Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik
Iqtisodiyot
nazariyasi
sohasida yozilgan
istalgan
kitobni
ochganingizda Keynsning Umumiylik nazariyasidan ko‗ra ko‗proq
farazlarga duch kela olmaysiz. Aniq qilib aytadigan bo‗lsak, boshqa
iqtisodchilar o‗z farazlarining aniqlilik va haqiqiylik darajalarini izohlab
o‗tishsada, Keyns o‗z farazlarini aksincha, ishonchli tarzda aks
ettirishini ta‘kidlab o‗tadilar. Ushbu kamtarlikning yetishmasligi
Keynsning yoshlik davrlariga borib taqaladi. Kollejni bitirish arafasida
fuqarolarga xizmat ko‗rsatish xodimi kasbiga o‗tish imtihonini
topshiradi, ammo iqtisodiyotdan yuqori ball ola olmaydi, uning javobi
quyidagicha bo‗lgan edi ―Shubhasiz men imtihon oluvchilarga nisbatan
iqtisodiyot sohasida ko‗proq bilimlarga egaman‖
35
. Keyns Umumiylik
nazariyasi ustida ish olib borayotgan davrda, u iqtisodiy masalalar
haqida dunyo ahlini fikrlashga undovchi usullarni batamom
o‗zgartirishga yordam beruvchi yangi kitob yozayotganligi haqida Jorj
Bernard Shouga noma yo‗llagan. Umumiylik nazariyasining birinchi
bobi bir abzatsdan iborat. Keyns ushbu bobda oldingi nazariya o‗zining
umumiyroq holda ko‗rsatib o‗tilgan ko‗rinishi ichra jalb qilinishi kerak
bo‗lgan muhim vosita ekanligi mazmunidan kelib chiqib, yangi nazariya
umumiylik nazriyasi, deb nom olganligini tasdiqlagan. ―O‗tgan
nazariya‖ orqali Keyns Rikardoning iqtisodiy qarashlarini Seyning
qonuniga aloqadorlikda, deb ifodalab, klassik va neoklassik iqtisodiyotni
ko‗rsatib o‗tdi hamda ushbu qarashlarga izdoshlar sifatida quyidagi
iqtisodchilarni keltirib o‗tdi: J. S. Mill, Marshall, keynschilik iqtisodi-
yotining eng muhim ajralib turuvchi ko‗rinishi siyosiy tomonga
yo‗nalgan bo‗lsada, uning eng dolzarb asari, ya‘ni Umumiylik nazariyasi
professional iqtisodchilar o‗rtasida ko‗pchilikning e‘tiboriga tusha olgan
haqiqiy nazariy masalalar yoritilgan kitob bo‗ldi, deb e‘tirof etdilar.
Keyns quyidagilarni keltirib o‗tadi: ―Bu kitob men bilan zamondosh
iqtisodchilarga bag‗ishlangan. Umid qilamanki, ushbu asar boshqalarga
ham qiziqarli bo‗ladi. Ammo mazkur asarning asosiy maqsadi
nazariyaning qiyin masalalarini hal qilishdan iborat va faqat shundan
34
Paul Samuelson, ―The General Theory: 1946,‖ in Keynes‟s General Theory: Reports of Three Decades, ed. Robert
Lekachman (New York: St. Martin‘s Press, 1964), p. 315.
35
R. F. Harrod, The Life of John Maynard Keynes (New York: Harcourt Brace, 1952), p. 121.
219
so‗nggina nazariyani amaliyotga qo‗llay olish mumkin bo‗ladi‖
36
. Keyns
nazariyasida qo‗llab o‗tgan usulni tushunish orqali kelib chiqishi
mumkin bo‗lgan qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkin.
Ko‗pchilik iqtisodiy nazariyalar nokontekstual, deb nom olishi mumkin,
ya‘ni ular institutsional bo‗shliqda shakllanadi. Bu kabi nazariyalar
deduktiv mantiq orqali tushuntirilishi mumkin, ular e‘tibor bilan
ko‗rsatib o‗tilgan farazlar asosida qilingan xulosalardan kelib chiquvchi
birlamchi tamoyillarga asoslanadi. Ushbu gipotezalarga kelishda har bir
shaxs uni haqiqiy tomondan emas, balki gipotezalar o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗liqlikning ajralmas mantiqiy tomoniga e‘tibor qaratishi ta‘kidlanadi.
Bunday nazariyalar analitik nazariyalar, deb ataladi. To‗g‗ri bajarilgan
umumiy tenglik tahlili analitik nazariya hisoblanadi. Gipotezalar
haqiqiylikdan muqarrar tarzda ajratib ko‗rsatilishi natijasida keng
yoritilgan analitik nazariyalardan siyosiy xulosalar chiqarish anchagina
murakkablik tug‗diradi.
Keyns turli xil nazariyalarni qo‗llagan, ulardan biri ―realitik‖ deb
nom olgan, chunki bu nazariya realistik hamda analitik yo‗nalishlar
o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni aks ettiradi. ―Realitik‖ nazariya
kontekstual sanaladi, u deduktiv mantiqni qo‗llash orqali iqtisodiyot
haqida induktiv ma‘lumotlar beradi. Gipotezalar asosida reallik yotadi.
Realitik nazariyalar bir-biridan ajralmas xususiyatlarga ega, ammo
ularning reallikka yaqindan bog‗liq bo‗lishi tufayli siyosiy xulosalarga
ega bo‗lish anchagina oson kechadi. Keyns Umumiylik nazariyasida
mazkur prinsiplarni birlamchi o‗ringa qo‗ymadi, balki uning o‗rniga
gipotezalar asosida reallik yotishini ta‘kidlab o‗tdi. Nazariyaga barcha
e‘tiborini qaratgan bo‗lsada, unda siyosiy mohiyat ham mavjudligini
anglay oldi. Keltirib o‗tilgan misollar realitik va analitik nazariyalar
o‗rtasida farqni keltirib chiqaradi. Keyns o‗z nazariyasining tasdig‗i
sifatida maosh va ish haqi darajalari bir-biriga bog‗liq tarzda o‗zgarmas
bo‗lishini aniqladi. Keyns Umumiylik nazariyasida o‗zgaruvchan narxlar
darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal
etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u
uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish
kerakligi masalasining mavjudligi o‗zgarmas maosh hamda narxlar
darajasini iqtisodiyotda qo‗llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik
yo‗nalish bo‗yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik
36
J. M. Keynes, The General Theory of Employment, Interest, and Money (London: Macmillan and
Co., 1936), p. 3.
220
model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o‗z
nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.
Makroiqtisodiy
g‗oyalarning keyingi shakllanish bosqichi
makroiqtisodiyotni analitik baza bilan ta‘minlash uchun ko‗makchi
bo‗ldi. Keyns davriy o‗zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik
nazariyasini qo‗llash haqida fikr yuritgan ikki jildlik
Treatise on Money
(
Pulga oid izohlar) nomli kitobini ustida, keyinroq esa, Umumiylik
nazariyasi ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari
birgalikda yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga
achinish hissi borligi sababli bu yo‗nalishni tark etdi. U buning o‗rniga
oddiy hamda yangi yo‗nalish – jamg‗arma va investitsiyalar o‗rtasidagi
bog‗liqlikka e‘tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo‗lida Keyns
neoklassik monetar tengsizlik yo‗nalishini hamda ―klassik nazariya‖ deb
nomlangan va iqtisodiy g‗oyalar bo‗rttirib ko‗rsatilgan qadimiy klassik
yo‗nalishlarni birlashtirib o‗tdi. Buning natijasida u o‗zining yangi
yo‗nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta‘limotning karikaturasini
yaratdi. Keynschilik maktabi multiplikator modeli (ba‘zida AYE/AP
modeli, deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil
modellarni tahlil qilishdi. Bu modellar 1980-yillar mobaynida
makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan
chiqqan qo‗llanmalarda o‗z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik
iqtisodiyoti o‗z ahamiyatini yo‗qotib borgani sayin zamonaviy
makroiqtisodiyot turli xil yo‗nalishlarda davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |