Amaliy mashg`ulotlar mazmuni.
Amaliy mashg`ulotlarda jismoniy fazilatlardan kuch fazilatining turlari, uni
vaznga, tayyorgarlikka hamda sport turiga bog`liqligi o`rganiladi. Muskul kuchini
o`lchash usullari, kuchni bashqa jismoniy fazilatlarga bog`liqligi qonuniyatlari
ochib ko`rsatiladi. Muskul kuchini tarbiyalash uslublari, sherigini va o`z vazni
og`irliklari, rezina espanderlar qarshiliklari va buyumlar og`irligi bilan mashqlarni
tashkil etish va o`tkazish hamda kuch mashqlarida yuklamalarni mehyorlash
uslublari tahlil etiladi. Sport turi bo`yicha kuch tarbiyalash mashg`ulotlarini
o`tkazilishida bevosita ishtirok etiladi va mashg`ulotlar samaralari tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |