101
xonaqo, ko’prik, suv ombori va boshqa inshootlarni qurdirdi.
U atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab, ularga homiylik qildi. Shoirlar
orasida ayniqsa Mushfiqiy o’z madhiyalari, lirik she'r va xajvlari bilan shuhrat
topdi. Buyuk muarrix Hofiz Tanish Buxoroda «Abdullanoma» nomli katta
tarixiy kitob yozdi.
Bu davrda tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj», Muhammad
Yusuf «Tahqiq al-humayyot», «Zubdat ul-kahholin» asarlarini; shoir va
adiblardan Bobur, Muhammad Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy,
Ubaydiy, G’oyibiy Samarqandiy barakali ijod qildilar.
Mazkur
davrda
Muhammad
Balxiyning
5000
baytdan
iborat
«Subxonqulixonnoma», Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma»,
Sayido Nasafiyning she'r
va qasidalari, So’fi Olloyor va Boborahim Mashrab she'rlari
yaratildi.
Madrasani bitirganlardan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, fan arboblari,
adibu shoirlar yetishib chiqardi. Chunonchi, Boborahim Mashrab, Muhammad
Amin Kosoniy Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Shavqiy Namangoniy, Sayido
Nasafiy, Abulg’ozi So’fiy Olloyor, Zebunniso, Dilshod-Barno, Uvaysiy, Muhammad
Mir Olim Buxoriy, Abulg’oziy Bahodirxon kabilar ana shunday ilm
sohiblaridandirlar.
Abulg’oziy Xorazmda ilm-fanni, madaniyatni taraqqiy ettirish maqsadida o’z
saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar, tarixnavislar, adibu xattot va boshqa kasb
egalartni to’pladi. Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziyda katta qiziqish
o’ygotgan edi. U «Shajarai tarokima» (1661), «Shajarai turk» (1664) va tabobatga oid
«Manofe' ul-inson» (1664) kabi nodir asarlar yozdi. Abulg’oziy Xorazm tarixchilik
maktabiga asos soldi.
Ko’rinib turibdiki, amirlik va xonliklar davrida fan, adabiyot, san'at, ma'rifat
birmuncha rivojlangan. Ko’proq saroylar doirasida ham diniy, hara dunyoviy adabiy
asarlar yozilgan. o’zbek tilida yozilgan asarlar orasida muallifi nomalum «Tavorixi
guzida»da turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu davrda boshqa
ko’plab tarixiy asarlar ham yaratilganki, biz ularni o’rganish orqali o’tmishni to’g’ri
tasawur etish imkoniyatiga egamiz...
XVIII asrda yashab ijod etgan ma'rifatparvarlar orasida So’fi Olloyor (asli ismi
Ollohyor) mashhur bo’lib, uning asarlaridan maktab va madrasalarda o’quv
qo’llanmalari sifatida keng foydalanilgan.
So’fi Olloyor 1720-milodiy (1133-xijriy) yili tavallud topgan. U dastlab
Samarqandda o’z qishlog’ida boshlang’ich ta'lim oladi, so’ngra o’n yoshlarida
Buxoroga borib, u yerda 15 yil davomida turli ilmlar hamda kasblarni o’rganadi. 25
yoshida Buxoro bojxonasiga amaldor etib tayinlanadi.
Lekin Olloyor shayx Habibullohga e'tiqod qilib, u kishining madrasasida 12
yil o’qib, yetuk olim va avliyo darajasiga yetadi.
So’fi Olloyor «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Najot ul-tolibin»
kabi asarlarini yaratadi. «So’fi Olloyor» nomi bilan xalq orasida mashhur bo’lgan
«Sabot ul-ojizin» asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o’qitilar edi. Unda islom
dinining asosiy aqidalari bayon etilgan. Ular insoniy fazilatlar, badiiy hikmatlar
tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu hadislarga muvofiq,
102
yozilgan. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy xalq uchun mo’ljallangan. Kitobda
«Olloh taoloni tanimoq bayonida», «Olloh taolo ma'rifatining bayoni», «Olloh
taoloning sakkiz sifatining bayoni»dan so’ng iymon, farishtalar bayoni,
payg’ambarlarga iymon keltirish bayonidan so’ng islom dinining asosiy qoidalari
yuksak axloqiy talablar, hikoyatlar, hikmatlar asosida ifodalanadi. Masalan,
«Kamtarlik haqida mav'iza», «Ta'madan tiyilish haqida», «Yomonlar suhbatidin
qochib, yaxshilar suhbatinda bo’lmoqning bayoni», «Nafsi shum bayonida»,
«Xiyonatdin yiroq bo’lmoq bayonida», «Javonmardlik nishoni» kabi boblar bunga
misoldir.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, handasa, mantiq, qiroat, tafsir,
shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid ilraiy-nazariy bilimlar, ish yuritish,
huquqshunoslika, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik, taqsimot kabi boshqa
o’nlab ilraiy bilimlar, dunyoviy hamda diniy bilimlar o’rgatilardi. Barcha
madrasalarda majburiy fan sifatida «Qur'on», «Tafsir», «Odob as-solihin», «Maslak
ul-muttaqin», «Sabot ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Hadis» o’qitilardi. o’qish muddati
15-20 yil bo’lgan. Masjidlar yonidagi maktablarda bolalarga 7 yil alifbe, abjad,
Qur'on, farzi ayn, chor kitob, Xoja Hofiz, «Maslak ul-muttaqin», Mirzo Bedildan
savod o’rgatilgan.
O’zbek bolalari o’qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr»,
«Devoni Alisher Navoip», «Huvaydo», «Qissai devona Mashrab», «Sabot ul-ojizin»
o’qitilgan. Barcha maktablarda talabalarning savodi chiqarilgandan so’ng So’fi
Olloyor o’qitilgan.
Mazkur davrda lug’atshunoslik, tarixnavislik fanlari rivojlandi, she'riyat
ravnaq topdi. Ko’plab asarlar arab, fors va boshqa tillardan tarjima qilindi, xalq
og’zaki ijodi orqali yoshlarga qahramonlik, mehnatsevarlik, haqiqatgo’ylik,
sadoqat kabi insoniy, axloqiy fazilatlar targ’ib qilindi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida ayollar, tarbiyasiga katta e'tibor berildi. o’qimishli,
ma'rifatli, ziyoli ayollar tomonidan ko’plab maktablar tashkil etildi va u otinlar
maktabi deb nomlandi.
Markaziy Osiyoda otinlar maktabining asoschilaridan, ayollar ta'limida katta
xizmat qilgan, o’ziga xos maktab yaratib shuhrat qozongan otinlardan biri Jahon Otin
Uvaysiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: