Aluminiy qotishmalari. Aluminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa
elementlar bilan hosil qilgan birikmalari aluminiy qotishmalari
deyiladi.
Aluminiy qotishmalari puxtalik, texnologik xossalarining
yaxshiligi, korroziyabardoshlik, texnik ishlovga moyillik kabi o ‘ziga
xos xossalarga ega. Shu bois ular mashinasozlik, samolyotsozlik,
aloqa (radiotexnika, EHM, kompyuter, ishxona jihozlari va shu
kabilar) va energetika (kabel ishlab chiqarish) sanoatlarida ko‘p
ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibiga qarab aluminiy qotishmalari duraluminiy,
avial va siluminlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |