90
prinsiplari haqida shunday degan:
«Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qafiy e'tiqod qo’ydim va hamishalig’
ularga amal qildim, ular ushbulardir:
Olloh – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu
maqsadingga
etkazadi;
tafakkur – fikrlash va mushohada
qobiliyati;
qilich – ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday
dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli
odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi,
halollik va poklikni fazilat biladi;
kitob (bitik)–barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu
donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o’zi qafiy rioya etgan, haqiqiy etuklik
belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e'tiqodni boshqalarga ham
tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e'tibor bergan.
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san'ati rivoj topib,
yoshlarga she'r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison
ilmi, husnixat o’rgatilar edi. Bu san'at turlari o’sha davr tarbiyasi tarkibiga
kiritilgan edi. Sohibqironningbuyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar,
mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda hatto shahar
hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug’ullanganlari haqida
Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd etilgan.
Amir Temur jismoniy tarbiyaga katta e'tibor bergan. Sharqda dilovarlik
tarbiyasi, ya'ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan.
Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik,
shaxmat o’yini kabilarni mohir murabbiylardan o’rganib, bu borada mashq qilar
edilar. Amir Temurning o’zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming
askar» uslubi asoschilaridan biri bo’lgan. Buyuk Sohibqiron shunday ta'kidlaydi:
«Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan, yigitning
kuch-quvvatiga; ikkinchidan, uning qilichni o’ynata olishiga;
uchincbidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e'tibor qildim. Shu uch fazilat jamuljam
bo’lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli yigit har qanday
qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo’ladi, qilich o’ynata oladigan kishi
raqibini mag’lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni
bartaraf etmog’i mumkin». o’g’illari
- Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohrux, nabiralari
- Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammad mohir jangchilar bo’lib,
katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning o’zi aqlni charxlash
vositasi bo’lgan shaxmat o’yinida ham mohir bo’lgan. Zero, o’sha davr tarbiyasi —
shatranj o’yinini har bir yosh o’rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning
suyukli o’g’li Shohruxga ism qo’yilishi ham shaxmat o’yini bilan bog’langanligi haqida
rivoyat yuradi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati – mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma'rifiy xizmatlari ham