turli xil ko‗rinishlarini olgan holda kengaytirib borildi. Balanslashgan
modelini o‗rganib chiqishiga to‗g‗ri keldi. Lekin shu narsa qiziqarliki,
221
bo‗lgan markaziy model sanaladi? Buning asosiy sababi u muqobillikka
qaraganda zamonaviy reallik tushunchasini aniq aks ettira oldi. Ammo
bu yerda boshqa omillar ta‘siri ham mavjud edi. Keynschilik
iqtisodiyotining samaradorligi to‗g‗risidagi dastlabki siyosiy muzokara-
lar fiskal siyosatga qaratilgan edi (urush davridagi hukumat byudjeti
defitsiti G‗arb dunyosi mamlakatlarini kutilmaganda Depressiyadan
chiqarib yubordi). Multiplikatsion model fiskal siyosat oqibatlarini
o‗zida aks ettirib, keynschilik modeli sifatida nom qozondi. Bu modelni
birinchi marta ishlab chiqishda va uzoq muddat davomida qo‗llashda
sotsiologik sabablar ham muhim o‗rin egallaganligini taxmin qilishimiz
mumkin. Haqiqat uchun zaruriylik soha ehtiyojlaridan, asosan talablarga
rioya etish va jurnal maqolalarini chop ettirish zaruriyatidan kelib
chiqadi. Multiplikatsion model bu kabi ehtiyojlarga to‗g‗ridan tog‗ri
mos tushadi. AQSh da mutiplikatsion tahlilning ko‗rinishlari vujudga
keldi. Pol Samuyelson va Alvin Hansen (1887-1975) modelni asosiy
keynschilik modeli mazmuni sifatida ifoda etdi. Samuyelsonning
qo‗llanmasida keltirib o‗tilgan model pedagogikaga ham mos tushdi va
boshqa kitoblar Samuyelson kitoblaridan nusxa ola boshlashdi hamda
tez orada multiplikatsion model keynschilik iqtisodiyotida qo‗llanildi.
Multiplikatsion tahlil o‗rganish va o‗rgatish ancha oson bo‗lgan tahlil
usullaridan biri bo‗lganligi bois bir qancha pedagogik ustunlik
tomonlariga ega. Bu model xuddi mikroiqtisodiyot uchun taklif va talab
tahlili zarur bo‗lganligi kabi makroiqtisodiyot uchun ham kerakli
bo‗lgan asosiy analitik tuzilmalar bilan ta‘minlangan ayrim sohalarni
takomilashtirish imkonini yaratadi. 1930-yildagi depressiya holati qaysi
jamiyat va iqtisodchilar guruhi bozorni kuzatib borishi kerakligi
ifodalangan kontekstga o‗zgartirish kiritdi. Shu davrlargacha bo‗lgan
oraliqda davlatning aralashmaslik siyosatiga oid yangi klassik
muzokaralar nafaqat iqtisodiy narariyaga asoslanib qolmasdan, balki
davlat to‗g‗risidagi falsafiy va siyosiy qarorlarga ham asoslangan edi.
1990-yillarda radikallardan tashqari deyarli barcha shaxslarning
umumsiyosiy yo‗nalishlari iqtisodiyotda davlatning aralashuvini
cheklashga qaratilgan edi. Ijtimoiy xavfsizlik va ishsizlik sug‗urtasi
singari bugungi kunda biz ishona oladigan ko‗plab davlat dasturlari
tamoyillari dolzarb tusga kirdi. Depressiya jarayonining boshlanishi
bilanoq unga bo‗lgan munosabatlar o‗zgara boshladi. Ko‗plab shaxslar
erkin bozor tizimi depressiya jarayoni mobaynida sodir bo‗lgan iqtisodiy
beqarorlik tomon yetaklasa, muqobil tanlovlar qilish kerakligini his
etishgan. Iqtisodchilar muqobil iqtisodiyot elementlarini samaraliroq
222
tahlil etishi natijasida ko‗pchilikning siyosiy tavsiyalarga bo‗lgan
ishonchi so‗nib bordi va yangi klassik nazariyaning kamchilik tomonlari
haqida fikr yurita bordilar. Buning natijasida iqtisodchi olimlar bozor
iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik qarashlarga zid bo‗lgan ishsizlik
masalasini hal etishda bir qancha siyosiy rejalar ishlab chiqa boshlashdi.
1930-yil boshlariga kelib Angliyada Pigu va AQShda ko‗plab Chikago
universiteti iqtisodchilari ishsizlikka qarshi kurashish vositasi sifatida
ommaviy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: