5.5-topshiriq
Bank va tikuv firmasi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida
gazlama sotib olishga 4 oyga ssuda berilishi ko‘zda tutilgan. 20 avgust
kuni shu summa hisobidan 500 ming so‘mga akkreditiv ochildi va avans
to‘lovi bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi to‘landi. Oldindan to‘lov
mahsulot yetkazib beruvchi bilan 2 mln. so‘mlik shartnoma summasini
15% ini tashkil etadi. Ssudaning qolgan qismi gazlama uchun mahsulot
yetkazib beruvchilarni hisob-kitob hujjatlarini to‘lash uchun ishlatildi.
Aniqlang:
1. Gazlamalar uchun hisob-kitob hujjatlari summasini.
2. Ssuda hisob raqami bo‘yicha ssudani berish operatsiyalarini aks
ettiring.
5.6-topshiriq
(5.5-topshiriqning davomi)
3500 ming so‘mga tikuv firmasiga berilgan ssuda bo‘yicha
qaytarish muddatlari quyidagicha o‘rnatilgan:
15 oktabr -1000 ming so‘m;
15 noyabr – 1000 ming so‘m;
15 dekabr-1500 ming so‘m.
15 /X va 15/XI ga olingan muddatli majburiyatlar bo‘yicha ssuda
o‘z vaqtida qaytarildi. 2 dekabrda firma 400 ming so‘mga ssudani
muddatidan oldin qaytarishga to‘lov topshiriqnomasini taqdim etdi.
Ssudani oxirgi qaytarish kunida (15/XII) firma hisob raqamida 600
ming so‘m mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |