3.17-topshiriq
“Zafar” firmasida quyidagi moliyaviy holat yuzaga kelgan (ming
so‘m):
1. Xo‘jalik sudi undirib olish to‘g‘risida buyruq chiqardi:
A) mebel fabrikasidan debitorlik qarzdorligini “Zafar” firmasi
foydasiga – 80;
B) “Zafar” firmasi foydasiga oldin olingan tovar uchun asossiz
akseptni rad etilgan summa – 70.
2. “Zafar” firmasidan undirishga:
A) muddati o‘tgan soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq inspeksiyasi
tomonidan -70
B) kechiktirilgan badallar bo‘yicha Nafaqa fondi tomonidan-30
Pul mablag‘lari to‘lovchilari va oluvchilariga bir bankda xizmat
ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan barcha to‘lovlar bo‘yicha hujjatlar bankka bir
kunda, 20 avgustda taqdim etilgan. Mebel fabrikasi to‘lovni amalga
oshirish uchun yetarli mablag‘ga ega, “Zafar” firmasini hisobvarag‘ida
esa 15 ming so‘m mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |