Axloqiy tarbiya. Pestalosi tarbiyaning asosiy vazifasi — kelgusida ijtimoiy
hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamraa jihatlari uyg’un bo’lib kamol
topgan inson yetishtirishdir, deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan
ishlarda muttasil jalb qilish yo’li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalosining
fikricha, bola organizmining kundalik yehtiyojlarini qondirish asosida bolada
onaga nisbatan tug’ilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning yeng oddiy
yelementidir. Bolaning axloqiga oilada asos solinadi. «Ota-onaning uyi, — deydi
Pestalosi, — axloq maktabidir!». Bolaning onaga bolgan muhabbati asta-sekin oilaning
boshqa a’zolariga ham o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |