Uch fe'l erur kishiga qotil oxir, Qotillik aro zahri halohil oxir. Buxl angla birin,
birin hauo bir oxir, Qil ujbni ham alarg’a doxil oxir.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlari bilan birga, talimiy-
axloqiy asarlarida ham o’zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi.
Navoiy asarlarida tasvirlangan qahramonlar - Farhod, Qays, Iskandar
obrazlarida jismoniy yetuklik hamda axloqiy kamolot o’z ifodasini topgandir.
Insonning sog’lom, baquvvat va axloqli bo’lib yetishishi xususidagi o’gitlar
allomaning didaktik-axloqiy asarlarida markaziy o’rinni egallagan.
Aksariyat asarlarda yigit kishi yoshligidanoq o’zlashtirishi shart bo’lgan
harbiy-jismoniy xislatlar borasidagi fikrlar ilgari surilar ekan, yoshlarda ularni
tarbiyalash yo’llari ko’rsatiladi. Navoiy ham, boshqa mutafakkirlar singari, har bir
yigitga quyidagi fazilatlar xos bo’lishi lozimligini aytadi: kamondan ota olish -
merganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tusha olish. Mutafakkir asarlarida
bosh obraz sifatida talqin etilgan qahramonlar o’zlarida ana shu xislatlarni tarkib
toptirishga muvaffaq bo’la olgandirlar. Xususan, Farhod, Bahrom hamda Iskandar
chavandoz, yengilraas bahodir va mohir mergan bo’lib yetishgandirlar. Ularning
jismoniy kamolotga erishish jarayonlarini yoritishga xizmat qiluvchi lavhalar
«Farhod va Shirin», «Sab'ai sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlarida o’z
ifodasini topgan. «Sab'ai sayyor» dostonida asar qahramoni Bahromning mohir
98
mergan ekanligini ifodalovchi shunday lavha mayjud: Diloromning istagi bilan
shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog’ida u kamondan o’q otib, bir kiyikning avval ikki
oyog’ini juftlaydi, keyin esa ikkinchi o’q bilan kiyikning bo’g’ziga o’q otib,
bo’g’izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahromning naqadar usta mergan ekanligidan
dalolat beradi.
Bizga yaxshi malumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy mahoratni
puxta o’zlashtirishiga alohida e'tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish,
qilichbozlik, kurash tushish sirlari yosh, o’ktam yigitlarga bu borada chuqur bilim
hamda katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan murabbiylar tomonidan o’rgatilgan.
Mavjud an'anaga muvofiq Alisher Navoiy ham o’zining badiiy hamda talimiy-
axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga
ega ekanligini ta'kidlab o’tadi.
Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o’rganish maqsadga
muvofiqdir, deb hisoblaydi. Shu bois alloma turli fanlar yo’nalishlarida yetuk
bilimlarga ega va xalq o’rtasida alohida hurmat-e'tiborli boigan olimu fozillarni
yig’ib, ularning yordami bilan ilm-fanning rivojini ta'minlashga e'tiborni qaratadi.
Ana shu maqsadda shaxsiy mablag’i evaziga madrasalar barpo etadi, maktablar
ochadi. Madrasalarda o’ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan.
Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qafiy rioya qilish talab etilgan.
Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, bola tarbiyasini
olib borish jarayonida namuna usulidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga
alohida e'tiborni qaratadi. Tarbiya va talim ishlari o’qituvchi, ota-ona tomonidan olib
borilisbi lozim. Adib bolalarga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha,
xushmuomalalik bilan yo'1 qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish
zarurligini, biroq bu o’rinda me'yorga amal qilish zarurligini aytadi. Navoiy
o’qituvchining talabchan bo’lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy
sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma fan asoslari
yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o’rganishga layoqatli, iste'dodli bola-larni
tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi,
qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosa-ga keladi,ya'ni:
«Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga xislatga ta'rif beriladi.
Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni egizak
farzandlardir, deya ta'kidlaydi.
Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari sistemasida
muhim o’rin tutuvchi omil o’z-o’zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham
yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko’ra, bolaning o’zi yo'1 qo’ygan xato
va kamchiliklarini o’zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat
yaratish zarur. Mutafakkirning e'tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan
imkoniyatdan to’g’ri foydalansa, o’z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga
harakat qiladi; kimki yo'1 qo’yilgan xatoni anglash va uni to’g’rilashga harakat
qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, xatolari yana bittaga oshishi uchun
shaxsan o’zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko’p bo’lsa, uning
yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mayjud ekanligini
ko’rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo’lsa, el oldida uning obro’si
shunchalik pasayadi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |