
Hech bir xo’jalik, strategik qaror ehtimoliy oqibatlarning oldindan ko’ra
bilmasdan, strategik ustuvor yo’nalishlarni, va ularni amalga oshirishning
aniq maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini tanlamasdan turib qabul
qilinishi va bajarilishi mumkin emas. Buning uchun mamlakat va uni tashkil
etuvchi mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish,
strategik va indikativ rejalashtirish, dasturlash kabi sinab ko’rilgan
vositalardan foydalaniladi. Bu bilan davlat nafaqat iqtisodiy hayotni
umumiy tartibga solish Funksiyasini, balki mamlakatni rivojlantirish
istiqbollari va uning jahon xo’jaligidagi o’rnini hisobga olgan holda tarkibiy
siljishlar va innovastion rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab
beruvchi o’zining strategik-innovastion Funksiyasini ham bajaradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’p qirrali, ko’p omilli va ziddiyatli
bo’lib, shuning uchun prognozlar va rejalar odatda ehtimoliy o’zgarishlarni
baholash uchun ko’p variantlidir. Bu iqtisodiy tizimning rivojlanishidagi
o’tish, tanglik bosqichlari sharoitida juda muhim, chunki bunda u beqaror bo’lib
qoladi.
Prognozlar davlat organlari uchun, birinchi galda, uzoq muddatli va
o’rta muddatli davrlarga mo’ljallangan rivojlanishning ustuvor yo’nalishlar
va strategiyalarini asoslash uchun, ya’ni indikativ rejalashtirish uchun zarur.
Markazlashgan-rejali
tizimdan
bozor
iqtisodiyotiga
o’tish
rejalashtirishning roli va ahamiyatini tubdan oshirdi. Ilgari asosiy qarorlar
ittifoq markazida qabul qilinib, ular fan-texnika taraqqiyotining yig’ma dasturi
va ularning 20 yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, 15 yilga
mo’ljallangan mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va
rivojlantirish bosh sxemasi kabi uzoq muddatli prognozlarga asoslanar edi.
Endilikda korxonalar, tashkilotlar, banklar, xoldinglar xo’jalik qarorlarini
qabul qiladi va ular oqibatlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.
Sifatli prognozlar uchun talab keskin oshdi. Ular endilikda bozorning barcha
agentlariga talab etiladi. Biroq har bir tadbirkor milliy va jahon xo’jaligidagi
o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilishga qodir emas. Davlat organlari va ilmiy
tashkilotlarning roli hamda prognozlarning asosliligi va ishonchliligi
uchun javobgarligi oshdi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |