141
ko‗rinishdagio‗rdak hamda g‗ozlarning rasmi (shakli)
tushirilgan, oltin suvi yuritilgan
mis bo‗laklari bilan pardozlangan edi. Bulardan tashqari har xil shakldagi hamyonlar
ham topilgan.
Qadimiy Novgorod shahri qazilmalarida (XI—XV asrlar) ham turli charm
buyumlar topilgan. Ko‗proq turli ko‗rinishdagi hamyonlar bo‗lib, ularning
konstruksiyasi sodda, ya‘ni ikki bo‗lak charmdan, past qismi yarim doira shaklida,
yuqori qismida teshikchalar bo‗lib, unda charm tasma o‗tkazib tortganda yopiladigan
qilib ishlangan.
Hamyonlar, asosan, biriktirma va ag‗darma choklar yordamida tikilgan.
Hamyonlarning ichki detallari to‗qima materiallardan bo‗lgan. Shuningdek,
Novgorod shahri qazilmalarida turli shakldagi kattao‗lchamdagi xaltalar va yaxlit bir
bo‗lak yoki ikki bo‗lak charmdan biriktirma hamda ag‗darma chok bilan tikilgan
qo‗lqoplar topilgan.
Uzoq Shimol va Uzoq Sharq xalqlari charm-attorlik
buyumlarini, asosan, bug‗u, it va
nerpa terilaridan qilishgan,
Ayrim hollarda baliq terisini butun holda, tayyor buyum
sifatida shilib olishgan.
Charm, gilam va to‗qima materiallar bilan dong
taratgan O‘rta Osiyo mamlakatlarida xaltalarni gilam va
boshqa matolardan, hamyonlarni charmdan tayyorlashgan.
Hamma O‘rta Osiyo xalqlari bir xil konstruksiyadagi
xurjunlardan foydalanishgan. Bu xurjunlar ochiq, ayrim hollarda arqon yoki tasma
bilan berkitiladigan bo‗lgan. Mayda tangalar uchun maxsus ko‗zacha shaklidagi
hamyonlarni ishlatishgan. Bu hamyonlarning bo‗g‗izi tor bo‗lib, tangalarni qo‗l bilan
olib bo‗lmasdi, ularni faqat silkitib qo‗l kaftiga tushirib olish mumkin edi.
Tojikistonda hamma buyumlar, hattoki xurjunlar ham charmdan bo‗lgan.
Narsalarni k o‗tarib yurish va saqlab turish uchun qo‗zichoqlarning terisini butun
holda
shilib olib, tagini tikib qop va xaltalar tayyorlashgan.
142
Kavkaz va Kavkaz orti xalqlaridan ham teridan tayyorlangan, usti ochiq yoki
yopiq xurjunlar va musallas, yog‗, pishloq solishga mo‗ljaljangan meshlar ko‗p
tarqalgan edi.
Qadimiy davrlardan beri juda ko‗p xalqlarda kamarga bog‗langan hamyonlar
ishlatilib kelingan. Hozirgi davrda uning turli xil takomillashgan konstruksiyalari
qo‗llanilmoqda,
Xaltalar oldiniga yaxlit bir bo‗lak materialdan bo‗lib, og‗zini ip yoki tasma bilan
tortib, yopib qo‗yilgan. Keyinchalik qor, suv, chang kirmasligi uchun xaltalarning
yuqori qismiga yopqich(klapan) tikiladigan bo‗lgan. Xaltalarning hajmini
kattalashtirish maqsadida yon tomoniga pona (past tomoni keng) shaklidagi qistirma
tikib qo‗yilgan.
Yumshoq materiallardan tayyorlangan xaltalarning mustahkamligini oshirish
uchun matodan qilingan astar tikilar edi, keyinchalik bar xil narsalarni saqlash hamda
foydalanish oson bo‗lishi uchun xaltaning ichini devor bilan bo‗lib, ichiga cho‗ntak
qo‗yiladigan bo‗ldi.
XIII asrga kelib osib yuriladigan va qo‗lda k o‗tarib yuradigan xaltalar paydo
bo‗ldi. Ularning shakli kvadrat va to‗g‗ri to‗rtburchakli bo‗lib, ushlagichlari
(tutqichlari) tikilgan tasmalardan iborat bo‗lgan. Qimmatbaho xaltalarni shoyi, oltin
va
kumush iplar bilan tikib, tag qismini har xil qo‗ng‗iroqchalar bilan bezashgan.
XV asrgacha xaltalarni, asosan, savdogarlar va mahsulot almashuvchilar
ishlatishgan. Kamar, hamyon ularning libosini ajralmas qismi bo‗lgan. Xuddi
shunday xaltalarni va hamyonlarni o‗rta asr davrida rus savdogarlari ham tutishgan.
XV asrga kelib xaltalarning libosdagi o‗rni o‗zgardi. Bu davrga kelib xalta
jamiyatning barcha tabaqalari ishlatadigan buyumga aylandi.
Erkak va ayollar uchun alohida xaltalar ishlab chiqarila boshlandi. Ayollar
yupqa charm yoki matodan, shoyi va metall iplar bilan tikilgan, uzun tasma yoki
zanjir bilan kamarga osilgan, erkaklar esa qo‗pol charmdan, tekis devorli, chetlari
qirqilgan kalta charm ilmoq bilan kamarga biriktirilgan xaltalarni tutganlar.
143
XVII asrga kelib erkaklar va ayollarning kiyimlarida cho‗ntaklar paydo bo‗ldi
hamda shuning natijasida erkaklar kamarga bog‗lab yuradigan xalta va hamyonlarni
ishlatmaydigan bo‗lishdi.
Bu bilan xaltalar butunlay yo‗qolib ketgani yo‗q. Ayollarning xaltalari XVIII
asrga kelib haqiqiy san‘at asariga aylandi.
Xaltalarning konstruksiyasi hozirgi qiyofada XIX asrning oxiri va XX asrning
boshida paydo bo‗lgan.
Kimyo fani, texnikani rivojlanishi va keng assortimentdagi tabiiy, sun‘iy va
sintetik materiallar charm-attorlik buyumlarining konstruksiyasiga katta ta‘sir qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: