10.3.Yangi keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda
muammolar
Boshqa zamonaviy iqtisodchilar simulyatsiya (qayta tekshirib
ko‗rish), komplekslik va subyektiv modellardan makroiqtisodiy asosni
rivojlantirishga harakat qildilar. Bunday modellarda institutsional
xususiyatlar inson tabiatidan, deb bilingan va simulyatsiya, ya‘ni qayta-
qayta tekshirib ko‗rish orqali qanday strategiyalar qolishi aniqlangan. Bu
ishlar Keyns nazariyasining yangi asoslari rivojlantirilishi tarafdori
bo‗lgan ―yangi keynschilar‖ maktabining yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi.
Ularning fikricha, mikroiqtisodiyotga mikroiqtisodiy asoslarda bo‗lgani
kabi makroasoslar ham bo‗lishi kerak. Bu zamonaviy iqtisodchilar
neokeynschilik modelining yangi klassik tanqidini qabul qilishni
xohlaganlar, lekin ularning fikricha, Keyns nazariyasi va ratsional kutish
nazariyalari o‗rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo‗q. Bu ularni
yangi klassiklarga optimal javob makroiqtisod uchun institutsional
nuqtayi nazardan hayotiy mikroiqtisodiy asos topish emas, balki Keyns
makroiqtisodiy nazariyasini anglab yetishning kaliti mikroiqtisod uchun
makroasos topish kerakligini anglash, deb ta‘kidlashga undadi. Yalpi
ishlab chiqarish funksiyasi korxona ishlab chiqarish funksiyasidan
chiqarilishi mumkin emas va muvofiqlashtirishdagi muammolar sababli
ishlab chiqarish hajmi tez o‗zgarib ketishi mumkin. Ular alohida olingan
shaxsning qarori boshqalarning kelajakda kutilayotgan qaroriga qarab
o‗zgaradi va shuning uchun iqtisodiyot kelajakni kutish boshqotirmasiga
duch keladi.
Shunday qilib, ratsional odamlar jamiyati har bir inson ratsonal-
to‗g‗ri qaror qabul qiluvchi, lekin shaxsiy qabul qilgan ratsional
qarorlarning natijasi oxir-oqibatda jamiyat uchun irratsional bo‗lib
chiqadigan kelajakni kutish boshqotirmasiga duch keladilar. Yangi
keynschilar fikriga ko‗ra insonlarni ratsional taxmin qila oladilar, deb
qabul qilish yangi klassiklarning barcha bozorlar ijtimoiy zarur hajm
sharoitida bo‗lganda fiskal va monetar siyosat foydasiz, degan xulosaga
olib keladi. Lekin ular bu noto‗g‗ri faraz, ya‘ni tahlildan mantiqan kelib
chiqadigan faraz emas, deb ta‘kidlaydilar.
Masalan, insonlar birgalikda talab kam bo‗ladi, deb kutishlari
mumkin va shuning uchun kamroq miqdorda tovar ishlab chiqarishlari
mumkin: taklif kam, chunki kutilayotgan talab kam. Agar bir odam
kelajakdagi talab miqdorining kamayishini kutganda, shu kutilayotgan
Boston Toronto. P 426-436
227
tushishning ta‘siriga mos ravishda taklif miqdorining tushishini
kutilishini (taxminlarni) muvofiqlashtiruvchi tizim bo‗lmasa, taklif
haddan tashqari tushib ketadi. Yangi keynschilar ratsional kutish
nazariyasini emas, balki iqtisodiyot avtomatik tarzda ijtimoiy optimal
darajada muvozanatlashadi, degan farazni qabul qila olmaganlar.
―Abstrakt o‗yin-nazariy modeldan boshlab umumiy muvozanatlik
mavjudligini ko‗rsatadigan yangi keynschilik ishlarining asosiy qismi
abstrakt va nazariydir‖
44
. Bu abstrakt modellarni tushuntiruvchi oraliq
kitoblar mavjud emas, lekin ular buni qilishlari kerak edi.
Keyns nazariyasiga qiziqishning oshishi Keyns iqtisodiy siyosati,
deb nomlangan siyosat oldingi mavqeyini tiklab oldi, degani emas.
1970- yillarda nazariy jihatdan samarali hisoblangan bo‗lsa ham, siyosiy
jihatdan monetar siyosat, samaralimi yoki fiskal siyosat, degan
munozara kuchayib bormoqda edi. Ko‗pchilik keynschilar monetar va
fiskal siyosatdan amalda siyosiy jihatdan foydalanish qiyin edi va to‗g‗ri
iqtisodiy tamoyillar emas, balki iqtisodiy siyosat byudjet taqchilligi va
pul taklifning o‗sishiga sababchi bo‗lmoqda deb ta‘kidladilar.
Yangi keynschilar va yangi klassiklar o‗rtasidagi munozara tez
orada chigallashib ketdi. Bularni iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanida ko‗rib
chiqish maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |