Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish. Sabablari va oqibatlari
XX asrga kelib kamharakatlilik (gipodinamiya) va ovqatlanishdagi mo‘l-
ko‘lchilik tufayli insoniyatning million-million yillar davomida moslashib kelgan
turmush tarzi o‘zgardi. Gipodinamiyaning yuzaga kelishiga sabab, birinchidan,
texnika va mexanizmlarning har qanday jismoniy faoliyatni, hatti-harakatni
yengillashtirishda tobora kengroq ko‘lamda qo‘llanilishi bo‘lsa, ikkinchidan,
213
kishini bevosita harakatlanishga majbur qiladigan sharoitning yo‘qolib borishi
(masalan, yovvoyi hayvonlarni ov uchun quvib tutish, urib yiqitish yoki ularning
hujumidan qochib qutulish va boshqalar) tufayli sodir bo‘ldi. Odam qancha
kam jismoniy harakat qilib ma‘lum maqsadga erishsa, bu unga shuncha yoqib
tushadi. Jismoniy faoliyatning kamayishi esa oziq-ovqatlar bilan tanaga qabul
qilingan quvvatning sarflanishini cheklab qo‘yadi.
Ovqatlanishdagi mo‘l-ko‘lchilik asosan XX asrlarda yuzaga keldi.
Evolutsiya jarayonida qiyin hazm bo‘ladigan dag‘al ovqatlarga (kepagi va po‘sti
ajratilmagan don va mevalar, poliz mahsulotlari va boshqalar) oshqozon-ichak
yo‘li moslashib ketgan insoniyat fan va texnologik jarayonlarning yangidan-
yangi muvaffaqiyatlari tufayli paydo bo‘lgan va tez hazm bo‘ladigan
shirinliklar, hayvon yog‘i va go‘shti ishlatib tayyorlangan mazali taomlarni
tanovul qilishta ruju qo‘ydi. Bir vaqtning o‘zida bunday ovqatlar bilan qabul
qilingan katta mikdordagi quvvatning ma‘lum qismi kamharakatlilik bois
sarflanmasdan qoladi. Vujud va undagi barcha tizimlarning faoliyatida bu
salbiy holat hisoblanib, moddalar va quvvat almashinuvi izdan chiqadi.
Natijada yurakning ishemik kasalligi, qon bosimining yuqori bo‘lishi, qonda
xolesterin miqdorining ko‘payib ketishi, qandli diabet, ateroskleroz, o‘t va
siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi, saraton kabi ancha xavfli davr xastaliklari
paydo bo‘lishi uchun keng yo‘l ochiladi.
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish dastlab iqtisodiy jihatdan rivojlangan
davlatlarda istiqomat qiluvchi o‘ziga to‘q kishilar orasida tarqalgan bo‘lib, ko‘p
miqdordagi mazali taomlarni tanovul qilish obro‘ hisoblangan. Bunday ovqat
bilan tanaga barcha zarur oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar hamda
minerallar, ma‘lum miqdordagi quvvat qabul qilinib kishining ularga bo‘lgan
ehtiyoji qonadi, ko‘pgina yuqumli kasalliklar, avitaminozlar barham topadi,
qolaversa, kishi o‘zini yaxshi sezadi. Mazali taomlarga ishtaha ham yuqori
bo‘ladi va bu talab moddiy imkoniyat darajasiga qarab oshib boraveradi. Ayni
paytda oziq moddalari va quvvatga boy mahsulotlar bilan doimiy ovqatlanish
sog‘lik uchun ancha xavfli ekanligi mutaxassislar tomonidan qayd qilina
boshlandi, chunki yuqorida aytib o‘tilgan «davr kasalliklari» bilan og‘rish
asosan mana shu aholi guruhi orasida ko‘p uchraydi. «Davr kasalliklari» ning
kelib chiqishida asosiy oziq moddalaridan yog‘ alohida ahamiyat kasb etadi,
uning miqdori me‘yordan ko‘p bo‘lishi xastaliklarga chalinish xavfini
kuchaytiradi. Ovqat umumiy quvvatining ko‘pi bilan 35% yog‘ hisobidan
qoplanishi me‘yor hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan ko‘pgina davlatlarda bu
214
ko‘rsatkich ancha yuqori, masalan, AQSH bo‘yicha u 40% ga teng.
Mamlakatning shimoliy qismidagi aholi ovqat bilan qabul qilinadigan
quvvatning 45-50% ini yog‘dan oladi. Insoniyatning don va don mahsulotlari
iste‘mol qilishi yildan-yilga ko‘payib bormokda. Bu yerda ham iqtisodiy
jihatdan rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlardan ancha oldinda,
masalan, oldingilarida bu ko‘rsatkich yiliga jon boshiga 725,76 kg bo‘lsa,
keyingilarida undan 2-5 marta kam. Muhimi shundaki, rivojlangan
mamlakatlarda aholi buncha donni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste‘mol qilmasdan, uni
mollarga yedirib semirtiradi va shundan keyin yog‘ni, go‘shtni yeydi. Bu holat
tanaga to‘yingan yog‘ kislotalarining ko‘p mikdorda kirishini va yuqorida
aytganimiz «davr kasalliklari» yuzaga kelishini tezlashtiradi.
Uglevodlarni iste‘mol qilish kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida
asosan kraxmal, kletchatka kabi dag‘al polimerlardan iborat bo‘lgan,
shirinliklar faqat meva-chevalardagi glyukoza, fruktoza shaklida qabul
qilingan. Insoniyat shakarni ixtiro qilgandan beri uni iste‘mol qilish yildan-yilga
ko‘payib, oziq-ovqatlardagi polimer ko‘rinishdagi uglevodlar nihoyatda
kamayib bormokda.
Hozirgi kunda dunyo aholisining har biri yiliga 20 kg shakar iste‘mol
qilmoqda. Kuba, Kosta-Rika, AQSH, Avstraliya va Isroil davlatlarida esa bu
ko‘rsatkich 45 kg va undan ham ko‘proq. Yaponiya, Tailand, Filippinda
yashovchi aholi yiliga 22 kg, rivojlanayotgan ba‘zi bir davlatlarda esa bundan
ham kam miqdorda shakar iste‘mol qilishadi.
SHakarni ko‘p iste‘mol qiladigan xalqlar orasida tish, yurak-qon tomirlari
xastaliklari, qandli diabet, ichak raki hamda semizlik rivojlanayotgan
davlatlarda yashaydiganlarga qaraganda ancha ko‘p ekan. Qayd qilingan
kasalliklarning yuzaga kelishida shakardan tashqari kundalik ovqatda un
mahsulotlarini ko‘p bo‘lishi, jismoniy mehnatning kamayib ketishi,
harakatning cheklab qo‘yilishi ham o‘rin tutadi.
Agar tana vazni me‘yorga qaraganda 20% ko‘p bo‘lsa, bu semizlik
alomati bo‘lib, bunday odamlar uchun qon bosimining yuqori bo‘lishi,
yurakning ishemik kasalligi, qonda xolesterinning ko‘payib ketishi, qandli
diabet va boshqa xastaliklar «eshik qoqib» turishadi. AQSHda bolalar 10- 20%,
kattalar 30-40% oshiqcha tana og‘irligiga ega. Shuning uchun bu yerda «davr
kasalliklari» bilan og‘rib, halok bo‘layotganlar boshqa davlatlarga, ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda ancha ko‘p. O‘z vaqtida
Gippokratning semiz odamlar ozg‘inlarga nisbatan kamroq yashaydi, degan
215
fikri hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Hisob-kitoblarga ko‘ra
tana vazni me‘yoridan 20% oshiqcha odamlar orasida o‘lim me‘yoriy tana
og‘irligiga ega odamlarga qaraganda 50% ko‘p bo‘lar ekan.
Keyingi yillarda shu narsa ma‘lum bo‘lib qoldiki, ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlarda semizlik iqtisodiy jihatdan baquvvat va jamiyatning ardoqli
kishilari orasida oddiy, unchalik ta‘minoti yaxshi bo‘lmaganlarga qaraganda
kam uchraydi. Buning sababi yuqori martabali, katta boyliklarga ega odamlar
oshiqcha ovqatlanishining zarari haqida ko‘proq ma‘lumotlarga ega bo‘lib, ular
tana vaznini bir me‘yorda ushlab turish uchun turli-tuman vositalardan keng
foydalanadi. O‘rta hol hamda undan ham past tabaqadagi odamlar esa
topgan-tutganini iste‘mol qilishga sarflaydi hamda semirish tufayli kelib
chiqadigan xastaliklar haqida kamroq o‘ylaydi. Shunday maqsadni ko‘zda tutib
o‘tkazilgan tadqiqotlar Nyu-York shahrida yashaydigan va past tabaqaga
mansub ayollarning uchtadan bittasi, yuqori tabaqadagilarning esa
yigirmatadan bittasi oshiqcha vaznga ega ekanligini tasdikdaydi.
Bolaligidanoq ortiqcha ovqatlanishga odatlanganlar tanasida qo‘shimcha
yog‘ to‘qimalari paydo bo‘lib, ulg‘ayganida ham shu to‘qimalarning rivojlanishi
hisobiga osonlik bilan semirish kuzatiladi. Kuzatuvlar yoshligida me‘yoridan
ko‘p ovqatlanadigan bolalarning beshtadan to‘rttasi ulg‘ayganidan so‘ng
semirib ketishini tasdiqdaydi. Emadigan bolani sun‘iy oziqlantirishga o‘tkazish
ko‘pincha ulgayg‘anidan keyin ham semizlikka olib keladi.
Semirish qon bosimining ko‘tarilishi, qandli diabet va boshqa «davr
kasalliklari»dan qutulishning eng oson yo‘li bu tana vaznini me‘yorlashtirishdir.
Buning uchun avvalo ozish, shunda oshiqcha tana vazni bilan birga xastaliklar
ham bartaraf qilinadi. Bunday davolanish davomli va oldindan iroda kuchini
talab qiladigan yo‘l bo‘lib, har kimning o‘ziga bog‘liq. Taomlarning kam
kaloriyali bo‘lishi, kepakli undan pishirilgan nonlar, yormalardan tayyorlangan
ovqatlar, karam, sabzi, ko‘katlardan tayyorlangan salatlardan tanlab iste‘mol
qilish, spirtli ichimliklar, konfet, shokolad va tortlardan voz kechish lozim.
Yana hayvon yog‘i aralashtirilgan ovqatlarni ham cheklash kerak. Bir vaqtning
o‘zida vujud uchun kerak bo‘ladigan asosiy oziq moddalari, vitaminlar va
mineral moddalar me‘yordan kamaymasligi muhim. Shunday qilish kerakki,
uglevodlarga bo‘lgan kunlik me‘yor (450-500 g) asosan tarkibida kletchatkasi
ko‘p bo‘lgan karam, po‘sti olinmagan olma, sabzi, ko‘katlar, unchalik shirin
bo‘lmagan meva-chevalar hisobidan qondirilishi kerak. Go‘sht, tuxum, baliq
kabi oqsilga boy mahsulotlarni me‘yoridan oshiq iste‘mol qilmaslik, ayniqsa,
216
yog‘li go‘shtdan o‘zni tiyish, tuxum va baliqni ham qovurib emas, suvda
qaynatib iste‘mol qilish maqsadga muvofiq.
Ozishning ikkinchi sharti bu kam kaloriyali ovqat yeyish bilan bir
vaqtning o‘zida ko‘proq harakatlanishdir Har ikkala shartni doimiy ravishda bir-
biriga bog‘lab olib borish kerak, faqat bittasini batafsil bajarish bilan maqsadga
erishish qiyin. Chunki birdaniga ko‘p yugurish yoki betinim jismoniy mashq
bajaraverish kimningdir sog‘ligiga to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshisi, ko‘proq piyoda
yurish, har kuni oz-ozdan yugurish, iloji bo‘lsa suzish mashqlarini bajarish,
ochiq havoda ko‘proq sayr qilish yaxshi samara beradi. Bunday davolanish
jarayonini davomli deb bejiz aytmadik, u oylab, yillab davom etishi mumkin.
Ko‘pgina odamlar turli xil sabablarga ko‘ra yuqorida aytilgan shartlarni
buzadi yoki to‘liq bajarmaydi, oqibatda kuzda tutilgan maqsadga erishilmaydi.
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish, kamharakatlilik hamda ruhiy-hissiy zo‘riqish
bilan hayot kechirish yurak-qon tomirlari faoliyatining yomonlashuvi bilan
bog‘liq yurakning ishemik kasalliklari, kardioskleroz, miokard infarkti kabi
xastaliklarning ko‘payishiga olib keladi. Hozir insoniyat ushbu kasalliklar bilan
yoshu-qari demasdan bir xil og‘rib, yosh nuqtai nazaridan serunum mehnat
qiladigan davrida bir umrga nogiron bo‘lib qolmoqda, hayotdan erta ko‘z
yummokda. Yurakning ishemik kasalliklari iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar
aholisi orasida ko‘p uchraydi, chunki ular iqtisodiy past, endigina
rivojlanayotgan mamlakatlardagi kishilarga qaraganda yaxshi ovqatlanishadi,
transport vositalaridan keng foydalanishadi. AQSH va boshqa rivojlangan
mamlakatlarda har uchta odamdan bittasi shu kasalliklardan o‘ladi.
Yaponiyada ham bu kasallik uchrasada, lekin AQSHga nisbatan ancha kam,
buning asosiy sababi Yaponiyaliklarning hayvon yog‘ini kam iste‘mol qilishlari,
kunlik ovqatlarida dengiz maxsulotlaridan keng foydalanishlaridir.
Arterial qon bosimining surunkali ravishda yuqori bo‘lishi qonda
xolesterinning ko‘payishi, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklarini
chuqurlashtiradi, uning miokard infarkti turiga tezroq olib keladi. Shu bois
aytilgan xastaliklar qanchalik tez va asosli ravishda bartaraf qilinsa, yurakning
koronar kasalliklaridan aholini shuncha yaxshi va o‘z vaqtida himoya qilish
mumkin.
Yurakning koronar kasalliklarini faqat to‘g‘ri ovqatlanish va faol jismoniy
mashqlar bajarish bilan tamoman yo‘qotish mumkin emas, chunki bu
kasalliklar irsiy asosga ham ega. Lekin aytilgan tadbirlar qo‘llanilib turilsa,
minglab kishilarning hayotini saqlab qolish muqarrar.
217
Hozirgi paytda kishilar orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri bu qon
bosimining yuqori bo‘lishi, yani gipertoniyadir (xafaqon). Ushbu kasallik bilan
xastalanganlar kasallik tarixini o‘rganib chiqish shu narsani ko‘rsatadiki, kishi
vaznining me‘yoridan yuqori bo‘lishi va kundalik ovqatda osh tuzining ko‘p
ishlatilishi gipertoniyaga olib keluvchi asosiy sabablarga kirar ekan.
Yaponiyada osh tuzining boshqa davlatlarga nisbatan ko‘p iste‘mol
qilinishi ma‘lum. Bu yerda eng ko‘p uchraydigan kasalliklar yuqori qon bosimi
va insult ekanligini olimlar aynan shu narsaga bog‘lashadi. Yaponiyaning o‘zida
ham tuzni kamroq ishlatadigan janubiy aholi orasida shimoliy qismida
istiqomat qiluvchi va tuzni ovqatda ko‘p ishlatadiganlarga qaraganda xafaqon
bilan og‘ruvchilar kam uchraydi.
Amerikalik tadqiqotchi Lyuis K. Dalning hayvonlar va odamlar ustida olib
borgan uzoq muddatli kuzatishlari osh tuzini kam iste‘mol qilish semiz
odamlarda qon bosimining me‘yoriga kelishida yaxshi yordam qilishini
ta‘kidlaydi. Agar ular kam tuz qabul qilish bilan birga kamquvvatli ovqat
iste‘mol qilishsa yanada yaxshiroq bo‘ladi, bu esa tana vaznining kamayishi
sodir bo‘lgunicha qon bosimini sezilarli darajada kamaytirar ekan.
Xafaqon kasalligi ham ma‘lum irsiy asosga ega, ota-bobolari yuqori qon
bosimi bilan og‘rib o‘tgan odamlar tana vazni me‘yoridan oshiqcha bo‘lmasa
ham unga mubtalo bo‘laveradi, lekin ular kam tuzli ovqatlar iste‘mol qilsa
xastalik kuchayishining oldi olinadi.
Keyingi yillarda ovqatlanishda mo‘l-ko‘lchilikni xush ko‘rganlar orasida
qandli diabet kasalligi ko‘paydi. Masalan, AKSHda 1965-1973 yillar ichida
ushbu kasallik bilan og‘riganlar soni 50% ga oshgan. Hindistonda badavlat
shaharliklar orasida bu xastalik qishloq aholisini qaraganda 2 baravar ko‘pligi
qayd qilingan.
Ayrim olimlarning fikricha, ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish, vaqt-bevaqt
taomlanish qandli diabetning «katalizatori» bo‘lib hisoblanadi. Agar kishining
tana vazni me‘yordan 20% oshiq bo‘lsa, uning qandli diabet bilan kasallanish
xavfi ikki baravar oshar ekan.
Bu kasallikka irsiy moyil odamlar ham ovqatlanishga e‘tibor berib,
doimiy suratda badantarbiya mashqlarini bajarib turishsa va tana vaznining
oshib ketishiga yo‘l qo‘yishmasa foyda ko‘rishi aniqlangan.
Ovqatlanishda oshiqcha quvvat beruvchi yog‘, tez hazm bo‘luvchi har xil
shirinliklar hamda turli chanqoqbosdi ichimliklarga o‘xshash aralashmalarning
218
me‘yoridan ziyod qabul qilinishi tufayli orttirilgan kasalliklardan yana biri bu
rak, ya‘ni hali to‘liq davosi topilmagan capatondir.
Saraton bilan ko‘pincha yeyish-ichishda mo‘l-ko‘lchilikka ega bo‘lgan
davlatlardagi yuqori tabaqaga mansub kishilar, yirik shaharlarda yashovchi
o‘ziga tinch odamlar og‘riydi. Bunday kasallar iste‘mol qiladigan kundalik
ovqat tahlil qilib chiqilganida, ular ishlatadigan oziq moddalarning aksariyati
o‘ta tozalangan. Masalan, kepagidan tamoman ajratib olingan un, po‘sti va
urug‘ida tozalab olingan meva-chevalar (olma, uzum, anor va boshqalar),
shakar, oq qand kabi mahsulotlardan ekanligi aniqlangan. Bunday ovqatni
muntazam iste‘mol qilish esa ichaklardagi o‘ziga xos mikroblarni o‘zgartirib,
kontserogen
birikmalar
(saraton
chaqiruvchi)
ishlab
chiqaradigan
bakteriyalarni ko‘paytirib yuboradi. Aksincha, iste‘mol taomlarida dag‘al
ovqatlarning ko‘proq ishlatilishi, kepagi va po‘sti ajratilmagan un, meva-
chevalar, ko‘katlar, poliz mahsulotlari va boshqalar esa kontserogen mod-
dalarning tanadan chiqib ketishini amalga oshirib, saraton xavfini kamaytiradi.
Ushbu fikrning isboti sifatida shu narsani misol keltirishimiz mumkinki, Afrika
qit‘asining qishloqlarida yashaydigan aholining ko‘p mahsulotlarni po‘stini
olmasdan iste‘mol qilishi va bir kecha-kunduzda ajratadigan chiqiti Yevropada
yashaydigan odamlarnikiga qaraganda 4-5 marta ko‘pligi hamda bir vaqtning
o‘zida ularning to‘g‘ri ichak saratoni bilan qariyb kasallanmasligi aniqlangan.
SHahar aholisining saraton bilan ko‘proq kasallanishini chaqiruvchi
omillardan yana biri, bu ularning turli xil sun‘iy usullar bilan tayyorlangan
ichimliklarni (pepsi-kola, koka-kola, fanta va boshqa har xil buyoq hamda
shirinlik qo‘shib tayyorlangan suyuqliklar) qishloq aholisiga ko‘ra ko‘p iste‘mol
qilishidir. Bunday ichimliklar tarkibidagi rang beruvchi moddalarning
kontserogenlik xususiyati borligi esa sir emas.
Biz yuqorida ehtiyojdan ortiqcha ovqatlanish sabablari, oqibatlari hamda
uning zararidan qutulishning ayrim choralari haqida fikr yuritdik. Keragidan
ko‘p mikdorda tanaga energiya qabul qilish va bir vaqtning o‘zida kam harakat
qilish kishilar umrini qisqartirish, barvaqt nogiron bo‘lib qolish, yurak-qon
tomirlari kasalliklari, qandli diabet va saraton kabi xastaliklarga mubtalo bo‘lib
qolishi borasida «ongli» qadamdir. Buning oldini olishda eng oson hamda eng
foydali yo‘l ommaning to‘g‘ri va oqilona ovqatlanishi hakida keng va har
tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish, kishilarning bu boradagi
savodxonligini oshirishdir.
219
Do'stlaringiz bilan baham: |