Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

                                      Nazorat savollari 
1.  "Standartlashtirish  xaqida".  Metrologiya  haqida"  va  "Mahsulot  va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish" to‗g‗risidagi qonunlarining mohiyati. 
2. O‗lchovlar va og‗irliklar bo‗yicha xalqaro tashkilotning asosiy vazifalari? 
3. MOZM faoliyatining asosiy yo‗nalishlari nimalardan iborat? 
4. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari ? 
5. Davlat metrologiya nazorati qanday amalga oshriladi? 


97 
 
2.3. Sifatni boshqarishda standartlashtirish 
 
70-80 yillarga kelib ko‗p davlatlarning olimlari va mutaxassislari faqat tayyor 
mahsulot sifatini tekshirish yo‗li bilan sifatga kafolat berib bo‗lmaydi degan xulosaga 
keldilar.  
 
U  ancha  avvalroq  bozor  talablarini  o‗rganish  jarayonida,  loyihalash  va 
konstruktorlik  ishlari  jarayonida,  ishlab  chiqarishning  barcha  jabhalarida  jamlangan 
mahsulot va materiallarni ta‘minlovchilarni tanlashda va albatta, mahsulotni olishda, 
texnik  xizmat  ko‗rsatishda  va  ishlatib  bo‗lgandan  so‗ng  utilizatsiya  qilishda 
ta‘minlanishi lozim.  
 
Bunday  kompleks  yondoshish  bozorni  o‗z  talabini  aniqlashdan  boshlanib  va 
o‗z  ichiga  chiqarilayotgan  mahsulotni  takomillashtirish,  ishlab  chiqarishga 
tayyorlash,  ishlab  chiqarish,  sotish  va  eng  kam  xarajatlarda  sifatni  ta‘minlash  bozor 
kon‘yukturasini  hisobga  olib  «qayta  aloqa»  va  rejalashtirishning  foydali  sistemasi 
asosidagi yopiq jarayonni yaratishni ta‘minlaydi.  
 
Mahsulotning  sifatini  pastligi  (raqobatbardosh  emasligi)  –  bu  abstrakt 
kategoriya bo‗lmay balki korxonaning yashovchan emasligiga aniq asosdir. SHuning 
uchun sifat muammosi endilikda strategik muammodek anglanadi.  
 
Mahsulotning  raqobatbardoshligini  oshirish  tartibini  qurayotib,  korxonalar 
quyidagi oldinga qo‗yilgan maqsadlarga ega bo‗lishi kerak: 
1.  Mahsulot sifatining   bozor talabi va aniq xaridor talabiga muvofiq kelishi; 
2.  Mahsulotning  sotib  olish,  yetkazib  berish  va  foydalanish  xarajatlari  yig‗indisini 
kamaytirish; 
3.  Xaridor istagan muddatga yetkazishni amalga oshirish; 
4.  Korxonaning  bozorda  yuqori  mavqeini  yaratish  va  korxonaning  mustahkam 
hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.  
Korxonaning  o‗z  maqsadiga  erishish  qobiliyati,  chiqarilayotgan  mahsulotning 
raqobatbardoshligini  ta‘minlash,  undagi  boshqarish  va  tashkil  etish  tartibi  –  sifatni 
boshqarish tartibidan aniqlanadi.  


98 
 
Sifatni  boshqarish  tartibi  –  firmada  amal  qilinayotgan  va  foydali  texnik, 
boshqarish  usullarini  o‗z  ichiga  olgan,  insonlar  va  mashinalarning  o‗zaro 
munosabatini  eng  yaxshi  va  eng  qulay  usullarni  ta‘minlagan  va  shuningdek  sifat 
uchun  qilingan  xarajatlarni  tejash,  ma‘lumotlarni  berishni  o‗zida  namoyon  etadigan 
kelishilgan ish qurilishidir.  
 
Jahon  tajribasi  va  faqat  amaldagi  sifatni  boshqarish  tartibini  umumiy 
belgilarini,  balki  har  birida  qo‗llanishi  mumkin  bo‗lgan  prinsip  va  usullarni  barpo 
etadi.  hozirgi  vaqtda  konseptual  farqlarni  o‗z  ichiga  olgan  ba‘zi  sifatni  boshqarish 
tartibini uch darajasini ajratish mumkin: 
  9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq sistemalar 
  umumfirma  sifatni  boshqarish  sistemasi  (TQM  umum  sifatni  boshqarish-Total 
Quality Management).  
  Milliy mezon va sifat bo‗yicha xalqaro (regional) mukofot va diplomlar sistemasi. 
Standartlashtirish  -  haqiqatda  amalga  oshirilayotgan  yoki  potensial 
masalalarga  nisbatan  ko‗plab  marta  foydalanish  uchun  ma‘lum  shartlarni  o‗rnatish 
orqali optimal darajada tartibga solishga erishishdir.  
 
Bizning  respublikamizda  standartlashtirish  ishlari  bilan  Uzdavstandart, 
shuningdek,  faoliyat  sohalarining  biriktirilishiga  qarab  Davlat  tabiatni  saqlash 
qo‗mitasi,  Davlat  qurilish,  hamda  o‗zbekiston  Respublikasi  sog‗liqni  saqlash 
Vazirligi shug‗ullanadi.  
 
Sobiq  ittifoqning  Davlat  standartlari  Vazirlar  Mahkamasining  02.03.92y. 
qaroriga 
hamda 
SNG 
davlatlarining 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish  sohasida  birgalikda  kelishib  faoliyat  olib  borish  to‗g‗risidagi 
kelishuviga  ko‗ra  ushbu  davlatlarning  Xalqaro  standarti  sifatida  ishlatiladi.  Sobiq 
ittifoq  davlatni  boshqarish  organlari  tomonidan  tasdiqlangan  tarmoq  standartlari  va 
texnik  shartlar  ularning  vakolatli  muddatlari  tugagunga  qadar  o‗zbekiston 
respublikasi territoriyasida kuchga ega.  
 
Standartlar  sifatining  yuqori  bo‗lishi  mahsulot  sifatining  yuqori  bo‗lishini 
belgilaydi.  


99 
 
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, standartlarning 
yuqori  sifatli  va  samarali  bo‗lishini  ta‘minlash  uchun  ularning  ishlab  chiqish 
bosqichida quyidagi majburiy prinsiplarni bajarish shart.  
 
 Sistemalilik  prinsipi.  Texnik  taraqqiyot  va  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot 
sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini 
birlashtiruvchi  ishlab  chiqarish  jarayoniga  nisbatan  sistemali  yondoshuvni  taqozo 
qiladi.  
Sistema  deganda,  ko‗zlangan  maqsadga  maksimal  samaradorlik  va  eng  kam 
xarajatlar bilan erishishni ta‘minlaydigan o‗zaro bog‗langan elementlar to‗plamining 
faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining  miqdoriy  aloqalari  determinatlashgan 
yoki tasodifiy bo‗lishi mumkin.  
Sistemaga  kiruvchi  o‗zaro  bog‗langan  elementlar  sistemasi  ularni  turli 
darajalarda ierarxik bog‗liqligini o‗rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.  
 
Komplekslik va optimal chegaralanish prinsipi. Standartlarni ishlab chiqishda 
standartlashtirishning  yakuniy  obyektiga  ta‘sir  etuvchi  barcha  asosiy  elementlarni 
e‘tiborga  olish  kerak.  Standartlashtirish  ishlarini  mehnat  sarfini  qisqartirish  uchun 
asosiy  obyektga  unchalik  ta‘sir  ko‗rsatmaydigan  omillar  e‘tiborga  olinmaydi. 
Standartlashtirishda  moddiy  va  moddiy  bo‗lmagan  o‗zaro  bog‗langan  elementlar 
kompleksiga  talab  va  tavsiflar  sistemasi  ko‗rib  chiqiladi.  YUqori  sifatli  mahsulot 
olish  va  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  shart-sharoitlarini  yaratish  uchun 
hayot  siklining  barcha  bosqichlari:  loyihalash,  seriyali  ishlab  chiqarish,  tayyor 
mahsulotni  ekspluatatsiya    qilishni  qamrab  oladigan  ratsional  standartlar  sistemasi 
zarurdir.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish