4.5-topshiriq
Korxona aylanma mablag‘larini aylanishini va savdo rentabelligini
hisoblashda balans ma’lumotlaridan (4.1-topshiriq) tashqari quyidagi
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
1. Hisobot yilida 40 mln. so‘m va oldingi yilda 36 mln. so‘mlik
mahsulot sotilgan.
Foyda hisobot yilida 6000 ming so‘m va oldingi yilda 5040 ming
so‘mni tashkil etgan.
2. Hisobot yilida aylanma mablag‘lar qoldig‘i 1/IV ga-8200 ming
so‘m, 1/VIIga-7800 ming so‘m, 1/Xga-7700 ming so‘mni tashkil etdi.
3. Aylanma mablag‘larning o‘tgan yildagi o‘rtacha qoldig‘i 8800
ming so‘mni tashkil etdi.
Hisoblang:
1) Hisobot va o‘tgan yillarda aylanish koeffitsiyenti va aylanma
mablag‘larning kunlarda aylanishini.
2) Mahsulot sotish rentabelligini.
Do'stlaringiz bilan baham: |