B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


partiyalar  vakillarini  jalb  etish.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  bunday



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish


partiyalar  vakillarini  jalb  etish.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  bunday 
yondashuv  barcha  “o’yin  qatnashuvchilarining”  qiziqishlari  va  holatini  
hisobga olishga imkon beradi.  
Shuning  bilan  birga,  juda  ahamiyatli  bo’lgan  narsa,  rejani,  uning 
kuchli va zaif tomonlarini uzoq muhokama qilish mobaynida, bu jarayon 
qatnashchilari  yangi  sharoitlar  doirasida  ishlash  shartlari  belgilanadi. 
Shuning  natijasida  bu  ularga  yangi  sharoitlarga  tez  moslashishga, 
shuningdek bashorat davrida davlatning yangi strategiyasini  hisobga olib 
unga  mos  xo’jalik  xarakati  uchun  zaruriy  institustional,  moliyaviy  va 
boshqa choralarni amalga oshirish imkonini beradi. 
2. Habardor qilish. Axborot berilishi kutilayotgan strategiyalar, fiskal 
va pul-kredit siyosati haqida jamiyatning barcha qatlamlarini keng tarzda 
o’z  vaqtida  xabardor  qilish,  nafaqat  indikativ  rejalashtirish  jarayoni 
ishtrokchilariga, 
balki 
ko’pchilik 
faoliyat 
yurituvchi 
xo’jalik 
subyektlariga  va  aholiga,  majbur  bo’lmagan  xatolardan  qochish,  o’z 
biznes-strategiyasini  oqilona  yaratish,  yangiliklardan  yoki  konyuktra 
o’zgarishidan keyingi bo’lishi mumkin bo’lgan noxush oqibatlarni oldini 
olish imkonini yaratadi. 
3.  Me’yorlashtirish.  O’rta  muddatli  indikativ  rejalar  direktiv 
(to’g’ridan  to’g’ri)  topshiriqlar  o’rniga,  makroiqtisodiy  siyosatning 
belgilangan  sharoitlarini:  aniqlovchi  soliq  yuklari,  Markaziy  Bankning 
qayta  moliyalashtirish  stavkasi,  banklarning  majburiy  zaxira  me’yorlari, 
ayirboshlash  kursi,  bojxona  to’lovlari,  cheklovlar,  byudjet  tizimi 
darajalari  bo’yicha  daromadlarning  taqsimlanish  me’yorlari,  byudjet 
tashkilotlarida  ish  haqi  jamg’armasi  limitlari,  ijtimoiy  me’yorlar  
aniqlovchi  belgilangan  me’yoriy  hujjatlar  tizimiga  ega  bo’lishi  kerak. 
Me’yoriy  hujjatlarni  joriy  qilish  mumkin  bo’lmagan  hollarda,  mos  


 
171 
ko’rsatkichlar  (valyuta  koridori,  qayta  moliyalashtirish  foiz  stavkasining 
tebranish koridori) tebranish uzunligini cheklash usuli qo’llaniladi. 
4.  Moliyalashtirish.  Maqsadli  dasturlarni  davlat  byudjeti,  jalb 
qilinadigan  kreditlar,  shu  jumladan,  davlat  kafolati  orqali  mablag’lar 
hisobidan  moliyalashtirish  indikativ  rejalarni  amalga  oshirishning 
to’g’ridan-to’g’ri vositasi hisoblanadi. Odatda, bu vosita  byudjet siyosati, 
davlat  maqsadli  dasturlari,  investistion  dasturlar,  shuningdek  indikativ 
rejalar  maqsadlariga  erishish  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  strategik  sohalar 
va  loyihalarga  imtiyozlar  va  har  xil    subsidiyalar  mexanizmlari  orqali 
amalga oshiriladi. 
5.  Davlat  maqsadli  dasturlari.  Indikativ  rejalarning  ustuvor 
yo’nalishlari  bo’yicha  qo’yilgan  vazifalarni  moliyaviy  manbalar  bilan 
bog’lovchi,  muddatlar  va  ma’sul  ijrochilarni  aniqlovchi  mukammal 
maqsadli  dasturlarni  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiq.  Bu  mexanizm 
indikativ  moliyalashtirishdan  foydalanuvchi  barcha  mamlakatlarda 
foydalaniladi. 
6.  Davlat  xaridlari.  Xaridlar  ko’pincha  maqsadli  dasturlar  doirasida 
amalga  oshiriladi,  ularni  bajarish  uchun  davlat  va  xususiy  korporaiyalar 
o’rtasida  byurtmalarni  joylashtiruvchi  va  ularning  faoliyatini  nazorat 
qiluvchi maxsus davlat kompaniyalari tashkil etiladi.  
7.  Davlat  sektorini  rejalashtirish.  Bu  mexanizm  Franstiyada  keng 
qo’llaniladi  va  to’liq  davlat  ixtiyoridagi  korxonalarni  boshqarish vositasi 
bo’lib  xizmat  qiladi.  Odatda  bu  –  xususiy  sektor  korxonalaridan  farq 
qiladigan,  davlatning  qat’iy  nazorati  ostida  bo’lishi  kerak  bo’lgan  tabiiy 
monopoliya tarmoqlaridagi katta korxonalar hisoblanadi. 
8.  Investistion  dastur.  Bu  mexanizm  Yaponiyada  shuningdek 
Osiyoning  rivojlanayotgan  mamlakatlarida  nisbatan  keng  qo’llaniladi. 
Yaponiya  tajribasi  ko’rsatishicha  1953  yildan  buyon  davlat  byudjetiga 
nisbatan  investistiyalar  va  zayomlarning  muvaqqat  dasturi  ishlab 
chiqiladi, 
mamlakatning  “ikkinchi  byudjeti”  ishlab  chiqarishga 
investistiya  kiritishning  va  iqtisodiy  rivojlanishning  kuchli  vositasi 
hisoblanadi.  Undan  ajratiladigan  kreditlarning  real  ahamiyati  nafaqat 
ularning  o’zlariga,  balki  ular  xususiy  korporastiyalar  iqtisodiyotini 
rivojlantirishni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlashning  yo’nalishlari 
sifatida namoyon bo’lishidadir. 
9.  Baho  siyosati.  Bozorlardan  baho  siyosati,  inflyastiyani  ushlab 
turish  maqsadidagi  tabiiy  monopoliya  tariflarini  qattiq  tartibga  solish, 
innovastion  va  texnologik  rekonstrukstiya  davrida  mahalliy  ishlab 
chiqarishning  raqobatbardoshligini  oshirish.  Ishlab  chiqaruvchilar 


 
172 
tomonidan,  bu  misol  uchun  rejalashtirilayotgan  davr  uchun  ishlab 
chiqariladigan mahsulotning narx o’zgarishi chegaralarini kafolatlashning 
iste’molchilari  tomonidan  –  mazkur  mahsulotni  o’z  vaqtida  sotib  olish 
majburiyatlarini kafolatlash. 
10. Byudjet siyosati. Amalga oshirilayotgan byudjet siyosati indikativ 
rejalarda    namoyon  bo’lgan  ustuvorliklar  va  yo’nalishlarga  mos  kelishi 
zarur.  Davlat  byujetini  shakllantirish  tamoyillari  rivojlantirishga 
yo’naltirilgan  iqtisodiyotni  tartibga  solish  tizimining  ususiy  mantig’iga 
mos  ravishda  qayta  ko’rib  chiqilishi  zarur.  Uni  ishlab  chiqish  asosiga 
muayyan 
yo’nalishlar  bo’yicha  byudjet  xarajatlari  darajalarini 
aniqlashtiruvchi  qonuniy  belgilangan  normativ  hujjatlarini,  shuningdek 
xarajatlarni  rejalashtirish  va  amalga  oshirish  dasturli  maqsadli 
tamoyillarini  qo’yish  kerak.  Bunda  asosiy  ustuvorlik  birinchi  navbatda, 
fan  va  ITT  rivojlantirish  xarajatlariga,  shuningdek,  kelgusi  rivojlanish 
mustaxkamligi  asosini  tashkil  etadigan  ta’lim  va  milliy  xavfsizlikka 
berilishi  zarur.  Yuqori  usutvorlik,  yana  investistion  dasturlarga  berilishi 
lozim. 
11.  Pul  kredit  siyosati.  Indikativ  rejalarni  samarali  amalga  oshirish 
ahamiyatli  sharti  bo’lib  pul  kredit  organlari  faoliyatining  shaffofligi 
hisoblanadi.  Xukumat  pul-kredit  siyosatidagi  o’zgarishlar  haqida 
ommaviy  habar  berish  ularning  sabablarini  tushuntirishlari  lozim. 
Shaffoflik  amalga  oshirilayotgan  siyosatning  samaradorligini  oshirishga 
yordam beradi. 
Harakatlar 
shaffoflik 
kutish 
mexanizmlari 
orqali 
bozor 
ishtrokchilariga ta’sir ko’rsatadi hamda monetar vositalarni qo’llash vaqti 
va iqtisodiy agentlar  javobi o’rtasidagi masofani qisqartiradi. 
12.  Tashqi  savdo.  Tashqi  savdo  siyosati  tanlangan  iqtisodiy 
strategiyani  amalga  oshirish  uchun  eksport  va  import  qiluvchilar 
faoliyatini  zaruriy  tomonga  yo’naltiruvchi  bojxona  to’lovlarini,  notarial 
to’siqlarni,  cheklov  va  listenziyalarni,  eksport  (import)  qiluvchilarga 
ochiq va yashirin subsidiyalarni joriy qilish. 
13.  Ijtimoiy  siyosat.  Indikativ  rejalarda  nazarda  tutilgan  ijtimoiy 
siyosat.  Maqsadli  ijtimoiy  dasturlar,  ijtimoiy  normativlar  (eng  kam  ish 
haqi,  nafaqa  va  x.k.),  shuningdek  ijitmoiy  sohalarni  rivojlantirishga 
byudjet  xarajatlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Demak  qat’iy  aytadigan 
bo’lsak, davlat xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonida indikativ 
rejalarni  tushunish  mexanizmini  shunga  mos  ravishda  ularni  to’g’ridan-
to’g’ri  usullarini  emas,  balki  kengaytirish-cheklash-yo’naltiruvchi 
mexanizmi orqali amalga oshirish shartlarini ishlab chiqadi. 


 
173 
Kengaytiruvchilar  bo’lib  indikativ  rejalarni  ishlab  chiqishda  keng 
ishtirok  etish  va  ular  haqida  ma’lumot  berish  nazarda  tutiladi. 
Cheklovchilar  bo’lib,  belgilanadigan  normativlar  va  byudjet  chegaralari 
hisoblanadi.  Yo’naltiruvchilar  bo’lib  –  makroiqtisodiy  siyosatning 
prognozi  va  shakllanuvchi  shartlari  maqsadli  va  investistion  dasturlar 
hisoblanadi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish