Yosh
(yillar)
Umumiy
quvvat
(kkl)
Oqsillar, g
Yog‘lar,g Uglevodlar,g
jami
SHundan
hayvon
oqsili
Erkaklar
60-74
2300
69
38
77
333
75 va
undan
yuqori
2000
60
33
67
290
Ayollar 60-
74
2100
63
35
70
305
75 va
1900
57
31
63
275
259
undan
yuqori
Umuman olganda, keksayib borish bilan kunlik ovqatdagi yog‘ va
uglevodlar birmuncha kamaytirilib, ovqatlanish formulasi o‘rta yoshli
odamlarda oqsil, yog‘ va uglevodlar hissasini ifodalaydigan 1:1:4 holatdan 1:0,
8:3,5 ko‘rinishiga o‘tishi tavsiya qilinadi. Ular, ko‘rinib turganidek, keksalar
ovqatidagi energetik cheklanish asosan iste‘mol taomlaridagi yog‘ va
uglevodlar hisobidan bo‘lishi, oqsillar ulushi esa kamaymasligi lozim. Chunki
bunday organizmda hujayra va to‘qimalarning yemirilib borishi yosh va o‘rta
yoshlarga qaraganda ancha tezlashgan bo‘ladi. Ularning o‘rnini bosadigan
yangi hujayralar esa asosan to‘la qiymatli oqsillardan sintezlanadi. Shuning
uchun keksa kishilar go‘sht, tuxum, sut va sut mahsulotlaridan yetarli darajada
iste‘mol qilib turishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Keksalar uchun tavsiya qilinadigan ovqatlanish formulasidagi
uglevodlarning kamaytirilishi asosan non va un mahsulotlari hisobidan bo‘lgani
ma‘qul, chunki ularning energetik qiymati ancha yuqori. Masalan, 100 g nonda
210 kkal quvvat mavjud. Agar odam har kuni shuncha non yoki makaron
oshiqcha iste‘mol qilib borsa, bir yilda tana vazni ulardan sintezlangan yog‘
hisobidan 7 kg ga ko‘payadi. Bunday semirish iste‘moldagi non va un mah-
sulotlari oliy navli bo‘lganida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Umuman
olganda, keksalar iste‘molidagi nonning faqat bir qismigina oliy navli bo‘lib,
qolgani qora undan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. O‘rta hisobda keksalar
kunlik yeydigan non miqdori 300 g dan oshmasligi lozim. Kunlik ovqatda yog‘
hissasining keskin kamayishi yoki uning umuman bo‘lmasligi ancha xavfli,
chunki juda kam yog‘li yoki yog‘siz ovqatni surunkali iste‘mol qilish vujudni
sovuqqa va boshqa noqulay ob-havo sharoitlariga, yuqumli kasalliklarga
bardoshliligini kamaytiradi. Yana bir qator vitaminlar (yog‘da eruvchi retinol -
A vitamini, kaltsiferol - D vitamini, tokoferol - E vitamini, folloxinon - K
vitamini) tanaga asosan yog‘ bilangina o‘tadi, xolos. Yog‘lar ko‘pgina sklerozga
qarshi moddalarning, masalan, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, fosfatid va
boshqalarning
asosiy
manbai
bo‘lib
hisoblanadi,
ular
vujudda
sintezlanmaganligi bois doimo tegishli miqdorda ovqat bilan qabul qilib
turilishi kerak.
Kishilar orasida, keksara boshlagan odamlar yog‘ iste‘mol qilishni
kamaytirishi kerak, chunki u tanada xolesterinni ko‘paytirib yuboradi degan
260
noto‘g‘ri tushuncha bor. Xolesterin vujudning me‘yoriy vazifalari uchun zarur,
u har bir hujayraning pardasi tarkibiga kiradigan almashtirib bo‘lmaydigan
modda bo‘lib, undan ko‘pgina hayotiy zarur biologik faol moddalar
sintezlanadi. Shuning uchun uni peshma-pesh oziq moddalari bilan iste‘mol
qilib turish shart. Agar vujudga xolesterin kirishi to‘xtatilsa, uning halok bo‘lishi
muqarrar. Hayot uchun vujudning o‘zida sintezlanadigan xolesterin xavfli. Ta-
nada bir kunda o‘rtacha 2000 mg gacha xolesterin hosil bo‘lib turadi, 100 g
qo‘y yog‘ida u 29 mg ni, shuncha mol yog‘ida - 73 mg, sariyog‘da esa 237 mg ni
tashkil qiladi. Bir kunda iste‘mol qilingan yog‘lar bilan 100 mg xolesterinning
tanaga kirishi hech bir xavf tug‘dirmaydi. Faqat hayvon yog‘lari tarkibida
to‘yingan yog‘ kislotalari xolesterinning sintezlanishini kuchaytiradi, mana
shunday yog‘larni kamroq iste‘mol qilish bilan vujudda xolesterin ko‘payib
ketmasligini ta‘minlash mumkin. Hozirgi ilmiy ma‘lumotlarga ko‘ra
xolesterinni ko‘paytirib yuboradigan narsa bu kamharakatlilik, asabiylashuv,
ruhiy-hissiy zo‘riqish va endokrin bezlar faoliyatining buzilishi sharoitida
ehtiyojdan ko‘p ovqatlanishdir. Agar kishi surunkali ravishda har xil
zo‘riqtiruvchi omillarga duch kelaversa (ruhiy tushkunlik, tajovuzkorlik,
achchiqlanish, ertangi kunga ishonmaslik, vaqtinchalik omadsizlik va
boshqalar), uning tanasida yog‘lar almashinuvi buzilib, xolesterin ko‘payib
ketadi. Xulosa shuki, keksalar tanasida xolesterin ko‘payib ketmasligi uchun
ovqat bilan xolesterin qabul qilishdan tamoman voz kechish noto‘g‘ri, faqat
to‘yingan yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan (cho‘chqa, qo‘y yog‘i va
qora mollarning charvi yog‘i) o‘zini tiyishi, asabiylashishdan saqlanishi darkor.
Keksalarda sklerozni oldini oladigan moddalardan eng muhimi bu
fosfatidlardan hisoblangan murakkab yog‘ - letsitindir. U vujudda
xolesterinning salbiy ta‘sirini neytrallash xususiyatiga ega. Uning ta‘sirida
qonda xolesterin tezda kamayadi. Shuning uchun kundalik ovqat bilan kishi
o‘rtacha 10 g letsitin qabul qilib turishi kerak. U tuxum sarig‘ida ko‘p uchraydi
(tuxum sarig‘i yog‘ida uning mikdori - 90 g/kg), miyada (60 g/kg), jigarda (25
g/kg) ham serob bo‘ladi. Antisklerotik fosfatidlar o‘simlik yog‘laridan soya
yog‘ida (3900 mg/100 g), paxta yog‘ida (2500 mg/100 g), kungaboqar yog‘ida
(1400 mg/100 g) ko‘p bo‘ladi. Hayvon yog‘lari fosfatidlarga boy emas (mol
yog‘ida - 70 mg/100 g, cho‘chqa yog‘ida - 50 mg/100 g, qo‘y yog‘ida 10 mg/100
g).
O‘simlik yog‘larida yana keksalar uchun zarur bo‘lgan tokoferol (Ye
vitamini) ko‘p uchraydi. U mushak tizimining, ayniqsa, yurak mushaklarining
261
vazifasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Tokoferol bundan tashqari
jigarni yog‘ bosishdan saqlaydi, to‘qimalar tomonidan kislorod o‘zlashtiri-
lishini yaxshilaydi, kapillar qon tomirlarini kengaytiradi. O‘simlik yog‘laridan
tashqari tokoferol bug‘doy murtagida eng ko‘p uchraydi (250 mg/100 g).
Shuning uchun keksa odamlarga ko‘proq rafinatsiya qilinmagan o‘simlik
yog‘laridan, kepakli undan tayyorlangan non iste‘mol qilish tavsiya qilinadi.
Ko‘pgina vitaminlar antisklerotik xususiyatga ega bo‘lganligi bois,
keksaya borgan sari ularning kunlik me‘yori oshirib boriladi. Bu borada ayniqsa
S vitaminining ahamiyati muhim, u qon tomirlari elastikligini, yurak faoliyatini
yaxshilaydi, xolesterin almashinuvini me‘yoriga tushiradi. 41-jadvalda
keksalarda vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj miqdori keltirilgan.
43-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |