Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi
Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar, kuzatuv va tajribalar shu narsani
tasdiqlaydiki, homilador va emizikli ayollar oqilona ovqatlanishida miqdor,
sifat va tartib qoidalarining buzilishi homiladorlik va tug‘ruq jarayonlarida bir
qator ko‘ngilsiz voqealar va asoratlarga olib keladi. Bunday noxush holatlarga
misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki o‘lik tug‘ilish, kamqonlilik, bolalar
o‘limining ko‘p bo‘lishi va boshqalarni olish mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra
1900 yili dunyo bo‘yicha ona vujudida kuzatilgan quvvat taqchilligi tufayli
tug‘ilgan 12,9 million nafar bola 5 yoshga yetmay o‘lgan. Ularning uchdan bir
qismi tug‘ilgandan keyin bir oy ham yashamay, yana shunchasi 1 yoshga
to‘lmasdan hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda, shuni qayd qilish kerakki,
rivojlanayotgan mamlakatlarda bu toifadagi onalar oqilona ovqatlanishida
asosiy oziq moddalarining yetishmasligi tufayli quvvat taqchilligi yoki umumiy
energetik ehtiyojning ayrim oziq moddalari, masalan, uglevod hisobidangina
qondirish holatlari tez-tez uchrasa, rivojlangan mamlakatlarda buning
251
teskarisi, ya‘ni asosiy oziq moddalarini ehtiyojdan ko‘p iste‘mol qilish
natijasida sodir bo‘ladigan quvvat nomutanosibligi ko‘p uchraydi.
Respublikamizda aytib o‘tilgan holatlarning har ikkalasi ham mavjud
bo‘lib, buning oqibatida sog‘lom avlod yetishtirish ma‘lum darajada oqsayapti,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar qishloqlarda homilador va emizikli onalar
ovqatida asosiy oziq moddalariga taqchillik tez-tez kuzatilsa, shaharlarda
o‘ziga to‘q oilalarda u yoki bu quvvatga boy mahsulotlardan ehtiyojdan ko‘p
iste‘mol qilish natijasida homilaning me‘yoridan oshiq kattalashib ketishi
tufayli tug‘ish jarayonida ona va bolaning jiddiy jarohat olish hollari uchrab
turibdi.
Bunday
jarohat
tufayli bola asab tizimi davomli ravishda
shikastlanganicha qoladi, u aqlan to‘laqonli bo‘lmasligi mumkin. Tug‘ilgan bola
vaznining yuqori bo‘lishi (4 kg va undan ham yuqori) ko‘pincha onalar
tomonidan uglevodlar va yog‘ mahsulotlarini me‘yoridan ko‘p iste‘mol qilish
natijasida ro‘y beradi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, me‘yor darajasidan
ortiq tug‘ilgan 5 ta bolaning bittasi 3 yoshga kirguncha har xil nevrologik
kasalliklar bilan og‘rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi.
Oziq moddalariga quvvat taqchilligi sharoitida tug‘ilgan bolalarda
ko‘pgina fiziologik vazifalarining me‘yoriga yetmaganlik, yuqumli kasalliklarga
beriluvchanlik holatlari kuzatilsa, ikkinchi tomondan, ona vujudi tez-tez
kamqonlilik holatiga uchrab, qator xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda.
Ona va bola hayotidagi bunday kamchiliklarning oldini olish va bartaraf
qilishda homilador va emizikli onalarning to‘g‘ri ovqatlanishi, ya‘ni tegishli
ovqatlanish madaniyatiga ega bo‘lishi muhim omil hisoblanadi. Shu bois,
quyida bu toifa ayollarning oqilona ovqatlanishiga doyr ayrim fikrlarni bayon
qilamiz.
Homilador ayollarning ovqatlanishi tarkibiy va miqdor jihatidan ham ona
vujudining, ham rivojlanayotgan homilaning me‘yoriy talab darajasiga mos
kelishi hamda homiladorlik jarayonining tekis borishini ta‘minlashi kerak. Ular
uchun mo‘ljallangan taomlar tarkibida dastavval almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, vitaminlar hamda mikro- va
makroelementlar yetarli darajada bo‘lishi lozim. Ayni paytda bu taomlar har
bir homilador ayol uchun uning yoshi, tana massasi, mehnat faoliyati, milliy
an‘analari, homilaning yoshi, ob-havo sharoitlari, yil fasllari va boshqalarga
mos bo‘lishi talab qilinadi. 38-jadvalda shu ayollar uchun mo‘ljallangan oziq-
252
ovqat mahsulotlarining o‘rtacha miqdori, ularning quvvat qiymati haqida
ma‘lumotlar keltirilgan.
Agar o‘rtacha bo‘y va tana vazniga ega homilador ayollar uchun bir
kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2900 kkal bo‘lsa, emizikli ayollar uchun 3200 kkal
bo‘lishi kerak. Agar bunday ayollar o‘rtacha jadallikdagi jismoniy ish
bajarishsa, ko‘rsatilgan sonlarga 1 soat ish uchun 50 - 100 kkal, og‘irroq ish
bajarishganida 200 kkal gacha qo‘shiladi, mehnat faoliyati kamharakatlilik
bilan ifodalanadigan onalar esa qayd qilingan quvvat miqdorning 75-85% ga
to‘g‘ri keladigan ovqat iste‘mol qilishlari lozim.
Homiladorlikning birinchi yarmida ayollar ko‘ngillariga xush keladigan
mahsulotlarni iste‘mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva va sabzavotlardan
ko‘proq yeyishlari kerak. Lekin ular sarimsoq, qalampir kabi buyraklar
faoliyatini kuchli qo‘zg‘atadigan mahsulotlardan tiyilgani ma‘qul.
253
40-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |