Margimush
Margimush qadim zamonlardan beri xalq orasida dori va zahar sifatida
ma'lum. U fosfor almashinuvida bevosita ishtirok etadi. Agar u yetishmasa
vujuddan ftorning chiqib ketishi tezlashar ekan.
Margimush kam miqdorda ishlatilsa ishtaha ochadi. Shu bois undan
kamqonlilikning oldini olishda foydalanish mumkin. Agar iste'mol taomlarida
margimush miqdori tegishli me'yoridan oshib ketsa u zahar sifatida ta'sir qilib,
tomoq va ko‘z saratonini keltirib chiqaradi, oqqon kasalligiga olib kelishi
mumkin.
Margimush barcha o‘simlik va hayvon mahsulotlarida uchraydi,
shuning uchun uni kundalik iste'mol qilinadigan taomlar bilan yetarli miqdorda
olib turamiz, bir kecha-kunduzlik ovqat bilan odam tanasiga o‘rtacha 11,5-24,6
mkg margimush kirib turadi va shu miqdor inson uchun yetarli hisoblanadi.
Margimush eng ko‘p uchraydigan mahsulotlar bu dengizlardan
ovqatlanadigan yumshoq tanlilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |