Standartlarni optimallashtirish va progressivlik prinsipi. Standartlar
tomonidan o‗rnatilgan ko‗rsatkichlar, me‘yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va
ishlab
chiqarishning
jahon
darajasiga
javob
berishi
kerak.
Ular
standartlashtirilayotgan obyektlarning rivojlanish yo‗nalishlarini e‘tiborga olishlari
shart. Faqatgina mahsulotning yangi sifat samaradorligini emas, balki eng kam sarf
xarajatlar bilan yuqori samaradorlikka erishishni ta‘minlashga ham asoslangan
100
bo‗lishi kerak. Ushbu maqsadga erishishni kompleks standartlashtirish usullari orqali
ta‘minlash mumkin.